II.2. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ona tili va adabiyot
darsliklarida atoqli otlarning o‘rganilishiga oid misollar tavsifi
Biz ushbu mavzu yechimini topishga harakat qilib, akademik litsey va
kasb- hunar kollejlari ona tili va adabiyot darsliklarini ko‘zdan kechirdik, tahlil
qildik. Bu darsliklarning ko‘pchiligida atoqli otlarning o‘rganilishiga oid
materiallar deyarli yo‘q, bori ham juda qisqa berilgan. Faqat 2013- yilda nashr
qilingan akademik litsey va kasb- hunar kollejlari bo‘yicha “Hozirgi o‘zbek
adabiy tili” darsligining 2-kitobida “Nomshunoslik”ka doir mavzu qisqa bo‘lsa-
da yoritilganligining guvohi bo‘ldik. Demak, bu borada qilinadigan ishlar,
yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Quyida shu darslikdan mavzu
bo‘yicha namunalar keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |