Kirish. О‘simliklar hayotida nafas olishning ahamiyati
NAFAS OLISHNING PENTOZAFOSFAT SIKLI
Download 44.56 Kb.
|
R. Mohira Botanika kurs ishi
NAFAS OLISHNING PENTOZAFOSFAT SIKLI. Bu sikl glyukoza-6-fosfatning bevosita oksidlanishi bilan boshlanadi. Bunda glyukoza-6-fosfatdan bir molekula SO2 ajralib chiqadi va besh uglerodli birikmalar-pentozalar hosil bо‘ladi. Shuning uchun ham bu yо‘l pentozafosfat (yoki apotomik) parchalanish deyiladi. Uni geksozomonofosfat sikli xam deb ataydilar. Bu yо‘l 1935-1938 yillardaO.Varburg, F.Dikkene, V.A.Engelgard va FLipman kabi olimlarning izlanishlari natijasida ochildi. YA’ni о‘simliklarda asosiy hisoblanadigan glikoliz va Krebs sikli bilan bir qatorda glyukozaning yana bir muxim yо‘l bilan oksidlanishi aniqlandi. Pentozafosfat yо‘li ham glikolizga о‘xshaydi, bunda oksidlanuvchi birlamchi mahsulot 6-fosfat hisoblanadi. Bu reaksiyalar asosan ikki bosqichdai iborat.
Birinchi bosqichda glyukoza-6-fosfat oksidlanib, 6-fosfat glyukolakton kislota hosil qiladi. Bu reaksiya glyukoza-6-fosfat-degidrogenaza fermenti ishtirokida boradi. Fermentning faol qismini NADF tashkil qilib, u NADFNga qaytariladi. 6-fosfatglyukolakton kislota suv ishtirokida 6-fosfatglyukonat kislotaga aylanadi va bu kislota dekarboksillanish reaksiyasi natijasida pentozafosfat hosil qiladi. Reaksiya natijasida bir molekula SO2 va NADFN hosil bо‘ladi. Umuman, bir atom uglerodning oksidlanishi natijasida ikki mo-lekula NADFN hosil bо‘ladi. Ikkinchi bosqichda ribulozo-5-fosfat izomerlanib, riboza-5-fosfatga va ksiluloza-5-fosfatga aylanadi. Bulardan, transketolaza va transaldolaza fermentlari ishtirokida sedogeptuloza-7-fosfat va 3-fosfoglitserin aldegidi hosil bо‘ladi. Keyin eritrozo-4-fosfat va fruktoyu-6-fosfat hosil bо‘ladi. Fruktoza-6-fosfat izomerlaiib, yakuniy mahsulot glyukozo-6-fosfatga aylanadi. Umuman, pentozafosfat yulida olti molskula glyukoza-6-fosfat ishtirok etsa, uning umumiy tenglamasini quyidasicha kо‘rsatish mumkin: 6 glyukoza -6-fosfat + 12NADF + 7 N20 5 glyukoza -6-fosfat + 6SO2 + 12NADFN + 12N + N2RO4. Keyinchalik xar bir molekula NADFN oksidlanganda 3 molekula ATF sintezlanadi. Demak, 12 NADFN molekulasi oksidlanganda 36 molekula ATF hosil bо‘ladi. Bu siklda hosil bо‘lgan oraliq mahsulotlar - pentozalar organizm uchun juda zarur bо‘lgan moddalar (nuklein kislotalar va boshqalar) xosil qilishda ishtirok etadi. Bu yulning hamma reaksiyalari hujayra sitoplazmasining eruvchi qismida protoplastidalar ia xloroplastlarda sodir bо‘ladi. Nafas olishning pentozafosfat yо‘li, ayniqsa. sintetik jarasnlar kuchli borastgan hujayralarda faol xususiyatga ega. Bunday hujayralarda msmbranalarning lipid komponentlari, nuklein kislotalar, xujayra devori va fenol birikmalar faol ravishda sintezlanadi. Download 44.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling