Atoqli nomlarning til (lisoniy) xususiyatlarini o‘rganilish darajasiga qarab onomastika turlari: - Atoqli nomlarning til (lisoniy) xususiyatlarini o‘rganilish darajasiga qarab onomastika turlari:
- adabiy va dialektal onomastika,
- odatdagi (amaliy) va poetik onomastika,
- zamonaviy va tarixiy onomastika,
- nazariy va amaliy onomastika
Til va nutqdagi, adabiy va dialektal sohalarga tegishli atoqli nomlarning paydo bo‘lishi, ularning nominatsiya (nomlanish) asoslari, rivojlanishi, shu jarayondagi turli xil o‘zgarishlari, onomastik birliklarning nutqda qo‘llanilishi, muayyan hudud va tillarda tarqalishi hamda onomastik birliklarning tarkibiy tuzilishini o‘rganadi. Amaliy onomastika Horijiy tillarga mansub nomlarning transkripsiyasi, transliteratsiyasi, an’anaviy (talaffuz va yozilishiga ko‘ra), tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlarni aniqlash, “begona” nomlarni o‘z tilda qanday yozish bo‘yicha yo‘riqnomalar tayyorlash, horijiy tillardan o‘zlashgan nomlardan yangi onomastik birliklar hosil qilish bilan, nom berish va nomlarni o‘zlashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Onomastika fani quydagi fanlar bilan aloqador
geografiya
etnografiya
matnshunoslik
adabiyotshunoslik
tarix,
genealogiya
astronomiya
geologiya
“O‘zbek onomastikasi masalalari” nomli tanlanma fanning tarkibiy qismi quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi: 1. Atoqli otlarning tilshunoslikda o‘rganilish tarixi haqida. 2. Hozirgi zamon tilshunosligida atoqli otlarning o‘ziga xosligi muammolarining o‘rganilishi. 3. O‘zbek onomastik ko‘lami, uning hajmi va mazmuni. 4. Onomastik birliklarni tadqiq etish metodlari. 5. O‘zbek antroponimikasi, uning tarixi va asosiy taraqqiyot bosqichlari. 6. O‘zbek toponimikasi, uning asosiy taraqqiyot bosqichlari. 7. O‘zbek toponimikasining umumiy tavsifi, unda o‘z va o‘zlashgan qatlam elementlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |