Kirish qismi Hozirgi vaqtda Yerning biosferasida 0 mingdan ortiq zamburug`lar, 23 ming yo`sinlar, ming paporotniklar, 640 ochiq urug`li va 200 mingdan ortiq yopiq urug`li o`simlik turlari uchraydi


Download 464.62 Kb.
bet7/12
Sana19.02.2023
Hajmi464.62 Kb.
#1213922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
OLIY TA’LIM, FA-WPS Office

2.4Gultojixo ‘rozdoshlar oilasi — Amaranthaceae Bu oilaga o'tlar, yarimbutalar, butalar, ba’zan daraxtlar kiradi. Asosan Amerika va Afrikaning tropik, subtropik hududlarida, Osiyo va Avstraliyada, qisman Ycvropaning iliqroq mintaqalarida tarqalgan. Barglari oddiy, yonbargchasiz, poyada navbatlashib yoki qaramaqarshi joylashgan. Gullari bittadan, ko'proq simoz to'pgullarda o'rnashgan, ko'rimsiz gulqo'rg'oni oddiy — kosachasimon, ikki jinsli, ba’zan bir jinsli (2 uyli). Har bir gulning tagida o'ramabargi va bir juft gulyonbargchasi bor. Kosacha barglari asosan 4—5 (1—3) ta, ba’zan kosachasi yo'q, erkin. ba’zan asosidan qisman qo'shilgan, changchilari 5 ta, erkin yoki asosidan qo'shilib qisqa nay hosil qiladi. Changdonlari 4 uyali (gultojixo'rozlarda), 2 uyali (gomfrenalarda). Ginetsey 2—3 mevachi bargdan iborat, tugunchasi ustki. 20

Gulining umumiy formulasi: P 5 A(5) G (, 5). Ammo gulqo'rg'on qismlari har xil turkumlarida ba’zan kamroq, bitta yoki umuman yo'q. Mevasi yong'oqcha, murtagi egilgan, spiralsimon. Ko'sakchasimon yoki rezavor mevali turlari ham mavjud. Sho'radoshlar orasida muhim oziqovqat, yem-xashak (cho'l, yarim cho'l), dorivor va begona o'tlar bor. Oilaning 110 turkumiga mansub 1500 dan ko'proq turlari mavjud bo'lib, ular O'rtayer dengizbo'yi, G'arbiy, O'rta va Markaziy Osiyoda, Shimoliy Amerikaning prcriyalari, Janubiy Amerikaning pampaslarida va Avstraliyaning sahrolarida keng tarqalgan. O'zbekistonda 43 turkumi va 180 turi yovvoyi holda o'sadi. Sho'radoshlar kichik oilasining lavlagi, ismaloq, olabuta, tercskcn, ebalak, kamforosma, kumarjik, qumtariq va izen kabi lurkumlarining turlari yovvoyi holda respublikamizda ancha keng tarqalgan. Lavlagi (Beta) turkumi bir yillik va ko‘p yillik o'tlar 21

i. O'rta Osiyo va shu jumladan O'zbekistonda yovvoyi holda o'smaydi. Madaniy holda oddiy lavlagi (B. vulgaris)ning ko'plab navlari ekiladi (3.16-rasm). Uning ajdodi Atlantika okeani va O'rtayer dengizbo'yi qirg'oqlari hududlarida, G'arbiy Ycvropada, Sharqiy Kavkazortida o'sadigan yovvoyi ko'p yillik lavlagi (B. pcrennis) yoki dengizbo'yi lavlagi (B. maritima)si hisoblanadi. Lavlagi ikki yillik ildizmevali o't, birinchi yili yirik tuxumsimon barglar va ildizmeva, ikkinchi yil esa rombsimon mayda barglar va to'pgullar hosil qiladi. Qand lavlagining (B. vulgaris var. altissima) ildizmevasida 20 foizgacha qand bor. O'zbekistonda XX asr boshlaridan ekila boshlangan. Xo'jalik ahamiyatiga ega bo'lgan muhim oziq-ovqat va texnika o'simligi hisoblanadi. Oddiy lavlagining qand lavlagidan boshqa bir necha shakl va navlari bor. Sho‘ra (Chcnopodium) turkumi bir yillik, ikki yillik, ba’zan ko'p yillik o'tlardan tashkil topgan. Barglari bandli, butun yoki tishchali. Gullari ikki jinsli, to'pgullari shingil, boshoq va boshqacha to'pgullarda o'rnashgan. Gulqo'rg'oni 5(3—4) a’zoli, changchisi 5 ta, urug'chisi 2 meva bargchali. Mevasi yong'oqcha, pardasimon po'st bilan o'ralgan. Murtagi taqasimon yoki halqasimon. Sho'ralarning 250 dan ko'proq turlari bor, shundan O'zbekistonda 10 turi uchraydi. Bir necha turlari begona o'tlardir. Oqsho'ra (Ch. album), poyasi sershox, balandligi 10—100 sm cha, bir yillik o'simlik. 22


Download 464.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling