Kirish tadqiqot mavzusining dolzarbligi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/35
Sana06.12.2021
Hajmi0.74 Mb.
#178773
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
talim tizimida nomshunoslik

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

78 


 

 

UMUMIY XULOSALAR 

1.  Onomastika  –  atoqli  otlarni  har  tomonlama  o‘rganuvchi  fan 

hisoblanadi.  Onomastika,  yuqorida  aytganimizdek,  atoqli  otlarni  to‘plash  bilan, 

ularning  kelib  chiqishi  hamda    taraqqiyoti,  shakli,  mazmuni  va  grammatik 

tuzilishini  tadqiq  qilish  bilan  shug‘ullanadi.  Tilshunoslikning  onomastika 

sohasining rivojlanishi qator ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarini  ochib beradi.  

2.  Respublikamizda  onomastika  sohasida  olib  borilgan  tilshunoslik 

tadqiqotlari, 

uning 


natijalari 

ta’lim-tarbiyaviy 

ishlarda, 

ma’naviy 

madaniyatimizni,  milliy  qadriyatlarimizni  e’zozlashda  qanchalik  katta 

ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. 

3.    Har  bir  hududning  milliy,  iqtisodiy,  tabiiy  xususiyatlari  haqida  uning 

onomastik  nomlariga  qarab  ham  tasavvur  qilish  mumkin.  Chunki  bu  nomlar 

asrlar  davomida  yaxshi-  yomon  kunlarni  muhrlash  uchun  xalqning  yuragidan 

chiqqan so‘zlardir. 

Ijtimoiy  hayotning  barcha  tomonlarini    aks  ettiruvchi  bunday  onomastik 

nomlarni  ilmiy  o‘rganish,  xalq  ta’limida  uni  avlodlarimizga  yetkazish,  yangi 

davrning  birdan-bir  da’vatidir.  Sohani  oliy  o‘quv  yurti  ta’lim  darajasida  o‘qib-

o‘rganib,  to‘plangan  materillarni  tahlil  qilish  asosida  shunday  xulosalarga 

keldik: 

—  Umumta’lim  maktablari,  akademik  litseylar,  kasb-hunar  kollejlari, 

shuningdek,  oliy  o‘quv  yurtlarida  ham  onomastika  yo‘nalishidagi  ta’lim 

o‘zining  rasmiy  kafolatini  haligacha  to‘la  topmagan,  vaholanki,  bunga  ehtiyoj  

juda katta. 

         — O‘quv muassasalari va o‘quv yurtlarida onomastikaning  ta’lim-tarbiya 

bo‘yicha  maxsus  ta’lim  dasturi,  o‘quv  rejasi,  shuningdek,  ma’lum  bir 

mukammal darslik, qo‘llanmalar ham yo‘q hisobida.  

 —  Onomastik  ta’lim-tarbiyaning  metodik-uslubiyat  tomonlari  aks  etgan 

mukammal ishlagan qo‘llanmalarini ham topa olmaysiz. 

 —  Bo‘lg‘usi  o‘zbek  tili  va  adabiyoti  hamda  tarix  mutaxassisi  zamonamiz 

uchun  eng  zarur  bo‘lgan  tilshunoslik  fanlari  sohalaridan  biri  onomastika 




 

79 


 

 

fanining  ilmiy-nazariy  xulosalaridan  xabardor  bo‘lishi,  mamlakatimizda  bu 



borada to‘plangan ma’lumotlarni bilishi, shuningdek, bu boradagi davlat siyosati 

dasturi amal qilib olinishi zarur. 

—    Bizning  kuzatishimizcha,  ona  tili  dasrlarida  ham  onomastik 

materiallarni 

o‘quvchilarga 

tanishtirishga 

imkoniyat 

katta. 


Ayniqsa, 

leksikologiya bo‘yicha atamalarning paydo bo‘lishini tushuntirishda, so‘zlarning 

etimolgiyasini aniqlashda, so‘z  turkumlaridan otni o‘tishda ham ularning atoqli 

otlarini  o‘rganishga  duch  kelamiz.  Bunda  o‘qituvchi  matnda  uchragan  notanish  

joy  nomlarini  ilmiy  asoslab,  sodda  usullarda  tushuntirib  bersa,    maqsadga 

erishilgan hisoblanadi (bu haqda ishning asosiy qismida gapirilgan). 

       —  Adabiyot  darslari  ham  onomastik  materiallarni  o‘rganish  uchun  eng  

qulay  imkoniyatdir.  Adabiyot  tarixini  o‘rganganimizda  turli  manbalar  bilan 

tanishamiz  (M.Qoshg‘ariy,  Yusuf  Xos  Hojib,  Z.M.  Bobur,  Gulxaniy  va 

boshqalar).  Bunday  o‘zbek  adabiyoti  namoyandalarining  asarlarida  juda  ko‘p 

nomlar  tilga  olinadi.  O‘qituvchi  shu  nomlarni  hozirgi  paytdagi  nomlar  bilan 

sharhlab tushuntirmasa, ta’lim dasturi talabini bajarmagan hisoblanadi. 

O‘qituvchi  ta’lim  dasturi  talablarini  nazarda  tutib,  o‘qish-o‘qitishning  ana 

shu jihatlariga katta e’tibor berishi lozim. 

       —  Tarix  (o‘lkashunoslik  )  fani  yangi  avlodga  o‘z  eli,  yurtining  barcha 

jihatlari yer-suvi, hududlari, xalqlari, madaniyati, borliq tabiati, ijtimoiy hayotini 

o‘rgatuvchi  fandir.  Tarixning  barcha  manbalarida    ko‘pdan  ko‘p  atoqli  otlarga 

duch  kelamiz.    Bunda  ham  o‘qituvchining  vazifasi  nomlarni  tarixiy-tadrijiy 

qiyoslab  tushuntirsa,  tarix  (jamiyatshunoslik,  o‘lkashunoslik)  va  jo‘g‘rofiy  

fanlarni o‘qitish talab darajasida bo‘ladi. 

    —    Ta’limning  asosiy  jarayonlaridan  biri  sinfdan  tashqari  ishlardir.  Qanday 

fan  bo‘lmasin  uning  natijalari  hayotga,  turmushga  bog‘lanmas  ekan,    uning 

samarasi  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  tadqiqotimizning  ikkinchi  bobida  sinfdan 

tashqari  ishlarda  onomastik  ma’lumotlarni  berish  mumkinligi  xususida  gapirib, 

fan  to‘garaklari,  ma’lum  bir  mavzularda  suhbatlar,  tanlovlar  o‘tkazish, 

toponomik  ma’lumotlar  to‘plash,  savollar  majmuini  tayyorlash,  nomlarning 




 

80 


 

 

“Qizil kitob” ini tuzish va yurgizish bo‘yicha tavsiyalar berdik. 



     Umuman,  mazkur  ishimizda  oldimizga  qo‘yilgan  muammo  va  maqsadlarni 

ta’lim-tarbiya  olish  jarayonida  to‘plagan  bilimlarimiz,  hosil  qilgan  kasbiy 

malakalarimiz asosida yoritishga  harakat qildik.     

 

 



 

        


 

81 


 

 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling