Kirish Rentgen nurlarining va ularning xossalari. Rentgen nurlarning spektrlari Uzlukli va uzluksiz spektrlar
Download 1.13 Mb.
|
kurs ishi rentgen
hν< (8.1) formulada hν – tormozlanish rentgen nurlanishi kvantlarining energiyasi, eU – tezlashtirilgan elektronlarning kinetik energiyasi, elektronlarning anodni qizdirishga sarflanadigan energiyasi har xil bo‘lganligi uchun hosil bo‘ladigan rentgen kvantlarining energiyasi ham har xil bo‘ladi, ya’ni har xil energiyali rentgen kvantlari nurlanadi. Shuning uchun ham tormozlanish rentgen nurlanishi tutash spektrga ega bo‘ladi. Tormozlanish rentgen nurlari tutash spektrida eng qisqa to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri keladigan rentgen nurlanishi kvantlari hνmax – maksimum energiyaga ega bo‘ladi. Bunday katta energiyali tormozlangan rentgen nurlanishi kvantlari anodga kelib urilayotgan tez elektronlarning kinetik energiyasi to‘liq ravishda tormozlangan rentgen nurlari energiyasiga aylanganida hosil bo‘ladi. Shuning uchun tutash spektrning chegarasi λmin ni topish uchun elektronning eU kinetik energiyasini rentgen kvantining maksimal energiyasi hνmax ga tenglashtirish kerak, ya’ni: eU=hνmax (8.2) (8.2) formulada νmax=c/λmin ekanligini hisobga olgan holda λmin uchun quyidagi ifodani yozish mumkin: λmin=hc/eU, (8.3) (8.3) formulada λmin=λcheg, λcheg – tutash spektrning eng qisqa chegaraviy to‘lqin uzunligi deyiladi. (8.3) formuladan ko‘rinadiki, tutash rentgen spektrining chegaraviy to‘lqin uzunligi faqat potensiallar ayirmasiga bog‘liq bo‘lib, anod materialiga bog‘liq emas. (8.3) formulada U – kilovoltlarda va λ – angstremlarda ifodalanadigan bo‘lsa, uni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin: Å, (8.4) (8.4) formulada elektronni tezlatuvchi potensial U=100 kV bo‘lganda tutash spektrni chegaralagan eng qisqa chegaraviy to‘lqin uzunlik λcheg=0,124Å ga teng bo‘ladi. Rentgen spektroskopiyasida to‘lqin uzunligi XE – birliklarda ifodalanadi: 1XE=1,00225Å, (8.5) (8.5) ifoda keltirilgan birliklarda hisoblangan to‘lqin uzunliklar tormozlanish rentgen nurlanishi tutash spektrining qisqa to‘lqinli sohasida joylashgan bo‘ladi. Xarakteristik rentgen nurlari chiziqli spektrni hosil qiladi. Chiziqli spektrlar anod materialiga, uning atomi xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun har bir element faqat o‘ziga xos xarakteristik rentgen nurlari chiqaradi. 8.4-rasm Anod va katod orasiga qo‘yilgan potensiallar ayirmasining ma’lum qiymatida tezlashtirilgan elektronlarning energiyasi anod materiali atomining ichki qobiqlaridan elektronni urib chiqarishga yetarli bo‘lgan holda tormozlanish rentgen nurining tutash spektri fonida xarakteristik rentgen nurlarining qisqa spektral chiziqlari hosil bo‘ladi (8.4-rasm). 8.4-rasmda anod va katod orasida qo‘yilgan potensiallar ayirmasining 15, 20, 25, 30 kV qiymatlarida bo‘lgan tormozlanish nurlanishining tutash spektri fonida xarakteristik rentgen nurlanishining spektral chiziqlari K, K hosil bo‘lgan. Rentgen spektrlarida spektral chiziqlar rentgen sathlari orasida bo‘ladigan elektron o‘tishlari natijasida hosil bo‘ladi. Elektron o‘tishlar L=±1, j=0, ±1 tanlash qoidalari bajarilishi asosida hosil bo‘ladi. Xarakteristik rentgen nurlarining spektral chiziqlari ma’lum qonuniyat bilan ketma-ket joylashadi. Spektral chiziqlar seriyalarga birlashtiriladi. Seriyalar K,L,M,N harflari bilan belgilanadi. Agar spektral chiziqlar elektronlarning K-qobiqqa o‘tishida hosil bo‘lgan bo‘lsa, spektral chiziqlar K-seriyaga tegishli bo‘ladi, L-seriya chiziqlari elektronlarning L-qobiqqa o‘tishidan hosil bo‘lgan chiziqlardan iborat bo‘ladi. Boshqa seriyadagi spektral chiziqlar ham shunday hosil bo‘ladi. K-seriya spektrning eng qisqa to‘lqinli s 8.5-rasm ohasida, L-seriya uzun to‘lqinlar sohasida, M va N seriyalar ko‘zga ko‘rinadigan sohada joylashgan bo‘ladi. Xarakteristik rentgen spektrida K,L,M,N seriyalarining hosil bo‘lishi sxematik ravishda 8.5-rasmda keltirilgan seriyadagi har bir chiziq o‘z belgisiga ega. Har bir chiziq qaysi seriyaga tegishli bo‘lsa, shu seriya nomi bilan aytiladi. Elektron qaysi qobiqdan o‘tgan bo‘lsa, shu qobiq indeksi bilan ko‘rsatiladi. Masalan, K yozuv elektron K qobiqga o‘tganligini bildiradi. – indeksi elektron o‘tishlar yaqin qobiqdan bo‘lganligini, – indeksi o‘tishlar yaqin qobiqdan keyingi qobiqdan bo‘lganligini ko‘rsatadi va h.k. Qobiqlar ,, – indekslar bilan K, K, K yoki L, L, L va h.k. ko‘rinishida yoziladi (8.5-rasm). K elektronning yaqin qobiqdan K qobiqqa o‘tishida chiqarilgan xarakteristik rentgen nuri energiyasi hosil bo‘lgan spektral chiziqdir. ,,, – harflariga qo‘yiladigan son indekslari uzun to‘lqinlar spektral chiziqlardan boshlab seriyadagi chiziqlarning tartib raqamini ko‘rsatadi. K – seriya o‘z tuzilishiga ko‘ra, eng oddiy spektr hisoblanadi. Bu seriya uchta spektral chiziqdan iborat bo‘lib, ular shartli ravishda K, K, K lar bilan belgilanadi. K – chizig‘i uzun to‘lqinli bo‘lib, kattaroq intensivlikka ega. K – chizig‘i 1 va 2 komponentlardan, ya’ni va – chiziqlaridan iborat bo‘lgan dublet tuzilishiga ega. K – chizig‘i to‘lqin uzunligi va intensivligi jihatidan K dan keyin turadigan chiziqdir. K – chizig‘i ham dublet tuzilishiga ega bo‘lib, va ko‘rinishida belgilanadi. va hamda va chiziqlari bir-biridan energiya bo‘yicha juda oz farq qiladi. Bu chiziqlar rentgen spektrlarining “nozik strukturasi”ni hosil qiladi. K – chizig‘i qisqa to‘lqinli chiziq hisoblanadi. L-seriya K-seriyaga qaraganda murakkab tuzilishga ega bo‘ladi. 8 8.6-rasm .6a-rasmda ba’zi elementlarning K-seriya spektrlari keltirilgan. 8.6b-rasmda esa volframning L-seriya spektral chiziqlari tasvirlangan. Rasmlardan L-seriya K-seriyaga qaraganda murakkab tuzilganligini ko‘rish mumkin. K-qobiqdagi elektron atom bilan kuchli bog‘langan, L-elektron kuchsizroq, M-qobiqdagi elektron undan ham kuchsizroq bog‘langan. Shuning uchun elektronlarning LK o‘tishida hosil bo‘ladigan xarakteristik rentgen nurlanishi kvantlarining energiyasi L va K qobiqlaridagi elektronlarning bog‘lanish energiyalari farqiga teng bo‘ladi. Rentgen spektrlari atomning ichki qobiqlaridagi elektronlarning harakati tufayli hosil bo‘ladi. Atomning ichki qobiqlari bir xil tuzilishga ega bo‘lganligi uchun rentgen nurlari spektrlarida davriylik kuzatilmaydi. Spektral chiziqlar chastotalarining element tartib raqami Z ning ortishi bilan qisqa to‘lqinlar tomonga monoton siljishi kuzatiladi. Rentgen nurlari spektrida chiziqlar soni juda kam bo‘lib, chiziqlar bir xil tuzilishga ega bo‘ladi. Umuman rentgen nurlari spektrlari oddiy va bir xil tuzilishga ega. Rentgen spektrlarida atomga tegishli xossalar mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham rentgen nurlarining chiziqli spektrlari atomlarning murakkab elektron qobiqlari tuzilishini aniqlashga imkon beradi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling