O’zbekistonning kenglik bo’yicha shimoldagi chekka nuqtasi Ustyurt platosi (45° Z6’ shim. kenglik)da, eng janubiy nuqtasi Termiz shahri yonida (37° 11’ shim. kenglikda) joylashgan. Uzoqlik bo’yicha esa chekka nuqtalari 56° 00’ dan 73° 10’ sharqiy uzoqlikkacha boradi. Ana shu geografik nuqtalar bo’yicha mamlakat hududi g’arbdan sharqqa 1400 km, shimoldan janubga 925 km masofaga cho’zilgan. Umumiy maydoni 448,9 ming kv. km O’zbekiston - umumjahon xo’jaligida ko’zga ko’ringan mamlakat hisoblanib, dunyoning 200 dan ziyod mamlakatlari ichida bir qator xom ashyo resurslari, ishlab chiqarish infrastruktura salohiyati miq-yoslari bo’yicha muhim o’rinni egallaydi. O’zbekiston hududi va zamini turli xil boyliklarga ega. Ular-dan ko’plari jahon miqyosida ajralib turadi. Mamlakat hududi say-yoramizning 1,5% dan ortiq sug’oriladigan erlariga to’g’ri keladi hamda bu erlarda etarli harorat va quyosh nuri tufayli qimmatbaho qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olinadi. O’zbekiston zaminida 3 mingdan ziyod konlar va foydali qazilma boyliklari aniqlangan. Xususan, bu zamindar dunyoning 5% oltin zaxirasi joylashgan. Respublika jahon bozorida xaridorgir bo’lgan mis, uran, kumush, volfram, molibden, tabiiy gaz, fosforitlar, kaliy tuz-lari, nodir metallar bilan ta’minlanganligi bo’yicha etakchi o’rin-larni egallaydi. Hozirgi O’zbekiston xalqaro miqyosda bir qator strategik muhim foydali qazilmalarni qazib olishda sezilarli darajada ajralib turadi. Xususan, dunyoning 0,33 foiz hududini egallagan, jahon aholisining 0,41% ega bo’lgan O’zbekiston ulushiga dunyoning barcha mamlakatlarida qazib olinayotgan uran rudasining 6%i, oltinning 3,4%i, tabiiy gazning 2,2%i to’g’ri keladi. O’zbekiston qishloq xo’jalik mahsulotlarining ayrim turlarini etishtirish bo’yicha ham dunyoda etakchi o’rinlarni egallaydi. Jumladan, O’zbekiston hissasiga qora-ko’l terisi bo’yicha jahon ishlab chiqarishining to’rtdan bir qismi, paxta xom ashyosining 4%i to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |