Kirish Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. Sintaktik aloqa turlari


Download 93.5 Kb.
bet4/10
Sana16.09.2023
Hajmi93.5 Kb.
#1679520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-semestr 1-ma`ruza sintaksis. So’z birikmasi sintaksisi reja

3. Muvofiqlashuv. O‘zbek tilida qaratqich va qaralmishning aloqasi bog‘lanishning alohida turini tashkil qiladi. Bunda so‘zlardan birini hokim, birini tobe deb qarash qiyin, chunki qaralmishning talabi bilan qaratuvchi bo‘lak qaratqich kelishigi shaklini oladi, o‘z navbatida, qaratuvchining talabiga ko‘ra qaralmish egalik affiksini qabul qiladi: bolalarning quvonchi, mening kitobim, sening daftaring, ularning vazifasi kabi. Bunda munosabatdorlik (o‘zaro hokimlik, tobelik) kuzatiladi.
Aslida moslashuv deyilganda, tobe so‘z shaklining hokim so‘z shakliga mos kelishi nazarda tutiladi. Bu holat rus tiliga xos, negaki moslashuv yo‘li bilan tuzilgan qurilmalarda, jumladan, aniqlovchili birikmalarda tobe so‘z hokim so‘z bilan grammatik shaklda moslashib, hokim so‘z bildirgan xususiy grammatik ma’nolarga ega bo‘ladi. Masalan, interesnaya kniga birikmasida kniga hokim so‘z bo‘lib, bosh kelishik, birlik, jenskiy rod (jins) kabi xususiy grammatik ma’nolar anglatgan; tobe so‘z (interesnaya) hokim so‘zning aynan shu shakliga moslashib, xuddi shunday grammatik ma’nolarni ifodalaydi.
O‘zbek tilida qaratuvchi va qaralmishning munosabati yuqorida qayd etilgan birikma qismlarining munosabatidan farq qiladi. Shuning uchun bunday bog‘lanishni moslashuv deb emas, muvofiqlashuv deb izohlash lozim bo‘ladi.
Demak, o‘zbek tilida qaratuvchi va qaralmishning birikishi muvofiqlashuv asosida voqe bo‘ladi.


So‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi
Gapda so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi quyidagi vositalar orqali bo‘ladi:
1. Affikslar. O‘zbek tilida so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvida turlovchi va tuslovchi affikslarning xizmati katta. Masalan: Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ladi (O‘.H.). Bu gapdagi so‘zlar o‘zaro kelishik affikslari (-ning, -ga), egalik affiksi (-i) va shaxs-son affiksi (-di) orqali sintaktik aloqaga kirishgan.

Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling