Kirish tadqiqot mavzusining dolzarbligi
Maktabda onomastika to‘garagi faoliyati
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
talim tizimida nomshunoslik
Maktabda onomastika to‘garagi faoliyati. Onomastik materiallarning
kishilar turmushi, ijtimoiy hayot, tarixiy davrlar va insonlarning istiqomat maskanlari, o‘rin - joy hududlari, shuningdek, maktab ta’limidagi har bir fan bilan tabiiy ravishda bog‘liq ekanligi; onomastik materiallarning juda rang - barang hamda qiziqarli bo‘lganligi; buning ustiga, tashabbuskor, o‘z sohasining bilimdoni, mukammal kasbiy mahoratli o‘qituvchining tadbirkorligini e’tiborga olsak, atoqli otlar borasidagi bilimlarni egallashga bo‘lgan o‘quvchilarning intilishi hamisha kuchli bo‘ladi. Ana shu shart - sharoitning o‘zi ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi oldiga tilshunoslik bo‘yicha to‘garak tashkil qilishdek hayotiy, o‘ta zarur va muhim vazifani qo‘yadi. Tanlagan mavzu doirasida fan to‘garagini «Onomastika to‘garagi» deb nomlagan ma’qul. Chunki onomastika maktabda o‘qitiladigan barcha fanlar yo‘nalishlaridagi atoqli otlar bilan ta’lim- tarbiyaviy ish olib borish imkonini beradi. Bundan tashqari onomastika fani yo‘nalishlarining barchasi uchun umumiy mushtarak bo‘lgan jihatlari juda ko‘p. Mazkur jihatlarga ularni o‘rganishning maqsad va vazifalari, ilmiy tadqiqot usullarini, yasalishi va tuzilishini o‘rganish, to‘g‘ri talaffuz va imlosini belgilash, nomlanish asoslarini
60
aniqlash, tahlil qilish usullari, amaliy ahamiyatini ko‘rsatish kabi holatlarni kiritish mumkin. O‘quvchilarning fan to‘garaklari maktabda sinfdan tashqari olib boriladigan ta’lim- tarbiya ishlarining eng ko‘p qo‘llaniladigan mashg‘ulot shakllaridan biridir. To‘garaklar umumiy maqsad va intilishlari bir xil bo‘lib fan o‘qituvchisi rahbarligida faollik ko‘rsatadigan o‘quvchilar jamoasi guruhidir. To‘garak odatda bir sinf yoki yonma - yon (parallel) sinflarning yoki bo‘lmasa aralash (pastki va yuqori) sinflarning 10 nafardan 20 nafargacha bo‘lgan, ona tili faniga qiziqishlari, istak- orzulari va qobiliyatlarini namoyon qilgan fanlarni yaxshi o‘zlashtirib kelayotgan o‘quvchilardan tashkil qilinadi. To‘garak tarkibi haddan tashqari katta bo‘lmasligi kerak, chunki o‘quvchilar jamoasi katta bo‘lsa to‘garak ishini qiyinlashtiradi. To‘garakkka o‘z fanini biladigan va sevadigan, mashg‘ulotlarga ijodkorlik va tashabbuskorlik bilan yondashadigan, g‘ayratli ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi rahbar qilib tayinlanadi. To‘garak a’zolarining birinchi tashkiliy majlisida o‘quvchilar orasidan to‘garak boshlig‘i saylanadi. To‘garak a’zolari ko‘pchilikni tashkil qilsa (yigirmatacha bo‘lsa) uch o‘quvchidan iborat qo‘mita saylanadi. To‘garak rahbari butun o‘quv yili uchun ona tili fani ta’limi dasturi asosida mashg‘ulotlar rejasini tuzadi. Rejada to‘garakning maqsad-vazifalari o‘rganiladigan mavzular va ularni o‘tish muddati har bir mavzuning qisqacha mazmuni, uning bajarilishi uchun mas’ul to‘garak a’zosi aniq belgilab qo‘yiladi. To‘garak mashg‘ulotlarini har oyda ikki marta (oyning 2 va 4 haftalarida) o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. To‘garak mashg‘ulotlarining o‘tishi va rejalashtirilgan tadbirlarning bajarilishi to‘garak rahbari (yoki boshlig‘i) tomonidan to‘garak jurnaliga qayd qilib boriladi. «Onomastika to‘garagi» ish rejasining mazmuni maktab ona tili fani, ya’ni ona tili ta’lim dasturi mavzularini takrorlamasligi kerak. Chunki bizning
61
onomastika to‘garagimizning asosiy maqsadi- to‘garak a’zolarining tanlangan yo‘nalish materiallarini amalda o‘rganish orqali o‘quvchilarni fanni o‘zlashtirishga qiziqtirish, shu sohadagi bilimlarini kengaytirish, boyitish va chuqurlashtirish, shuningdek, ularni mustaqil ishlashga o‘rgatish, ularda ko‘nikma va malakalar hosil qilishdan iboratdir. Onomastika to‘garagida mashg‘ulotlar to‘garak rahbarining maqsadli suhbati, to‘garak a’zolarining bajargan amaliy ishlari bo‘yicha axborotlarni eshitish, ilmiy, ijodiy izlanishlar bo‘yicha referat va bayonnomalar tayyorlatish, ma’ruzalarini tinglash, muhokama qilish; amaliy ishlardan - onomastikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha materiallar to‘platish , ularni tahlil qildirish , guruhlatish , lisoniy jihatlarini o‘rganish , xulosalar chiqarish kabilar asosiy ta’lim tarbiya usullari hisoblanadi. Onomastika to‘garagining devoriy gazetasini, axborotlar byulletenlarini muntazam chiqarib turish , tilshunos , adabiyotshunos olimlar bilan to‘garak a’zolarining uchrashuvlarini tashkil qilish, onomastik materiallarni yig‘ish maqsadida sayohatlar uyushtirish, tematik anjumanlar tashkil qilish kabi tadbirlar ham to‘garak faoliyatining ommaviy mashg‘ulot shakllari bo‘lib xizmat qiladi. Shulardan «Toponimika» to‘garagi faoliyatini ko‘rib o‘taylik. O‘quvchilar boshlang’ich sinflarda « Tabiat», 5-sinflardan esa «Tabiiy geografiya» fanlarini o‘rgana boshlaydilar. Tabiiy geografiyada atrofimizdagi tuman, shaharlar, daryo-dengizlar, dasht va tog‘larni o‘rganib, O‘zbekistonning tabiati bilan tanishadilar. Bu borada o‘quvchilar turli- tuman nomlarga duch keladilar. Bunday joy nomlarining ayrimlari ma’lum bir ma’no anglatsa, boshqalarning nomlari ma’no anglatmasligi mumkin. Shunday vaziyatda o‘qituvchi bir - ikki geografik nomning tuzilishi, yasalishi yoki ma’nolarini aytib bersa, o‘quvchilarda joy nomlarini o‘rganishga ham qiziqish ortadi. O‘quvchilarning ana shu qiziqishlarini hisobga olib, maktabda «Toponomika» to‘garagi tuzish mumkin. Geografik nomlar etimologiya ( so‘zlarning kelib chiqishi) va so‘z yasalishi haqida juda boy ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchilarni
62
etimologik tahlilga o‘rgatishda toponimika to‘garaklarining ahamiyati katta. 35
Geografik nomlar, ayniqsa , mahalliy joy nomlarining etimologiyasi bilan tanishtirish o‘quvchilarga, birinchidan, joy nomlarining asosli esda qolishiga yordam beradi, ikkinchidan, so‘zlarning yasalishi haqida ma’lumotlar oladi, uchinchidan, etimologik tahlil ko‘nikmalari rivojlanadi. Oqibat natijada o‘quvchi har bir so‘z va iboraga o‘ylanib ehtiyotkorlik bilan qaraydi. Ularning ma’no- mazmunini bilishga qiziqadi. To‘garak mashg‘ulotlari kirish darslari bilan boshlanib, o‘quvchilarga geografik nomlarni o‘rganadigan fan haqida dastlabki tushunchalar berish, joy nomlarining xususiyatlari, ularning har biri o‘zgarishlarga uchrashi , ular haqida har xil qiziqarli rivoyatlar, afsonalar, xalq xotirasi va og‘zaki ijodida saqlanib kelinayotganligi kabi masalalarga to‘garak a’zolarining e’tibori qaratiladi. To‘garak mashg‘ulotlari kichik – kichik mavzular, ixcham bir shaklda bayon qilish, sharxlab berish, isbot qilish yo‘li bilan tushuntiriladi. Qisqagina ma’ruza dastlabki paytda o‘qituvchi, navbatdagi mashg‘ulotlarda esa to‘garak a’zolari tomonidan tayyorlanib , o‘quvchilar olib boradi. Bizning sharoitda toponimik nomlarning tahlilini mahalliy nomlardan boshlash yaxshi natijalarni beradi. Masalan, Qo‘shko‘pir tumani nomini tahlil qilish mumkin. “Qo‘shko‘pir” atamasining kelib chiqishi xususida tarix fanlari nomzodi R. Masharipovning “Moziy sadolari va saboqlari” kitobi ma’lumotlaridan foydalaniladi. Qo‘shko‘pir - bu qadimiy qal’aning nomi bo‘lib, uning ko‘prik bilan bog‘lanib qolganligiga kelsak, 1911-yilgacha qal’a ichida G‘ozovot kanaliga qurilgan ikkita ko‘prik mavjud edi. Xiva xoni Isfandiyorxonning topshirig‘iga binoan 1911- yilda ruslar shu yog‘och ko‘priklar yoniga temirdan ko‘prik quradilar. ...Hamyurtlarimizning ko‘pchiligi uning nomini ana shu oldingi ikkita ko‘prik , qo‘sha ko‘prik ma’nosida “Qo‘shko‘pir” deb talaffuz qiladilar. Bu xususda xalq etimologiyasi ham bor. Bu rivoyatga ko‘ra:
35 Дўсимов З. Тиллаева М. Топонимика асослари. -Т. “Фан”. 2002.Б.56. 63
G‘ozovot kanali qal’ani qoq ikkiga bo‘lib oqib o‘tadi. Kanalning har ikki qirg‘og‘ida ham unumdor yerlarga dehqonchilik qilingan. Ekin- tikinda asosiy qurol ho‘kiz qo‘shiladigan omoch edi. Ana shu omochni o‘ng qirg‘oqdan chap qirg‘oqqa, chap qirg‘oqdan o‘ng qirg‘oqqa olib o‘tish uchun dehqonlar kanal ustiga oyoq ko‘prik qurganlar. Undan qo‘shni olib o‘tishda foydalanganlar. Shu kichik ko‘prikdan qal’ani nomi kelib chiqqan deyiladi. 36
yana bir qishloq nomining kelib chiqishini to‘garak a’zolaridan biriga kichkina ma’ruza qilishga beriladi. Buning uchun to‘garak rahbari mavzuni ilmiy asoslash uchun o‘quvchilarga manbalarni aniq ko‘rsatadi, qayerdan topish mumkinligini aytadi yoki o‘zi topib berpdi. Ma’ruzani bir o‘quvchi tayyorlasa ham, boshqa a’zolariga ham mashg‘ulotning maqsadi, bajariladigan ishlar batafsil tushuntiriladi. Maqsad- to‘garak mashg‘uloti ishida barcha a’zolar faollik ko‘rsatsin. Masalan, “Qatag‘on” qishlog‘ining nomi yuzasidan shunday materialdan foydalandik: “Qatag‘on” turkiy xalqlar urug‘ining birinchi nomi bo‘lib, ular Chingizxondan olti avlod ilgari Mo‘g‘uliston va Oltoy o‘lkasi o‘rtasidagi Enasoy daryosi bo‘ylarida yashagan turkiy xalqlarning bir urug‘i hisoblanadi. Asosiy mashg‘uloti ovchilik va chorvachilik bo‘lib, mollarni asrashga qulay, sero‘t yaylovlar axtarib, hozirgi Markaziy Osiyo hududlariga siljib kelganlar va turli elatlarga tarqalib ketganlar. Qatag‘on urug‘ining bir guruhi XVI asr turkiy urug‘larning ommaviy ravishda g‘arbiy hududlarga ko‘chishi davrida hozirgi o‘zlari istiqomat qilayotgan maskanga kelib o‘rnashib qolganlar. Atrofdagi aholi ularni “qatag‘onlar” deb ataganlar. Bu qishloqning janubiy hududi G‘ozovotyop bilan, sharqiy hududlari Chuqurqum etaklarida joylashgan. Qatag‘on hozirgi kunda o‘zbek xalqining tarkibiy qismi sifatida barcha jabhalarda o‘zining katta
36 Р.Машарипов. Мозий садолари ва сабоқлари. -Тошкент.1998. Б.43. 64
mavqeyiga ega. Demak, “Qatag‘on” qadimgi urug‘ nomlaridan biri ekan. Shu asnoda o‘quvchilarga Qo‘shko‘pir tumani xaritasidan Qatag‘on qishlog‘ining joylashishini maxsus tayyorlab namoyish qilish mumkin. Shuningdek, o‘quvchilarni Qo‘shko‘pir tumanining sharqiy hududlaridan boshlanib, g‘arbiy hududlarigacha kesib o‘tgan G‘azovotyop kanalining nomi ham qiziqtiradi. Mo‘g‘ullar istilosigacha Madra deb nomlangan kanal mo‘g‘ullar istilosidan keyin qisqa vaqtlar Nosiriy deb tilga olinadi. G‘azovot kanal nomi sifatida birinchi marta Anushashohning o‘g‘li Arangxon davrida uchraydi. “G‘ozi” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “g‘olib” bo‘lib, turli ismlarga qo‘shilgan: Sultong‘ozi, Muhammadg‘ozi, Abulg‘ozi kabi. Shuningdek, o‘quvchilarni Qo‘shko‘pir tumanining sharqiy hududlaridan kesib o‘tgan G‘ozovotyop kanilining nomi ham qiziqtiradi. Shunday qilib, Abulg‘ozixon davrida Madra kanali qazib uzaytirilib G‘ozovot qal’asigacha olib borilgan. Shu munosabat bilan yangi tiklangan kanal G‘ozoovtyop deb yuritila boshlangan. Shunday qilib, toponomik to‘garaklarda faqat mahalliy mintaqalardagi joy yoki boshqa maskan nomlarinigina emas, balki O‘zbekiston jahon xaritasida, maktab darsliklarida uchraydigan nomlarning ham etimologiyasini asta-sekin, izchillik bilan o‘zgartirib borish lozim. Bunday tadbirlar to‘garak a’zolarining fikrini o‘zgartiradi: nom qo‘yish, so‘z yasalish usullarini amalda o‘zlashtirib oladilar.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling