Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet34/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar
1. Istak gap deganda nimani tushunasiz?
2. Istak gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
3.Istak gapga misol ayting.
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga vazifa:
107-mashq. «Yurtimning ertasi mening tasavvurimda» insho yozing. Inshoda, albatta, istak gaplar ishtirok etsin
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili

5-“A” “B” -sinf


Sana:__________________________
Mavzu: His-hayajon gap
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: His-hayajon gap haqida bilim va ko’nikmalar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: savol-javob, mashqlar bajarish, test bajarish.
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar,test, rag’bat kartochkalari.
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilganvaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

20

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1. Istak gap deganda nimani tushunasiz?
2. Istak gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
3.Istak gapga misol ayting.
4.Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari qaysilar?
III.Yangi mavzu bayoni
Topshiriq. His-hayajonsiz gaplarni his-hayajon gapga aylantiring.

His-hayajonsiz gaplar

His-hayajon gaplar

Qor yog`di…
Qo`ng`iroq chalindimi?
A`lochilar taqdirlansin

………………
………………..
……………..

Gaplar so'zlovchining his-hayajoni qo'shilishi yoki qo'shilmasligiga ko'ra his-hayajonsiz gaplar va his-hayajon gaplarga bo`linadi.
His-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so'roq, buyruq shaklidagi gaplar his-hayajon gaplar sanaladi. Masalan: Ey, Vatan!! Polvonlaring bor bo'lsin! Uyg'oq bo'lsin! (Y. Eshbek)
His-hayajon gaplarda ko'pincha qancha, naqadar, shunchalar, so'zlari hamda undov so'zlar ishtirok etadi yoki kesim gapning oldida keladi. Masalan: Oh, naqadar go'zal ona tabiat! Yozuvda his-hayajon gaplar oxiriga undov (!) belgisi qo'yiladi. Agar so'roq gap his-hayajon bilan aytilsa, oldin so'roq,undan so'ng undov belgisi ishlatiladi. Masalan: Chiqmaysizmi?!
108-mashq. Matnni ovoz chiqarib o'qing. His-hayajon gaplarning talaffuz va ohangiga e'tibor bering.
Shu payt Shohistaning bobosi kirib keldi:
-Bay- bay-bay! Bunday ajoyib gulni kim parvarishlab o'stirdi-yu, kim sovg`a qildi senga? - deb so'radi nabirasidan.
-Gulni men o'stirdim!-Bu gap og'zidan qanday chiqib ketganini Odiljon sezmay qoldi. - Hali g'unchasi ko'p, mana ko'rasiz ochilganda Nodiraga ham, Nigoraga ham beraman.
Bobo iljayib uning yelkasiga qoqdi: - Barakalla, bo'talog'im! Niyatingki birovlarning ko'nglini olish ekan, demak, sendan haqiqiy bog'bon chiqadi.
(Farhod Musajonov)
109-mashq. Berilgan gaplarni his-hayajon bilan o'qing.
1. - Iya, o'g'lim a'lochi derdingiz, xati shumi hali... (Hakim Nazir) 2. Barakali mehnatdan so'ng rohatlanib dam olish qanday zavqli, qoyilman, shuniyam hisobga oldingizmi?! (Oybek)
1-topshiriq.Gaplardagi his-hayajonni ifodalovchi vositalami topib izohlang.
2-topshiriq.Gaplarni his-hayajonsiz o'qib ko'ring. Ular ifoda maqsadiga ko'ra qanday gaplar hisoblanadi? Tinish belgilari qo'yilishida o'zgarish bo'ladimi?

Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling