1. Quyidagilar orasidan erkak va urg’ochilari tashqi ko’rinishiga ko’ra farqlanmaydigan (a) va


Download 116.21 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi116.21 Kb.
#1607563
  1   2   3
Bog'liq
Blok test-4(gamma)





Biologiya
1. Quyidagilar orasidan erkak va urg’ochilari
tashqi ko’rinishiga ko’ra farqlanmaydigan (a) va
farqlanadigan (b) hayvonlarni aniqlang.
1) tridakna; 2) mol kanasi; 3) perlovitsa; 4) los;
5) chumchuq; 6) baqachanoq
A) a-2, 3, 6; b-1, 4, 5 B) a-1, 2, 6; b-3, 4, 5
C) a-1, 3, 6; b-2, 4, 5 D) a-2, 4, 5; b-1, 3, 6
2. Eukariot hujayraga oid to’g’ri ma’lumotlarni
aniqlang.
1) hujayra tarkibidagi mitoxondriya, xloroplast va
yadro qo’shqavat membranaga ega; 2) sitoskelet
hujayraning tayanch elementidir; 3) lizosomalarni
hosil qiluvchi organoidlar membranasiz tuzilishga
ega; 4) o’simlik hujayrasining xitinsimon qobig’idagi maxsus teshikchalari orqali qo’shni hujayraning endoplazmatik to’r kanalchalari o’zaro tutashadi; 5) mitoxondriyaning kristalarida ko’plab fermentlar joylashgan
A) 2,5 B) 4,5 C) 3,5 D) 1,4
3. Qaysi javobda urug‘kurtakka ega o‘simliklar
to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) Turkiston ismalog‘i; 2) dala qirqbo‘g‘imi;
3) Zarafshon archasi; 4) Sharq sauri;5) zuhrasoch; 6) sershox qirqbo‘g‘im
A) 1, 4 B) 2, 3 C) 2, 6 D) 3, 5
4. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o‘g‘il
farzandi daltonik bo‘lsa, shu oila uchun mos
keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Ushbu oilada barcha qizlarning 25%i sog‘lom
tug‘iladi.
B) O‘g‘il daltonizmni yuzaga chiqaradigan genni
otadan olgan.
C) Oilada barcha o‘g‘il farzandlarning 25%i
sog‘lom tug‘iladi.
D) Ushbu oilada XdY genotipga ega farzandlar
25%ni tashkil etadi.
5. Noto’g’ri rivojlanuvchi turkumlar berilgan javobni belgilang
A) bo’shliqichlilar, baliqlar
B) kamtuklilar, o’rgamchaklar
C) ko’p tuklilar, qattiqqanotlilar
D) qattiqqanotlilar, termitlar
6. Qaysi javobda ildizdagi kurtaklardan yangi
novdalar hosil qilib ko‘payadigan o‘simliklar
keltirilgan?
A) lola, nargis, gladiolus, g‘umay
B) g‘umay, ajriq, salomalaykum, funariya
C) shirinmiya, yantoq, olvoli, na’matak
D) qoraqat, terak, jiyda, ituzum
7. Organogenez (I) va gametagenez (II) jarayonida
sodir bo’ladigan o’zgarishlarni aniqlang.
1) o’zak organlar majmui hosil bo’ladi; 2) yetilish
davrida hujayralar meyoz usulida ko’payadi;
3) ektodermadan nevr nayi vujudga keladi;
4) spermatogenezning o’sish davrida hujayralar tez
kattalashadi; 5) endodermadan ayirish organlari
rivojlanadi; 6) qushlarning ovogenezida shakllanish davri bo’ladi
A) I-1,5; II-2,4 B) I-2,4; II-1,5
C) I-1,3; II-2,6 D) I-2,6; II-1,3
8. Rasmda keltirilgan t-RNK qaysi aminokislotani
translatsiya joyiga tashib keltirishini aniqlang.

( Genetik kod jadvalida GUC – valin,


AUU – izoleysin, GCU – alanin, CAG – glutamin, CAC – gistidin)
A) lizin B) metionin C) glutamin D) fenilalanin
9. Gidrobiologiya fanining obekti bo’lgan
hayvonlar ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) lansetnik; 2) nereida; 3) ko‘rsichqon; 4) beluga;
5) yumronqoziq; 6) kasatka; 7) zaxkash
A) 2, 7 B) 1, 3 C) 4, 6 D) 4, 5
10. Oqbiqin (1), krab (2) va to‘ng‘iz (3) uchun
tegishli ma’lumotlarni aniqlang.
A) 1 - bosh miya yarimsharining po‘stlog‘ida ilonizi
burmalari rivojlangan; 2 – ayirish sistemasi bir juft
yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat; 3 -o‘ng bo‘lmachasidagi qonda kislorodning
konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan
yuqori
B) 1 - chap bo‘lmachasidagi qonda kislorodning
konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan
yuqori; 2 - qon aylanish sistemasi ochiq, ko‘zlari murakkab; 3 - qoziq tishlari kuchli rivojlangan, oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan
C) 1 - ko‘krak qafasi diafragma parda orqali qorin
bo‘shlig‘idan ajralgan; 2 - bir juftdan uzun va kalta
mo‘ylovlari hid bilish va tuyg‘u organlari
hisoblanadi; 3 - toq tuyoqlilar turkumi vakili
D) 1 - tanasi yung bilan qoplangan, quloq suprasi,
sut va ter bezlari rivojlangan; 2 - erkagining qorin
bo‘limi boshko‘kragiga nisbatan kengroq bo‘ladi; 3 -oshqozoni to‘rt bo‘lmali, o‘simlikxo‘r hayvon
11. Quyida berilganlardan Qorabayir va Qozog‘iston oqboshi zotlari uchun umumiy bo‘lgan
ma’lumotlarni belgilang.
1) nafas olishda o‘pka bilan birga havo xaltachalari
ham ishtirok etadi; 2) bosh miya yarimsharlarining
po‘stlog‘ida burmalar rivojlanmagan; 3) konsument
organizm; 4) bosh skeletlilar kenja tipiga mansub;
5) embrioni ona organizmidan tashqarida
rivojlanadi; 6) o‘pka venasida arterial qon oqadi
A) 2, 3, 6 B) 3, 4, 6 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 5
12. Quyidagi qaysi xususiyat gekkonning qon
aylanish sistemasiga xos?
A) katta qon aylanish doirasi kislorodga boy o‘pka
arteriyasidan boshlanadi
B) katta va kichik qon aylanish doirasi yurak
qorinchasidan boshlanadi
C) yuragi ikki kamerali bo‘lib, yurak bo‘lmachasi va qorinchasidan iborat
D) kichik qon aylanish doirasi o‘pka arteriyasidan
boshlanib yurakning o‘ng bo‘lmachasida tugaydi
13. Quyida berilganlardan qaysilarida madaniy
o‘simlikning kelib chiqish markazi to‘g‘ri
ko‘rsatilgan?
1) kakao daraxti − Markaziy Amerika; 2) arpa −
Sharqiy Osiyo markazi; 3) ananas − Janubiy
Amerika markazi; 4) sholi – Janubiy Osiyo tropik
markazi; 5) suli − Janubiy-g‘arbiy Osiyo markazi; 6) karam −Efiopiya markazi.
A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 3, 4, 6 D) 2, 3, 5
14. Qaysi javobda aminokislotalarning o‘zaro peptid bog‘ orqali birikishidan hosil bo‘lgan moddalar ko‘rsatilgan?
1) t-DNK; 2) DNK polimeraza; 3) interferon;
4) r-RNK; 5) fibrinogen; 6) mioglobin; 7) geparin
A) 2, 5, 6 B) 3, 5, 7 C) 2, 3, 4 D) 1, 4, 7
15. Bakteriya virusida uchraydigan tuzilmalarni
aniqlang.
A) DNKli boshcha, yoqacha
B) g‘ilof, donador endoplazmatik to‘r
C) RNK va DNK, ribosoma
D) dum qismidagi iplar, silliq endoplazmatik to‘r
16. Batsilla xromosomasi tarkibida mavjud bo‘lgan
tuzilmalarni aniqlang.
1) fosfodiefir bog‘; 2) riboza; 3) adenin; 4) lizin;
5) uratsil; 6) sitozin
A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
17. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang.
1) tug‘ma rang ajratolmaslik faqat erkakalarda
uchraydi; 2) ko‘rish markazining faqat kolbasimon
hujayralardan iborat o‘rta qismi aniq ko‘rish
markazi deyiladi; 3) kamalak parda o‘rtasidagi
teshik qorachiq deyiladi; 4) qorachiq va gavhar
oralig‘ida shaffof shishasimon tana joylashgan.
A) 2, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 1, 4
18. Avtotrof organizmlarni aniqlang.
A) ko’rgalak, kalmar, karnaygul
B) ossillatoriya, ondatra, omar
C) zarpechak, zarang, zog‘cha
D) nemalion, nastarin, na’matak
19. Qaysi javobda hayvon zotlarining yovvoyi
ajdodlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) “Orlov yo‘rg‘asi”; 2) “Kornuel”; 3) “Romanov”;
4) “Qorabayir”; 5) “Nyugempshir”; 6) “Merinos”;
7) “Axaltaka”; 8) “Hisor”; 9) “Lekgorn”;10)’Turman”.
a) bankiv tovuq; b) tarpan; c) muflon; d) ko‘k
qoya kaptar
A) 4, 6, 8 − c; 1, 3, 7 − b; 2, 5, 9 − a
B) 1, 4, 8 − b; 2, 5, 10 − a; 3, 6, 7 − c
C) 1, 4, 7 − b; 2, 5, 9 − a; 3, 6, 8 − c
D) 2, 5, 9 − d; 1, 4, 7 − b; 3, 6, 8 − c
20. Quyida keltirilgan o’simliklar nechta bo’limga
tegishli?
1) isfarak, 2) sekvoyadendron, 3) oq qayin,
4) funariya; 5) sharq sauri; 6) dala qirqbo’g’imi; 7) parpi; 8) marmarak
A) to’rtta B) ikkita C) uchta D) beshta
21. Qaysi xususiyatlar karamdoshlar oilasiga
mansub o‘simliklar gullari uchun xos?
A) gullari to‘g‘ri va ikki jinsli, yakka-yakka yoki
ro‘vak to‘pgulda joylashgan
B) gulqo‘rg‘oni murakkab, gulkosacha va gultojiga
ajralgan, changchilari cheksiz
C) gullari to‘g‘ri va ayrim jinsli, soyabon to‘pgulda
joylashgan
D) gulqo‘rg‘oni murakkab, gulkosacha va gultojiga
ajralgan
22. Odamdagi qaysi kasalliklarning irsiylanish
qonuniyatlarini sitogenetik metoddan foydalanib
o‘rganish mumkin?
A) Shereshevskiy-Terner sindromi, tug‘ma karlik
B) fenilketonuriya, braxidaktiliya
C) Klaynfelter sindromi, Daun sindromi
D) gemofiliya, polidaktiliya
23. G‘o‘zaga abiotik (I) va biotik (II) omillarning
ta’siri to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang.
1) vertitsill ta’sirida bargning to‘kilishi;
2) serhosil AN-402 navining yaratilishi;
3) fotosintez jarayonining amalga oshishi;
4) yorug‘lik yetishmaganda xlorofillning
yemirilishi; 5) uchki kurtak olib tashlanganda
hosil shoxlarining ko‘payishi; 6) changlatuvchi
hasharotlar ta’sirida hosilning ko‘payishi.
A) I - 3, 4; II - 1, 6 B) I - 3, 5; II - 2, 6
C) I - 1, 4; II - 2, 5 D) I - 2, 5; II - 3, 4
24. Quyidagilardan jabraga ega bo‘lmagan va qon
aylanish sistemasi ochiq bo‘lgan organizmlarni
aniqlang.
1) falanga; 2) zaxkash; 3) dreysena; 4) kana;
5) zog‘ora baliq; 6) langust
A) 4, 6 B) 4, 5 C) 1, 4 D) 2, 3
25. Glitsin (a) va guanin (b) ga mos keluvchi
belgilarni toping.
1) halqali aminokislota; 2) purin asosi; 3) pirimidin
asosi; 4) asiklik aminokislota; 5) translyatsiyada
ishtirok etadi; 6) DNKda sitozin bilan 3 ta vodorod
bog’lari orqali birikadi; 7) oqsilda peptid bog’i hosil
qilib birikadi
A) a-3,6; b-1,5, 7 B) a-1,3,7; b-2,6
C) a-4,5,7; b-2,5,6 D) a-1,5; b-3,6,7
26. Yong‘oqsimon tojli (a) va gulsimon tojli (b)
xo’roz genotipini aniqlang.
1) AAbb 2) AABb 3) aabb; 4) AABB 5) aaBB;
6) AaBB; 7) aaBb 8) AaBb; 9) Aabb
A) a - 2, 4; b - 5, 7 B) a - 3, 6; b - 1, 2
C) a - 4, 8; b - 6, 9 D) a - 6, 8; b - 1, 9
27. Odamda aorta devorining elastikligi tufayli qon
tomirining kengayishi va torayishi ta’sirida
tomir devorida paydo bo‘lgan tebranishning
arteriyalar bo‘ylab tarqalishi qanday ataladi?
A) yurak avtomatiyasi B) yurakning sistolik hajmi
C) puls D) yurak sikli
28. Floemaning (a) va ksilemaning (b) mexanik
to‘qima hujayralarini aniqlang.
1) o’tkazuvchi nay; 2) yo‘ldosh hujayralar; 3) lub
tolalari; 4) traxeidlar; 5) yog'ochlik tolalari;
6) elaksimon naylar
A) a-1; b-6 B) a-3; b–5 C) a-3; b-4 D) a-2; b –3
29. Varoliyev ko’prigida qaysi markazlar joylashgan?
1) yuz muskullarini harakatlantirish
2) termoregulatsiya 3) aksirish 4) qon aylanish
5) chamalash 6) ko’z soqqasini harakatlantirish
7) to’yish, och qolishni his qilish 8) nafas olish
9) qo’l barmoqlarini nozik harakatlarini taminlash
10. ko’zni ochib yumish
A) 1,6 B) 2,7 C) 3,4,8,10 D) 5,9
30. Jabraga ega bo’lgan bo‘g‘imoyoqlilar tipiga
mansub organizmni aniqlang.
A) nereida B) kasatka C) omar D) eshakqurt


Kimyo
31. Suv 173℃ va 263 K da qanday agregat
holatida bo‘ladi? (P=1 atm.)
A) qattiq; suyuq B) gaz; qattiq
C) gaz; gaz D) suyuq; gaz
32. Temir (III) digidroksoortofosfat
molekulasidagi temir va fosfor atomlari soni
qanday nisbatda bo‘ladi?
A) 3:5 B) 2:1 C) 1:1 D) 3:1
33. I-A guruh elementlarida yadro zaryadi ortib
borishi bilan atom radiusi va nisbiy
elektromanfiylik qiymati qanday o‘zgaradi?
A) atom radiusi kamayadi, nisbiy elektromanfiylik qiymati ortadi
B) atom radiusi kamayadi, nisbiy elektromanfiylik qiymati kamayadi
C) atom radiusi ortadi, nisbiy elektromanfiylik
qiymati ortadi
D) atom radiusi ortadi, nisbiy elektromanfiylik
qiymati kamayadi
34. Kationidagi toq elektronlar soni kationidagi toq elektronlar sonidan nechtaga ko‘p?
A) 2 B) 4 C) 1 D) 3
35. Har bir idishga 1 moldan natriy solingandan
keyingi holat uchun to‘g‘ri fikrni toping.

A) I idishdagi eritma konsentratsiyasi past


B) I idishdagi eritma konsentratsiyasi yuqori
C) erigan moddalarning massa ulushi bir xil
D) II idishdagi eritma konsentratsiyasi yuqori
36. Berilgan molekulalarni bog‘lanish
energiyasi ortib borish tartibida joylashtiring.
1) ; 2) ; 3) ; 4)
A) 3, 2, 1, 4 B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 4, 3 D) 3, 4, 2, 1
37. Qaysi metall hosil qilgan oksidining ekvivalent molyar massasi kislorodning ekvivalent molyar massasidan 5 marta katta bo‘ladi?
A) Zn B) Mg C) Cu D) Ca
38. 3A + 2B ⇄ C
Ushbu reaksiya tenglamasi bo‘yicha muvozanat
qaror topganda moddalarning konsentrasiyalari [A]=2 mol/l, [B]=4 mol/l va [C]=4 mol/l bo‘lsa, ning qiymatini aniqlang. (KM=2)
A) 2 B) 1 C) 3 D) 4
39. Suvsiz sulfat kislota tayyorlash uchun 200 g
82% li sulfat kislota eritmasida necha gramm
SO3 eritish kerak?
A) 120 B) 40 C) 80 D) 160
40. I velentli metall gidridi suvda to‘liq eritilganda olingan ishqorning massasi (g) dastlabki metall gidridi massasidan 4 g ga ko‘p. Agar metall gidridi va ishqorning massa yig‘indisi 16 g ga teng bo‘lsa, metallni aniqlang.
A) Na B) Li C) K D) Cs
41. Venn diagrammasi asosida metallarning o‘ziga xos va umumiy xususiyatlarini moslang.

a) valentligi doimiy II; b) Me2+ ionida 18 ta elektron bor; c) MeCl2 tuzi suvda ionlarga ajraladi; d)Metallning 3d-pog‘onachasi to‘liq elektronlar bilan to‘lgan.


A) I-d; II-a, c; III-b B) I-a; II-c; III-d
C) I-b; II-c; III-d D) I-d; II-c; III-b
42. Al2(SO4)3 dissotsialanishi natijasida zarrachalar soni eritilgan tuzga nisbatan 3,8 marta ortgan bo‘lsa, dissosilanish darajasini (%) aniqlang. (suvning dissotsialanishi hisobga olmang)
A) 60 B) 70 C) 80 D) 50
43. Qaysi tuzning 1 moli dissotsialanishidan
olingan kationlar soni dissotsialangan tuzning
atomlar sonidan 5 molga kam? (α=100%;
tuzning gidrolizlanishi va suvning dissotsialanishi hisobga olinmasin.)

Download 116.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling