1-rasm. Qozon qurilmasining texnologik sxemasi:
a-suv yo‘li; b-qizdirilgan bug‘ yo‘li; v-yoqilg‘ining o‘txonaga uzatish yo‘li; g-havo oqimining harakatlanish yo‘li; d-yongan mahsulotni tashqariga chiqarish yo‘li; ye-o‘txona va kul tutkichdan chiqqan shlak va kulni tashqariga chiqarish yo‘li; 1-yoqilg‘i bunkeri; 2-ko‘mir maydalaydigan tegirmon; 3-tegirmon ventilatori; 4-gorelka; 5-qozon agregatining o‘txonasi va tutun-gaz yo‘larini kesimda ko‘rinishi; 6-quvurlardan tashkil topgan ekran; 7-sisternasimon idish(baraban); 8-bug‘ qizdirgich; 9-suv ekonomayzeri; 10-havo isitgich; 11-deaeratsiyali suv g‘amlaydigan idish; 12-ta’minlovchi nasos; 13-ventilator; 14-qozon qurilmasi o‘rnatilgan bino; 15-kul tutgich moslamasi; 16-tutun-gazlarni so‘rgich; 17-tutun quvuri(mo‘ri); 19- kollektor.
Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar
1.Issiqlik energiyasini mexanik energiyasiga aylantirish jarayoni qanday?
2.Energetika zahiralari ekalogik muvozanatga qanday aloqasi bor?
3.Issiqlik ishlab chiqarish qurilmalarining vazifasi va maqsadi nimadan iborat?
4.Issiqlik ishlab chiqarish qurilmasi qanday bo‘limlarga bo‘linadi?
5.Issiqlik ishlab chiqarish qurilmalarining asosiy ish prinsipi?
6.Atom energetikasi, gelio, gidro, shamol va boshqa energiyalar qanday ishlatilmoqda?
7.Issiqlik ishlab chiqarish qurilmalarining yordamchi qurilmalarini aytib o‘ting?
Do'stlaringiz bilan baham: |