Kirish: Ona tili fani haqida tushuncha


Demak, uyadosh so‘zlar bir uyaga mansub bo‘lgan so‘zlardir


Download 27.15 Kb.
bet4/5
Sana09.11.2023
Hajmi27.15 Kb.
#1759052
1   2   3   4   5
Bog'liq
saodat on ONA TILI

3. Demak, uyadosh so‘zlar bir uyaga mansub bo‘lgan so‘zlardir.
Buni tushuntirish uchun matematik formuladan foydalansak ham bo‘ladi.
1. Ruchka+qalam+daftar=o‘quv qurollari (uyasi).
2. Atirgul+lola+chinnigul=gullar (uyasi).
3. Qasida+g’azal+fard+ruboiy=she’riy janrlar (uyasi)
4. Saxovat+hayo+hilm+adolat=komil inson (uyasi)
Yoki mavzuni yanda kengroq tushuntirish uchun quyidagi ko‘rgazmali qurollardan foydalansak ham bo‘ladi:
1. Plakatga chizilgan koptok, arg‘imchoq, turnik kabilarni ko‘rsatib, o‘quvchilardan bular nima ekanligini va bularning barchasini biz qaysi uyaga kiritishimiz mumkinligini so‘rashimiz mumkin. O‘qituvchi: Qani, o‘quvchilar, siz doskada nimalarni ko‘rib turibsiz?
Bular nima? O‘quvchilar: koptok, arg‘imchoq. O‘qituvchi: Bularning barchasini biz qaysi uyaga kiritamiz? O‘quvchilar:
Sport anjomlari. O‘qituvchi o‘quvchilar bergan javobni doskaga yozib qo‘yadi. Shu tariqa o‘quvchilarga mavzu iloji boricha soddaroq qilib tushuntiriladi. Shundan so‘ng o‘tilgan mavzuni mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar beriladi.
Baliq+ Dilfin+ kit=bular suvda yashovchilar uyasiga kiradi.
Ot+ sigir+ qo`y…… =uyhayvonlari yashaydiganlar uyasiga kiradi.
gul daraxti+kosa+barg=kosa bargli o`simliklar uyasiga kiradi.
Palto-Xuddi shu tarzda keyingi guruh ham shartni bajaradi. Bunday topshiriqlar, eng avvalo, o'quvchüarni yangi mavzu yuzasidan to'liqroq ma'lumotga ega bo'lishiga hamda eng muhimi o'tilayotgan mavzu yuzasidan fundamental bilimlarni puxta egallashiga dasturul amal bo'ladi.
Shundan so'ng eng faol guruh va eng a'lochi o'quvchini aniqlash maqsadida navbatdagi topshiriqni e'lon qilamiz.
Ushbu topshiriq "Eslab qol" deb nomlanadi. Bunda o'qituvchi 20ga yaqin so'zlarni aytadi va har bir guruhdan bittadan a'zo chiqib, ular o'qituvchi aytgan so'zlarni doskaga yozadi va guruhning boshqa a'zolari yozilgan so'zlarni birma-bir aytib, ular qaysi uyaga kirishini ham aytib o'tishadi.
Shart quyidagicha bajariladi:
O'qituvchi. So'zlar: Lola, vilka, non, tut, parda, yomg'ir, daftar, g'isht, televizor, pamidor, no'xat, oqqush, sigir, gilos, palto, atirgul, upa, kitob, mo'yqalam.
I guruh a'zosi: Oqqush, lola, tut, parda, pamidor, no'xat.
Qolgan a'zolar: Oqqush - qushlar uyasi, lola - gullar uyasi, tut - mevalar uyasi, parda - uy jihozlari uyasi, pamidor - poliz ekinlari uyasi, no'xat - dukkaklilar uyasi.
II guruh a'zosi: Vilka, non, yomg'ir, g'isht, gilos, daftar.
Qolgan a'zolar: Vilka - oshxona jihozi, non - oziq-ovqat mahsuloti, g'isht -qurilish vositasi, gilos - meva, daftar - o'quv quroli.
III guruh a'zosi: Palto, oqqush, upa, kitob, tut, mo'yqalam, pamidor, no'xat.
Qolgan a'zolar: Palto - qishki kiyimlar uyasi, oqqush - qushlar uyasi, upa -bo'yanish vositasi, tut - meva, mo'yqalam - rassomchilik jihozi, pamidor - poliz ekini, no'xat - dukkaklilar.
Mashg'ulotni davom ettirib, o'quvchilarga quyidagi topshiriqni beramiz. Bu topshiriqni bajarish jarayonida klaster ta'limiy metodidan ham foydalansak ham bo'ladi. Bunda yuqoridagi so'zlardan foydalanamiz. Ya'ni yuqoridagi uyadosh so'zlarni asos qilib olamiz va uning atrofida shu uyaga kirvchi boshqa so'zlarni yozib chiqamiz (bu so'zlarning barchasi aylana diagramma ichida bo'ladi).
Bunday vositalar o'quvchilarda ma'lum bir uyaga mansub so'zarni o'z xotirasidan ko'proq qidirib topishga hamda, atrof muhitga shu bilan birga ularni tilimizda qanday ifodalanishiga ko'proq e'tibor berishimizga omil bo'ladi.

Xulosa.
“Ta’lim to‘g‘risidagi”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi 1998-yil 13-maydagi 203-sonli qarori ona tili o‘qitishning ijtimoiy – siyosiy va dasturiy asosi bo‘ldi.
Ona tilidan an’anaviy, noan’anaviy darslarni tashkil qilishda ta’lim vositalari alohida ahamiyatga ega. Bulardan darslik ta’limning eng muhim vositasi hisoblanadi. Hozirgi kunda umumta’lim maktablari amaliyotidagi «Ona tili» fani darsliklari ta’lim jarayoni subyekti – o‘quvchi. O‘quvchi bu jarayonning boshqaruvchisi prinsipida tuzilgan. Zero, ta’lim jarayoniga hozirgi davr taqozosi shuni talab qiladi.
Til sathlarini o‘rganishda o‘quvchilar bilimini oshirishning eng samarador usullaridan biri bu - so‘zlarning ma’no guruhlari ustida ishlashdir. So‘zning hosil bo‘lishi, talaffuzi, ma’nosi, imlosi va nutqda qo‘llanilishini o‘zaro chambarchas aloqadorlikda o‘rganish amaliy maqsadlarga xizmat qiladi.
So‘z tarkibi bilan tanishib borish orqali so‘zning asosi xususida umumlashma tushuncha hosil qiladilar. Bu esa so‘z va uning ma’nolarini puxta o‘rganish uchun zamin hozirlaydi. Ayniqsa, nazariy bilimlar haqida ma’lumotga ega bo‘lib borishlari bilan birga o‘quvchilarda so‘z ustida ishlash imkoniyatlari ham kengayib boradi.
So’zning ma’no jilolari nutqda namoyon bo’lib, uni yuzaga keltiruvchi lisoniy asoslar bor. Bunday asoslar tilshunoslikda ma’nodoshlik, shakldoshlik, ziddoshlik nomlari ostida til hodisalari sifatida tadqiq etiladi. Ular nasriy va nazmiy nutqlarning go’zalligini ta’minlaydi.
Umuman, nutqiy go’zallik va teranlikni yuzaga keltiruvchi asoslar xilma-xil bo’lib, ular turlicha namoyon bo’lishi mumkin. Ularning turlari va xususiyatlarini har bir inson bilishi hamda undan foydalanishi mumkin. Bu esa jamiyatimizning ma’naviy yuklasilishini ta’minlaydigan poydevoridir.



Download 27.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling