Tayanch tushunchalar
nomlanuvchi obyekt, onomastika (nomshunoslik), antroponim (shaxs
nomlari), toponim (joy nomlari), zoonim (hayvon nomlari), gidronim (suv bilan
bog‘liq bo‘lgan nomlar).
Akademik litsey o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ushbu mashq va
topshiriqlar ularning atoqli otlar mavzusi bo‘yicha olgan bilimlarini
mustahkamlashga xizmat qiladi. Ammo kollej ona tili va adabiyoti darslarida
talabalarga ushbu mavzu yuzasidan yetarli dars soatlari ajratilmagan. Bizning
fikrimizcha, kollej talabalariga ham ushbu mavzu bo‘yicha dars soatlarini ko‘proq
ajratish, berilgan materiallarni yanada kengaytirish, ya’ni atoqli otlar guruhlarini
talabalarga alohida-alohida tarzda o‘rgatish maqsadga muvofiq. Chunki geografik
nomlar tilshunoslikning boshqa sathlari, jumladan, etimologiya va so‘z yasalishi
haqida ham boy ma’lumotlarni o‘zlarida mujassamlashtira olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |