Kirish raqamli tarix
Download 32.22 Kb.
|
1 MAVZU Raqamli tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1982-yilda AQSH Kongressi
KIRISH Raqamli tarix (ingl. Digital history) – raqamli ijtimoiy fanlarning bo‘limi bo‘lib, ma’lumotlarni taqdim etish hamda tarixiy tadqiqot va tahlillarda raqamli media va kompyuter texnologiyalardan foydalanishni o‘rganadi. Mazkur yo‘nalishning ikkita asosiy qo‘llanish yo‘nalishi bo‘lib, internet auditoriyani raqamli arxiv, interaktiv xarita, tarixiy voqealar tafsilotlari bilan tanishtirish va tarixchi olimlar uchun tarixni fan sifatida taraqqiy etishi uchun yangi tadqiqot usullarini yaratishdan iborat.raqamli tarix sohasidaggi so‘nggi tadqiqotlar quyidagi belgilarni o‘z ichiga oladi:kreativlik, turli soha mutaxassislarining hamkorligi, yangi texnologiyalar, ma’lumotlarni intelektual tahlili, 3D-modellashtirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlili. Raqamli tarix dastlab 1960 va 1970-yillarda asosan demografik ma’lumotlardan foydalangan holda sonlar hajmini tahlil qilishda, jumladan aholini ro‘yxatga olish natijalari, saylov yakunlari, telefon ma’lumotnomalari kabi sohalarda qo‘llanila boshladi. XX asrning 80-yillarda dasturiy ta’minotni faol rivojlanishi 1982-yilda AQSH Kongressi kutubxonasida Optical Disk Pilot Project loyihasi vujudga keldi. Loyihaning asosiy mohiyati kutubxona arxivini bir qismini lazer disklariga yozish edi. 1997-yilda Richmond universitetining bo‘lajak kansleri Edvard Ayers va Uilyam Tomas birinchi marta “raqamli tarix” terminidan foydalanishdi. Ular Virjiniya Universitetida faqat tarixga bag‘ishlangan, birinchi tadqiqot markazi raqamli tarix Markaziga asos solishdi. Raqamli tarix tarixni o‘rganishning an’anaviy usullari bilan bir qatorda quyidagi holatlarda qo‘llanishi mumkin. Yangi va odatdagi tadqiqot usullarini birlashtirish olimlarga yangi xulosalar chiqarish Texnologiyalar inson qila olmaydigan ishlarni amalga oshirishi mumkin-masalan, katta hajmdagi bir va bir necha turdagi ma’lumotlarni qayta ishlash kabi Karta, model va infografik ma’lumotlarni yaratish Raqamli tarix deganda tarixchilarning arxiv materiallarini raqamlashtirishi va ularni internetga kirish imkoniga ega bo‘lgan foydalanuvchilarga taqdim etishi uchun zamonaviy kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishi tushuniladi. Asosiy veb-nashr ilovalaridan tortib, eng so‘nggi virtual reallik (VR) vositalari bo‘lgan texnologiyalardan foydalangan raqamli tarixchilar tarixiy materiallarni turli auditoriyalarga yangi usullarda, yangicha ko‘rinishda taqdim etadilar. Download 32.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling