"Ekspress" metodini olib borish bosqichlari
Download 94.04 Kb. Pdf ko'rish
|
metodika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
“Ekspress” metodini olib borish bosqichlari O‘qituvchi o‘quvchilardan berilgan savol yoki vazifani birma-bir aytib berilishini so‘raydi. O‘quvchilar birma-bir javob berishadi. Lekin javob takrorlanmaslik sharti bilan qabul qilinadi. So‘ngra boshqa bir guruh javoblarninig ketma-ketligini to‘g‘ri, adashmasdan aytib berishi yoki bajarishi so‘raladi. To‘g‘ri javobga quvnoq stikerlar, noto‘g‘ri javobga sariq kartochkalar beriladi. 6.4. “EKSPRESS” METODI Informatika fani guruhlarga bo‘linib o‘tilishi sababli, sinfda 15–20 nafar o‘quvchi ishtirok etadi. Har bir o‘quvchi sinfda faol qatnashishi, darsda mas’uliyatni his etishi uchun ularga javob berish imkoniyati yaratiladi. “Ekspress” tez va ketma-ketlikda javob berish demakdir. Masalan: har bir guruhga kartochka tarqatiladi. Birinchi guruh kartochkadagi atamaga ta’rif beradi. Guruh ishtirokchilari galma-gal ushbu atamaga xos bo‘lgan tushunchalarini aytishadi. Aytilgan tushunchalar takrorlanmasligi lozim. Ikkinchi atamaga ta’rifni ikkinchi guruh beradi. Shu tarzda ekspress zanjiri davom ettiriladi. Agar biror o‘quvchi takrorlasa yoki aytib bera olmasa, u holda “Ekspress”ning zanjiri uziladi va unga sariq kartochka beriladi. Bu metodda o‘quvchi aytilgan javoblarni diqqat bilan tinglashi va eslab qolishi zarur. Bu metod xotirani mustahkamlaydi va diqqat (eshitish madaniyati)ni rivojlantiradi. Document Outline
Download 94.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling