Kirish: Ona tili fani haqida tushuncha
Download 27.15 Kb.
|
saodat on ONA TILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Giponimiya. 2. Graduonimiya. 3. Partonimiya.
Giponimiya nima
Giponimiya, graduonimiya va partonimiya. Mashgʻulot rejasi: 1.Tashkiliy qism. 2. Mavzuga oid talabalar bilimini savol-javob va mashqlar orqali tekshirish va mustahkamlash. 3. Test topshiriqlari asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash. 4. LTQ texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash. 5. Mashgʻulotni yakunlash. 1. Giponimiya. 2. Graduonimiya. 3. Partonimiya. Quyida berilgan jins nomini bildiruvchi so‘zlarga ularning turini bildiruvchi so‘zlar topib yozing. 1. Uzum. 2. Baliq. 3. Daraxt. 4. Metall. 5. Transport. Quyida berilgan so‘zlarni umumiyligiga ko‘ra guruhlarga ajratib yozing. Har bir guruhni bitta so‘z bilan umumlahstirib nomlang. Anor, bosvoldi, shakarpalak, buloq, olma, telpak, nok, daryo, amiri, olxo‘ri, ro‘mol, ko‘kkalapo‘sh, oqurug‘, shaftoli, dengiz, anjir, shlapa, okean, kampircho-pon, ariq, o‘rik, qalpoq, do‘ppi, kumush, uzum, zovur, umbirvoqi, bo‘rikalla, obinovvot, oltin, gilos, mis, platina. Savollar: 1. Giponimiya nima? 2. Giperonim deganda nimani tushunasiz? 3. Giponim nima? . Quyidagi hayvonlarning bolasini bildiruvchi so‘zlarni toping va yonma-yon yozing. Namuna: Tuya – bo‘taloq. Ot, qo‘y, sigir, tuya, it, kiyik, echki, eshak. . Quyidagi hayvonlarning yovvoyi turini bildiruvchi so‘zlarni toping va yonma-yon yozing. Tovuq, eshak, mushuk, cho‘chqa, ho‘kiz. Quyida berilgan ot turini bildiruvchi so‘zlarni 5 guruhga bo‘lib yo-zing: 1) otning jinsiga ko‘ra turini ifodalovchi so‘zlar; 2) otning asl turiga ko‘ra zotini ifodalovchi so‘zlar; 3) otning rang-tusiga ko‘ra turini ifodalovchi so‘lar; 4) otning vazifasiga ko‘ra turini ifodalovchi so‘zlar; 5) otning vazifasiga ko‘ra turini ifodalovchi so‘zlar. Arabi, ayg‘ir, qorabayir, bedov, baytal, chovkar, yo‘rg‘a, tarlon, burnoch, to‘riq, chil, jiyron, cho‘bir, saman, salt, aravakash, uloqchi, qulun, do‘nan, qichang‘i, g‘o‘nan, qorabayir, qashqa, poygachi, qozoqi, mo‘g‘uli. Berilgan gaplardan ot turini bildiruvchi so‘zlarni topib, ma’nosini izohlang. 1. Bulutli qorong‘u kechada samanning ko‘ziga har bir o‘t, har bir jingul bo‘ri bo‘lib ko‘rinardi. (N. Fozilov) 2. Kunlar o‘tib, qulun – toy, toy – qunon, qunon esa do‘non bo‘lib yetishadi. (N. Fozilov) 3. Qudrat aka bo‘z ayg‘irning bekorga chopib ketmaganini sezib, uning izidan tushgan edi. (N. Fozilov) 4. – Hoy, sen, jiyron toychamdek O‘ynab-o‘ynab oqqan suv, Dalalarga bayramdek Guldan bezak taqqan suv. (Z. Diyor) Bel baravar barra o‘tlarni Kurt-kurt yeydi qo‘y-qo‘zichoqlar. Biz ham shodmiz siz kabi, – deya Qirda kishnar toy-qulunchoqlar. (I. Muslim) Berilgan so‘zlarni daraxt va meva ma’nosida qo‘llab gap tuzing. Namuna: O‘rik oppoq bo‘lib gulladi. O‘rik juda shirin ekan. Anor, o‘rik, nok, gilos, anjir, behi, olxo‘ri, anor, tut, olma, jiyda. Download 27.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling