Kirish. О‘simliklar hayotida nafas olishning ahamiyati


Download 44.56 Kb.
bet9/12
Sana22.12.2022
Hajmi44.56 Kb.
#1043100
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
R. Mohira Botanika kurs ishi

KISLORODNING MIKDORI. Nafas olish jarayoni uchun kislorodning miqdori eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Havo tarkibidaki kislorod (21 foiz)о‘simliklarning erkin nafas olishiga tо‘la yetarli bо‘lib, xatto uning miqdori 9 foizgacha kamaysa xam о‘simliklarga zararli ta’sir qilmaydi. Fakat atmosferada kislorod miqdori 5 foizga tushgandan sо‘nggina uning yetishmasligi sezila boshlaydi. О‘simlik tо‘qimalaridagi kislorod miqdori atmosfera tarkibidagi kisloroddan kamroq bо‘lib, о‘zgarib turadi. Masalan, kand lavlagining barg tо‘qimalarida bu kо‘rsatkich miqdori bir kecha-kunduz davomida 7,1 foizdan 17,4 foizgacha о‘zgaradi. Demak, atmosferadagi kislorod о‘simliklar uchun tо‘la yetadi.
Ammo ildiz tizimi joylashgan tuproqda tez-tez kislorod yetishmaslik hollari sodir bо‘lishi mumkin. Ayniqsa, tuzilmasi buzilgan, chirindi (gumus) moddalari kam, suv bosib, uzoq muddatga saqlanib qolgan katqaloq hosil bо‘lgan yerlarda kislorodning tuproq zarrachalari orasiga kirib turish jarayoni buziladi va ildizlar uchun anaerob sharoit yuzaga keladi. Ildiz tizimi joylashgan tuproq muhitida kislorodning yetishmasligi aerob nafas olish о‘rniga bijg‘ish jarayonini faollashtiradi va natijada zaxira organik moddalar kо‘proq sarflanadi. Oraliq moddalar sifatida spirtlar ajralib tо‘planib, о‘simlik il-dizlari chiriy boshlaydi. Bu uzoroq davom etsa, о‘simliklarning о‘sish va rivojlanishi, hosildorligi keskin kamayadi va hatto о‘simlik о‘lishi ham mumkin. Shuning uchun bunday yerlarga qо‘shimcha ishlov berish, ya’ni tuproqni yumshatish, qatqaloqqa yо‘l qо‘ymaslik, о‘g‘itlash (organik va mineral) zarur.
KARBONAT ANGIDRIDNING MIQDORI. Karbonat angidridning mikdori ham nafas olish jarayonida ma’lum ahamiyatga ega. Tо‘qimalarda u kо‘p miqdorda tо‘planganda nafas olish tezligi pasayadi. Karbonat angidridning tо‘planishi kо‘pincha pishib yetilgan va qachtiq pо‘st bilan qoplangan urug‘larda sodir bо‘ladi. Kо‘pchilik yovvoyi о‘simliklarning qattiq pо‘st о‘ralgan urug‘lari uzoq yillar davomida о‘zining kо‘karish qobiliyatini yо‘qotmaydi, chunki ularning pо‘sti osgida tо‘plangan karbonat angidrid ta’siridan nafas olish tezlish juda sust bо‘lib, organik modda tezda sarflanmaydi. Omborlarda SO3 ning mikdori kо‘p bо‘lganda mevalar uzoq muddatgacha yaxshi saqlanadi.

Download 44.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling