Kirish. Organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Organik moddalarning klassifikatsiyasi


Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi nazariyasi


Download 31.09 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi31.09 Kb.
#1160911
1   2   3
Bog'liq
Organik birikmalar klassifikatsiyasi

2. Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi nazariyasi
Bu nazariyani ulug rus olimi A.M Butlerov yaratgan. Bu nazariyaga ko‘ra, organik moddalarning xossalari ularni tashkil kilgan atomlarning tabiati va sonidan tashqari, shu atomlarning fazoda bir-biriga nisbatan joylashuvi, bir-biri bilan qay tartibda bog‘langani, ular orasidagi bog‘lanish harakteriga bog‘liqdir. Faqat o‘zaro bevosita bog‘langan atomlargina emas, xatto bir-biridan uzoq joylashgan va o‘zaro bevosita bog‘lanmagan atomlar ham bir-biriga bir kadar ta’sir kiladi.
Izomeriya. Tarkibi va molekulyar og‘irliklari bir xil bo‘lib molekulada atomlarning bir-biriga nisbatan joylashuvi har xil bo‘lgan birikmalar izomerlar deb, hodisaning o‘zi esa izomeriya deb ataladi. Izomeriya hodisasi organik moddalar kup bo‘lish sabablaridan va A.M.Butlerovning nazariyasini tasdiqlovchi faktlardan biridir.
3. Organik moddalarning klassifikatsiyasi
Organik birikmalar kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida sinflarga bulingan. Organik moddalarni sinflarga bo‘lishda uglerod bilan vodorod birikmalari – uglevodorodlar asos qilib olingan, kolgan hamma birikmalar shu uglevodorodlarning hosilalaridir.
Hamma organik birikmalar uch sinfga – guruhga bo‘linadi.
Aciklik birikmalar. Aciklik birikmalar ochiq zanjirli birikmalardir, bu birikmalar jumlasiga yoglar kiradi, shu sababli aciklik birikmalar sinfi yog‘ qatori ham deyiladi.

  1. Izociklik birikmalar yoki karbociklik birikmalar. Izociklik birikmalarga uglerod atomlaridan tuzilgan berk zanjirli- ciklli birikmalar kiradi.

  2. Geterociklik birikmalar. Bu birikmalar berk zanjirli birikmalar bo‘lib, zanjirda uglerod atomlaridan boshqa element atomlari ham bo‘lishi mumkin.

Hozirda organik moddalarning yuqoridagi sinflarini quyidagi tartibda bayon qilish mumkin.
1. Alkanlar – to‘yingan ugdlevodorodlar CnH2n+2 formula bilan ularning umumiy formulasi belgilanadi.
Bo‘larga metanning gomologik qatori misol bo‘ladi. Ular quyidagicha: СН4, С2Н6, С3Н8, С4Н10, С5Н12, С6Н14, С7Н16, С8Н18, С9Н20, С10Н22. Bo‘lar tabiatda tabiiy gaz, neft va toshko‘mir konlarida uchraydi. Bu moddalar kimyo sanoatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ulardan qurum, vodorod, etilen, acetilen, propilen, sun’iy benzin, sintetik yo‘l bilan olinadigan spirt, kislota, efir va boshqalar olinadi.
2. Alkenlar – to‘yinmagan bir qo‘sh bog‘li uglevodorodlar bo‘lib, ularning umumiy formulasi CnH2n bilan ifodalaniladi. Bu modalarga eten va uning gomologlari kiradi: С2Н4, С3Н6, С4Н8, С5Н10, С6Н12, С7Н14, С8Н16, С9Н18, С10Н20.. Bo‘lardan eng muhimlari hozirda sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan va qurilish materiali sifatida ishlatiladigan moddalar olinadigan – monomerlar etilen va propilendir.
2Н4  (- СН2 - СН2 -)n etilen polietilen

nСН2 = СН  (- СН2 - СН -)n СН3 СН3


propilen polipropilen

  1. Alkinlar – to‘yinmagan tarkibida uch bog‘ bo‘ladigan uglevodorodlar bo‘lib, ularning umumiy formulasi SnH2n-2 bilan ifodalanadi. Ularga С2Н2, С3Н4, С4Н6, С5Н8, С6Н10, С7Н12, С8Н14, С9Н16, С10Н18. Bulardan eng ko‘p ishlatiladigani – acetilen bo‘lib, uning tuzlishi quyidagicha:

СН  СН Acetilendan Kucherov reaksiyasi asosida sirka aldegid, sirka kislota, etil spirti. Etil acetat kabi moddalarni olish mumkin. Misol:
Hg +2
СН  СН + Н20  СН3 – СН0

Download 31.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling