Kirish. Turkiy tillar oilasi va turkiy tillarga xos xususiyatlar haqida


Download 22.33 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi22.33 Kb.
#1191145
Bog'liq
Sevara kurs ishi


Kirish. Turkiy tillar oilasi va turkiy tillarga xos xususiyatlar haqida. Qadimda turkiy xalqlar soni jihatdan qariyb 65 taga yetgan bo‘lsa, bugungi kunda jahonda 30 dan ortiq o‘z yozuviga eda turkiy xalq borligi aniqlangan. Bu tillarda so‘zlashuvchi xalqlar, asosan, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliyada yashaydilar. Turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarning ko‘pchiligi Osiyo qit’asida istiqomat qiladi.
Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: turk, ozarbayjon, turkman, gaguz, qrim-tatar, qorachoy, balqar, qumiq, no‘g‘oy, tatar, boshqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, girg‘iz, o‘zbek, qoraqalpoq, chuvash, uyg‘ur, qozoq kabilar.
Turkiy tillar genetik jihatdan qarindosh bo‘lib, tillarning morfologik tasnifiga ko‘ra, agglutinativ bo‘lganligi sababli, ularda affikslar, so‘z tarkibidagi har bir qo‘shimcha faqat bir ma’no ifodalaydi va birin-ketin birikib, yopishib keladi; affikslar o‘zakka mexanik ravishda qo‘shilaveradi, biroq o‘zak bilan juda birikib ketmaydi, ya’ni undan ajralib, chegarasi ma’lum bo‘lib turadi; turkiy tillarda prefikslar yo‘q, ular o‘zlashgan so‘zlar tarkibida uchraydi; grammatik ma’nolar affikslar yordamida ifodalanadi; turkiy tillarda grammatik rod (jins) kategoriyasi uchramaydi. Shu sababli so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvida boshqa vositalar ishtirok etadi; singarmonizm hodisasi saqlangan bo‘lib, uning tarqalishi har bir turkiy tilda o‘ziga xos xususiyat-ga ega.
Demak, turkiy tillarning ma’noli elementlari mustaqil so‘z, yordamchi so‘z va affikslar hisoblanadi. Turkiy tillarning morfologik xusiyatlarini o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha va yordamchi so‘zlarining qo‘llanishi va ma’nosini bilib olishning o‘zi kifoyadir.
Qozoq tili haqida umumiy ma’lumot
Qozoq tili (Qozoqcha; qozoqcha: Қазақ тілі, қазақша)— turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qoraqalpoq va noʻgʻay tillari bilan bir-galikda qipchoq tillarining qipchoq-noʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. Qozogʻiston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qozogʻiston, Xitoy, Oʻzbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Mongoliyada, shuningdek, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston, Turkiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Qozoq tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni qariyb 23 million kishi.
Qozoq tilining dialektik boʻlinishi haqida aniq bir fikr yoʻq: baʼzi manbalarda 2 ta, baʼzilarida esa 3 ta (shimoli-sharqiy, janubiy va gʻarbiy) lah-jaga boʻlinishi haqida fikrlar mavjud. Lahjalar leksik tarkibi va fonetik xususiyatlari jihatdan oʻzaro farq qiladi.
Qozoq tilining fonetik xususiyatlari: 9 unli fonemaga ega, unlilar ohangdoshligi (lab singarmonizmi) va undoshlar assimilyatsiyasi mavjud, soʻz urgʻusi, asosan, dinamik xususiyatga ega. Boʻgʻinlar 3 turga ajraladi: ochiq, yarim yopiq va yopiq. Morfologik xususiyatlari: otlar kelishiklar bilan turlanadi, ot yasalishida affiksatsiya va kompozitsiya usullari mavjud boʻlsa, sifatlar leksik-semantik, morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi; son va olmosh turkumlari farqli belgilarga ega emas. Feʼllar morfologik tuzilishiga koʻra, tub va yasama feʼllarga boʻlinadi, feʼl turkumida 4 mayl (aniqlik, buyruq, istak va shart), 3 zamon (oʻtgan, hozirgi, kelasi) farqlanadi. ravishlar asliy va nisbiy turlarga boʻlinsa, yordamchi soʻz turkumlari umumturkiy xususiyatlarga ega. Sintaktik xususiyatlari: 4 xil sintaktik aloqa turi (moslashuv, munosabatlashuv, boshqaruv, bitishuv), 4 xil gap turi (darak, soʻroq, buyruq va undov) farklanadi. Gap boʻlaklari tasnifi va tavsifi, gapda soʻzlar tartibi umumturkiy qonuniyatlarga asoslanadi. Qoʻshma gaplar bogʻlovchisiz va bogʻlovchili turlarga boʻlinadi. leksik xususiyatlari: Qozoq tili leksikasining oʻz qatlamini qad. turkiy tillardan semantik va struktur-morfologik oʻzgarishlarga uchrab oʻtgan umumturkiy qatlam tashkil etadi, shuningdek, unda arab, fors, moʻgʻul, oʻzbek, tatar, rus va xitoy tillaridan oʻzlashgan soʻzlar qatlami ham mavjud.
Arab grafikasiga asoslangan yozma adabiy Qozoq tili 19-asr 2-yarmida paydo boʻlib, taniqli qozoq maʼrifatparvarlari Abay Qoʻnonboyev va Ibray Oltinsarinlar faoliyati tufayli 19-asr oxirida toʻliq shakllandi. Yozuvi 1930-yilgacha arab grafikasi asosida, 1930—40 ylarda lotin grafikasi asosida boʻlgan. 1940-yildan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan.
Qozoq yozuvi

Qozoq tilining shakllanishi va rivojlanishi tarixi turli tarixiy davrlardan omon qolgan qozoq xalqining tarixi bilan uzviy bog'liqdir.


Harflarni lotin alifbosiga o'tkazish masalasi juda murakkab. Bu Sharq mamlakatlarida til omilini rivojlantirish tajribasiga asoslangan har tomonlama o'rganishni talab qiladi.
Odamlarning eng katta ixtirosi bu yozuv. Uning kelib chiqishi zamonaviy tilshunoslikning murakkab muammolaridan biridir. Zamonaviy yozuvning markazida qadimiy yozuv turadi. O'rta Osiyo va Qozog'iston xalqlarining yozuvi O'rta asrlarning boshlarida paydo bo'lgan. Keyinchalik ajdodlari bo'lgan qadimgi turkiy xalqlar, shu jumladan zamonaviy qozoqlar Evrosiyo tarixida muhim rol o'ynagan. V asrdan 15-asrgacha turkiy til uning aksariyat qismida millatlararo muloqot tili bo'lgan. Masalan, mo'g'ul xonlari Batu va Munke davrida Oltin O'rda rasmiy hujjatlar, xalqaro yozishmalar, mo'g'ullardan tashqari, turkiy tilda olib borilgan.
Zamonaviy qozoq tiliga yaqin bo'lgan tilning shakllanishi va rivojlanishi XIII-XIV asrlarda sodir bo'lgan. Alifbo yozuvining eng qadimgi turlaridan biri VI-VII asrlarda paydo bo'lgan qadimgi turkiy yozuvdir.

Manbalar



    1. ↑ Zakon Ryespubliki Altay „O yazikax“. Glava I, statya 4

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musabayev G. G., Sovremennsh kazaxskiy yazmk, ch.1, Leksika, Alma-Ata, 1959; Musabayev G. G., Sovremenniy0 kazaxskiy yazik, ch.2, Fonetika i morfologiya, Alma-Ata, 1962;Tomanov M., Qazaqtan tarixi fammatikasi. Fonetika, Morfologiya, Almatn, 1981; Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazmkov, 2-izd., M., 1969.
Download 22.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling