Kirish. Odam fiziologiyasi fanining predmeti maqsadi, vazifalari, metodlari va rivojalin tarixi. Maqsad


Download 80.85 Kb.
bet5/5
Sana15.11.2023
Hajmi80.85 Kb.
#1776461
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-leksiya

I.P.Pavlovning ishlari fiziologiya fanining rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. I.P.Pavlov dastlab yurak va qon aylanish fiziologiyasi bilan shug’ullandi. U yurak ishini kuchaytiradigan va susaytiradigan maxsus nervlar borligini ko’rsatdi. Shu nervlardan biri yurak mushakining qisqarish kuchini oshirib, yurak urishi chastotasiga ta’sir qilmas edi. I.P.Pavlov bu o’zgarishni neryning yurak trofikasiga ta’siri bilan tushuntirdi. Bu ishlar bilan bir qatorda, I.P.Pavlov laboratoriyasida hazm a’zolari faoliyati ham jiddiy tekshirildi, olingan natijalar esa yirik kashfiyot darajasida bo’ldi. Hazm fiziologiyasi sohasida I.P.Pavlov erishgan ulkan yutuqlar uning o’zi va shogirdlari yaratgan yangi tekshiruv usullariga bog;liq bo’ldi. Bulardan so’lak va me’da osti bezi yo’llarini tashqariga chiqarish usuli, nervlari saqlanib qolgan kichik me’dachani ajratish usuli, ezofagotomiya va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 1897-yilda I.P.Pavlov hazm tizimi a’zolari faoliyatini o’rganishga bag’ishlangan ishlarga yakun yasab, “Leksii o rabote glavnix pishevaritelnix jelez” nomli kitobini chop etdi. Bu asar jahon fiziologlari uchun uzoq vaqt davomida asosiy qo’llanma bo’ldi. 1904-yilda I.P.Pavlov hazm tizimi fiziologiyasiga oid ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.
Hazm fiziologiyasini o’rganish juda muvaffaqiyatli ketayotgan bo’lishiga qaramay, I.P.Pavlov bu ishlarni yig’ishtirib, bosh miya po’stlog’i faoliyatini tekshirishga kirishdi. Natijada shartli reflekslar kashf etildi, oliy nerv faoliyati turlari aniqlandi, II signallar tizimi, uyqu va gipnoz nazariyalari shakllandi.
O’ttiz yildan ko’p davom etgan bu izlanishlar natijalari inson ruhiy faoliyatini o’rganish uchun ilmiy zamin bo’ldi.
B.P.Babkin, L.A.Orbeli, K.M.Bikov, I.P.Razenkov, P.K.Anoxin kabi jahonga tanilgan olimlar I.P.Pavlovning shogirdlaridir.
XX asrda fiziologik tadqiqotlar olib borish juda rivojlandi. Bu davrda faqat Ovro’poda emas, AQSh, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliyada ham laboratoriyalar tashkil topdi.
Asrimizning boshida fiziologiya fani erishgan yutuqlardan elektrofiziologiya hodisalarini o’rganish natijalari samarali bo’ldi. Sezgir galvanometrni kashf etilishi V.Eyntxoven va A.F.Samoylovlarga yurakning elektr potensiallarini qayd qilish imkonini berdi. Elektr kuchaytirgichlar paydo bo’lishi elektroensefalografiya va boshqa elektrofiziologik usullarning keng tarqalishiga olib keldi. Elektrofiziologiya bilan bir qatorda mediatorlar to’g’risidagi ta’limot yuzaga kelib, rivojlandi. Avstriyalik olim O.Lyovi, undan keyin U.Kennon, A.V.Kibyakov va boshqalar qo’zg’alishni nervdan mushakga, nervdan nervga o’tishida maxsus kimyoviy vositachilar – mediatorlar zarurligini ko’rsatdilar.
Mikroelektrodlar texnikasi va stereotaksik usulning rivojlanishi markaziy nerv tizimida qo’zg’alish va tormozlanishning tarqalishi, bosh miya po’stlog’i va po’stloq osti tuzilmalarining o’zaro munosabatlarini, hissiyot, intilish, uyqu, narkoz mexanizmlarini tekshirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu usullar yordamida ko’pgina nerv markazlarining miyada joylashishi va tuzilishi aniqlandi, to’rsimon formatsiyaning bosh va orqa miyaga ta’siri o’rganildi, limbik tizimning ichki a’zolar faoliyatini boshqarishdagi, hissiyot va xatti-harakatlarning shkllanishidagi roli ko’rsatildi.
XX asrda fiziologiya erishgan yutuqlardan yana mushak qisqarishi mexanizmining kashf etilishini, vitaminlar to’g’risidagi ta’limotning va ichki sekretsiya bezlari faoliyatini o’rganuvchi fan – endokrinologiyaning vujudga kelishini ko’rsatish mumkin.
Bu davrda ichki a’zolar faoliyatini o’rganish, bu faoliyatlarni boshqaruvchi mexanizmlarni aniqlashga bo’lgan qiziqish so’nmadi. I.P.Pavlov ishlaridan keyin an’anaviy bo’lib qolgan yo’nalishni davom ettirib, B.P.Babkin, Ye.S.London, I.P.Razenkov, G.K.Shligin va boshqalar hazm tizimining harakatlanishi, shira ajratish va so’rish faoliyatlarini o’rganishda ko’pgina yangiliklar kashf etdilar. A.M.Ugolev oziq moddalar parchalanishining yangi mexanizmini – membrana hazmini topdi, ichak gormonlarining va gipotalamik markazlarning ochlik va to’qlikni boshqarishdagi ahamiyatini ko’rsatib berdi.
Boshqa ichki a’zolar faoliyati va boshqarish mexanizmlarini o’rganishda ham katta yutuqlarga erishildi: yurak ishi qonuniyatlari, qon va tomirlar harakati, mayda tomirlarda qonning oqishi (mikrotsirkulyatsiya), buyraklar faoliyati va siydik hosil bo’lish mexanizmlari, nafasning boshqarilishi va gazlarni qonda tashilishi sinchiklab o’rganildi.
XIX asrda tuzilishi va faoliyatining umumiy rejasi olingan avtonom nerv tizimi to’g’risidagi ta’limot bizning asrimizda katta rivoj topdi. Avtonom reflektor yoylarning deyarli hammasi uch qismdan iborat ekanligining aniqlanishi, qo’zg’alishning shu yoylardan o’tkazilish mexanizmlarini o’rganilishi, bu jarayonga ta’sir qiluvchi moddalarning topilishi amaliy tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Bir vaqtlar anatomiyaning bir qismi bo’lgan fiziologiyadan uning rivojlanishi jarayonida bioximiya, biofizika, endokrinologiya, vitaminoligiya kabi mustaqil fanlar ajralib chiqdi.
Fiziologiyaning o’zi ko’p tarmoqli fanga aylandi. Jumladan qiyosiy, evolyutsion, qishloq xo’jalik hayvonlari, sport, kosmik va o’simliklar fiziologiyasi paydo bo’ldi.
XX asrning boshlarida sobiq Sovet Ittifoqi hududida faqat Moskva, Peterburg, Kiyev, Qozon kabi yirik shaharlarda fizio;ogik markazlar mavjud edi. 1921-yilda Toshkentda Turkiston dorilfununi tashkil topishi O’zbekistonda fiziologiyaning rivojlanishiga turtki bo’ldi.
O’zbekistonda boshlangan ilk fiziologik tadqiqotlarga Turkiston dorilfununining hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi mudiri professor E.F.Polyakov va shu dorilfunun tibbiyot kulliyoti qoshidagi normal fiziologiya kafedrasi mudiri professor I.P.Mixaylovskiylar rahbarlik qilishdi. Birinchi kafedra xodimlari asosan qishloq xo’jalik hayvonlari fiziologiyasi bilan shug’ullangan bo’lsa, ikkinchi kafedra tibbiyotga yaqin muammolar – qon quyish, organizmni tiriltirish, yurak faoliyatiga turli moddalarning ta’siri bilan qiziqdi. Keyinchalik Turkiston (O’rta Osiyo) dorilfununining fiziologiya kafedrasiga professor A.I.Izrael va professorA.S.Shatalina, Toshkent tibbiyot institutining normal fiziologiya kafedrasiga uzoq vaqt professor N.V.Danilov rahbarlik qildilar. Ularning rahbarligida bir qancha mahalliy xalq vakillari nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashdi. O’zbekiston fanlar akademiyasi akademigi professor A.Yu.Yunusov, respublikada xizmat ko’rsatgan fan arboblari professor A.X.Hoshimov va professor A.S.Sodiqovlar shular jumlasidan.
Toshkentdan boshqa shaharlarda dorilfununlar, tibbiyot va pedagogika institutlarining ochilishi yangi fiziologiya kafedralari tashkil qilinishini va mutaxassislar tayyorlashni talab qildi. Buni amalga oshirishda O’rta Osiyo dorilfununi va Toshkent tibbiyot instituti kafedralarining roli katta bo’ldi.
Fanlarning, jumladan fiziologiyaning rivojlanishi jamiyatning hayotiy ehtiyojlariga bog’liq. O’zbekiston iqlimining issiqligi va mahalliy xalqning ovqatlanishidagi ba’zi xususiyatlar me’da-ichak kasalliklarining ko’p uchrashiga sabab bo’lsa kerak. Shuning uchun XX asrning 50-60 yillarida fiziologiya muassasalarida shakllangan ilmiy yo’nalishlardan birinchisi yuqori haroratning me’da-ichak faoliyatiga ta’sirini o’rganish bo’ldi. A.Yu.Yunusov, A.S.Sodiqov, G.F.Korotko, Yu.A.Itrbakov, K.R.Rahimovlar o’z tajribalari bilan issiq harorat me’daning shira ajratishi va harakatlanishiga, me’da osti bezi va ingichka ichak sekretor faoliyatiga kuchli, ba’zan salbiy ta’sir qilishini ko’rsatib berdilar.
Vaqt o’tib, bu muammo ustida ishlaydigan olimlar soni ko’paydi, yo’nalishning o’zi o’zgardi va kengaydi. Enda tadqiqotchilar yuqori haroratning hazm tizimi a’zolariga ta’sirini qayd qilishdan tashqari, kuzatilgan o’zgarishlarning mexanizmini ochishga urindilar. Hazm fiziologiyasining umumiy masalalariga katta ahamiyat berildi. Bu borada Andijon tibbiyot institutining nirmal fiziologiya kafedrasi mudiri professor G.F.Korotko va u barpo etgan ilmiy maktabning tadqiqotlari ibratli bo’ldi. Ularning izlanishlari hazm fermentlarining qonga o’tishi (inkretsiyasi), qonnda gidrolitik fermmentlar faolligining turg’unligini ta’minlash qonuniyatlarini yoritdi.
Oxirgi yillarda bu ilmiy jamoa me’da osti bezidan fermentlar ajralishining o’z-o’zidan boshqarilishiga oid masalalarni tekshirish ishlarini olib bormoqda.
A.Yu.Yunusovning (1910-1971) O’zbekiston fiziologiya fanining rivojlanishidagi rolini alihida ta’kidlash zarur.
Uning ilmiy izlanishlari serqirra bo’lib, issiq iqlim sharoitiga moslashish, bu jarayon davomida suv-tuz, energiya almashinuvidagi o’zgarishlarni aniqlash va yechishga qaratilgan eda va hokazo. Olim fiziologiya fanini maktab va oliygohlarda o’qitish masalalariga alohida e’tibir berdi.
U.Z.Qodirovning ilmiy ishlari hazm fiziologiyasining turli masalalariga oid. U hazm a’zolarining o’zaro munosabatlarini o’rganib, o’n ikki barmoq ichakka o’t-safro chiqishi buzilganda ingichka ichakning sekretor, so’rish va harakat faoliyatlari, me’da osti bezining sekretor faoliyati keskin o’zgarishini ko’rsatdi. Bundan tashqari, u qishloq ho’jaligida keng qo’llanilib, odamlarga va hayvonlarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan zaharli moddalarning hazm tizimi faoliyatiga ta’sirini o’rgandi va hokazo. Olimning bir qator ishlari me’da-ichak faoliyatlarini ontogenezda shakllanishiga bag’ishlangan.
Faoliyatlarning ontogeneziga professor E.S.Mahmudov va K.R.Rahimovlar ham o’z izlanishlarida ko’p ahamiyat berishdi. Professor E.S.Mahmudov issiq harorat hayvonlarning o’sishi, rivojlanishi va ko’payishiga salbiy ta’sir qilishini va bu salbiy ta’sirni hayvonlarning sut emish davrida muntazam isitish yo’li bilan oldini olish mumkinligini ko’rsatdi.
Respubblikamizda yozgi yuqori harorat tana harorati barqarorligini ta’minlovchi mexanizmlarda va bu mexanizmlar bilan bog’liq bo’lgan suv-tuz almashinuvida zo’riqish paydo qiladi. Bu sohada ham talay ishlar olib borilyapti.
Professor Z.T.Tursunov miya yarim sharlarining po’stlog’i suv-tuz almashinuvida katta rol o’ynashini, hayvonlarni po’stloqsizlantirish yuqori harorat ta’sirida kuzatiladigan suv-tuz almashinuvidagi o’zgarishlarni kuchaytirishini ko’rsatdi. Bu tadqiqotchi yuqori harorat periferik nerv tizimi faoliyatida ham ma’lum o’zgarishlar yuzaga keltirishini kuzatdi.
M.G.Mirzakarimova ba’zi bir a’zolar, xususan hazm tizimi a’zolari, suv-tuz zahirasi rolini bajarishi va yuqori harorat sharoitida organizm suv tanqisligini yengishda shu zahiradan foydalaanishi mumkinligini isbotladi.
V.A.Xojimatov gipotalamo-gipofizar tizimning suv-tuz almashinuvidagi katta ahamiyatini yana bir bor ko’rsatib, bu almashinuvning endokrin bezlar tomonidan bosgqarilishidagi yoshga aloqador xususiyatlarini oydinlashtirdi.
R.A.Ahmedov hayvonlarda o’tkazgan tajribalar va odamlar ustida olib borgan mashaqqatli kuzatishlari natijasida yuqori haroratda tana harorati turgunligini saqlash faqat fizikaviy haroratni bishqarishga (issiqlik yo’qotishga) emas, balki kimyoviy harorat boshqarilishiga (issiqlik hosil qilishga) ham bog’liqligini isbot qildi.
A.Yu.Yunusov rahbarligida o’tkazilgan bu izlanishlar va maxsus tajribalar odam va hayvonlar organizmining issiq harorat hamda issiq iqlimga moslashish mexanizmlarini aniqlash, bu moslashishni tezlatish va yengillatishga qaratilgan edi.
Uning ishlari fiziologiya fanining rivojlanishida katta rol o’ynadi. Ammo bu borada boshqa oliygohlar va ilmgihlar ham o’ziga yarasha hissa qo’shdi. Bevaqt vafot etishgan Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlari fiziologiya kafedralarining sobiq mudirlari professor T.Q.G’ulomov va professor X.X.Ergashevlar mustaqil qiziq yo’nalishlarda ish boshlagan edilar.
Hozir respublikamizda fiziolog olimlarning uchinchi avlodi faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan O’zbekiston Qishloq Xo’jalik fanlar akademiyasining muxbir a’zosi professor B.Z.Zaripovni, respublika pedagogika ilmiy-tekshirish instituti xodimi professor D.J.Sharipovalarni ko’rsatish mumkin.
Respublikamiz fiziologiyasining tarixi juda qisqa bo’lsada, shu davr ichida ko’zga tashlangan yutuqlarga erishildi, bir qator yorik mutaxassis olimlar yetishib chiqdi. Bu yutuqlar olimlar o’rtasidagi borodarlik, hamkorlikning mevasidir. Ilmiy-tekshirish ishlarini yo’lga qo’yishda, respublika uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda beg’araz yordam ko’rsatgan domlalarimiz akademik N.V.Chernigovskiy, akademik V.V.Parin, akademik A.M.Ugolev, professor A.L.Slonim, professor G.K.Shliginlarning nomlarini minnatdorchilik bilan tilga olib, fanimizning qisqacha tarixini tugatsak joiz bo’lur.
Download 80.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling