Kirish Qurilishni tashkil qilish loyihasi


Download 1.37 Mb.
bet1/7
Sana07.05.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1436565
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi QJT


Mundarija
Kirish…………………………..2

  1. Qurilishni tashkil qilish loyihasi………………………4

1.1 Mo’ljallanishi..…...…………4
1.2 Boshlang‘ich malumotlar…...5
1.3 QTLning tarkibi…...…….…..7
2. Qurilishni tashkil e’tish
uslubini tanlash…...…………..9
2.1 Qurilish muddatini belgilash13
2.2 Majmua siklogrammasi……13
2.3 Mablag’larning istemol jadalligini aniqlash….………….15
2.4 Qurilishning taqvimiy rejasi.16
3 To’rsimon grafik...…...………18
4. Qurilishning umummaydon bosh tarhi………………………24
4.1 Vaqtinchalik ma’muriy-sanitar binolarni hisoblash…………….25
4.2 Qurilish materiallari va konstruksiyalarini saqlash uchun vaqtinchalik binolar hisobi…....26
4.3 Vaqtinchalik suv bilan ta’minlash hisobi..……………...27
4.4 Qurilish maydonini elektr ta’minoti bilan ta’minlash……..28
5. Bibliografik ro’yxat……........29
6. Texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlar…………………..30

Kirish

Yirik sanoat va fuqaroviy majmualarining qurilishida bosh pudratchi qurilish tashkilotlari va korxonalari bilan bir qatorda ko’pgina subpudratchi tashkilot-lar, konstruksiyalarni yetkazib beruvchilar, loyihalovchilar (loyi-halash institutlari) transport xizmati va shunga o’xshash boshqa tashkilotlar ishtirok e’tib, ular murakkab ko’p variantlik (ko’p yechimli) masalani o’zida mujassamlaydi. Bu masalaning muvafaqqiyatli yechilishi avvalom bor o’ziga xos omillarni hisobga olgan holda qurilishning to’g’ri tashkil etilishi va rejalanishiga bog’lik bo’ladi. Qurilishi ma’lum muddatga (besh va undan ortiqroq yilga) mo’jallangan sanoat majmualari turli maqsadlarga ega bo’lgan va konstruktiv vazifalarni bajaruvchi ko’p sonli obyektlarni o’z ichiga oladi.


Alohida obyektlar va butun majmua bo’yicha qurilish-montaj ishlarining bajarilish ketma-ketligini ratsional rejalashtirish qurilish tashkilotlarining o’zlari ega bo’lgan resurs va kapital mablag’lar quvvatidan samarali foydalanish imkonini beradi.
Qurilishda tashkiliy-rejalash hujjatlari orasida taqvimiy reja va to’rsimon grafiklar eng keng tarqaldi. Ammo, katta bino va inshootlar qurilishi tashkil qilinishining boshlang’ich davrlarida capital mablag’lar, ish kuchi va moddiy-texnika resurslarini dastlabki taqsim-lanishini amalga oshirish uchun bu ko’rinishdagi hujjatlar, ularning ortiqcha batafsilligi, majmua tarkibidagi obyektlarni qurilish jarayonida ular orasidagi texnologik bog’liqlikni aks etish uchun, qulay emas. Butin bir sanoat majmuasi va uning tarkibiga kiruvchi obyektlar qurilishini rejalash uchun kapital mablag’lar, ishchi-kadrlar, mod-diy-texnika resurslarini obyekt va qurilish muddati bo’yicha taqsim-lashning optimal (maqbul) variantini beruvchi uslubdan foydalanish sezilarli darajada amaliy manfaatga erishish imkoniyatini yaratadi. Bu maqsadda siklogrammalardan foydalanish ancha qulayliklar yaratadi. Ayniqsa bu metodikaning afzalligi ishchi chizmalar bo’lmagan davrlarda majmuani loyihalashda hisobga olinishi qurilish jarayonida o’z samarasini beradi.
Malumki, siklogrammalar ishlarni bajarish loyihasida (IBL) hamda qurilishni tashkil etish loyihasida (QTL) qo’llaniadi. Ular o’zining batafsilligi bilan farqlanadi.
Siklogrammalar boshqa grafik modellar (chiziqli, to’rsimon) qatorida IBLda alohida bino yoki inshoot qurilishini aks etish uchun qo’llanadi, a investitsion loyiha-larning QTLlarida – bino va inshootlar majmuasi qurilishini tashkil etilishini tasvirlaydi.
Shunday qilib, anglash kerakki, qurilish jarayonini aks etuvchi model batafsilligi ishchi chiz-malarni mavjudligi yoki hali tuzilmaganiga bog’liq, y’ani ish-larning hajmlarini aniqlash uchun konkret konstruktiv yechimlar, o’lchamlar, materiallar, qurilish mashinalari va h.k. mavjudligiga bog’liq. Kurs loyihasi titul ro’yxatini tuzish imkonini yaratadigan bosh tarhi, hajmiy va tarhiy(rejaviy) hamda umumiy konstruktiv yechimlari ishlab chiqilgan loyiha asosida bajariladi. Kurs loyihasi majmua tarkibiga kiradigan yirik obyektlar qurilishida tatbiq etilgan siklogrammalarni tuzish uslubiyatiga tayangan holda ishlab chiqiladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling