Kirish tadqiqot mavzusining dolzarbligi
O‘tkir zehnlilar bellashuvi (“O‘ZB”)
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
talim tizimida nomshunoslik
O‘tkir zehnlilar bellashuvi (“O‘ZB”). Onomastika to‘garagi ishlarida
o‘quvchilar faolligini oshirishda muhim tadbirlardan biri o‘tkir zehnlilar bellashuvini tashkil qilishdir. Ma’lum sinflarda yoki parallel sinflarda onomastika ma’lum bo‘lim materillari o‘rganilgach, to‘garak a’zolari va ommaviy sinflar o‘quvchilarining bilim darajalarini sinash maqsadida to‘garak guruhlari yoki parallel sinf o‘quvchilari o‘rtasida uyushtiriladi. Bellashuv uyushtirilishidan oldin barcha o‘quvchilar bellashuvning dasturi, mazmuni, hajmi, umumiy savollar va ularni bajarish tartiblari bilan tanishtiriladi. Bellashuvning yuqori hay’atini maktab ma’muriyati maktab direktorining ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha muovini, ona tili va adabiyoti fanlari metod birlashma rahbari, oliy toifadagi o‘qituvchilar tashkil qiladi. Yuqori hay’atning odilona, xolisona ishlashi har jihatdan ham muhimdir. Bellashuvda qatnashayotgan jamoa (guruh)larga munosib nomlar qo‘yiladi, an’anaviy tanishish, tabriklash bo‘lib o‘tadi va nihoyat, qat’iy reja va tartibda bellashuv tashkil qilinadi. Bahslashuvning tartibli va chiroyli chiqishi uchun unga jiddiy tayyorgarlik ko‘riladi- yozish uchun xat taxtalar, bo‘r, lattalar, shuningdek, zarur bo‘ladigan boshqa narsa-predmet, jihozlar foydalanishga qulay bir tarzda tayyorlab qo‘yiladi. Bahsga qatnashuvchilarning og‘zaki va yozma nutqlariga, o‘zlarini tuta olishlariga, erkin muomalaga kirisha olishlariga, muomala odobiga rioya qilishiga katta e’tibor beriladi. Bellashuv yuqori hay’atning baholarni e’lon qilish, g‘oliblarini aniqlash, rag‘batlantiruvchi mukofotlarni taqdim qilib, o‘quvchilarning kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilab, bellashuv nihoyasiga yetadi.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling