Kirish tadqiqot mavzusining dolzarbligi


- mashq.  O‘zingiz  yashaydigan  (shahar,  qishloq)  tarkibiga  kiruvchi  ko‘chalarning nomlarini yozing va izohlang.  123-


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/35
Sana06.12.2021
Hajmi0.74 Mb.
#178773
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
talim tizimida nomshunoslik

122- mashq.  O‘zingiz  yashaydigan  (shahar,  qishloq)  tarkibiga  kiruvchi 

ko‘chalarning nomlarini yozing va izohlang. 



123- mashq.  Ko‘chiring. Antroponimlar va toponimlarning ostiga chizing.  

                                                      CHO‘QQI SARI INTILISH 

Qoraqalpog'iston  Respublikasining  Nukus  shahrida  «Yil  maktabi  — 

2009» ko‘rik-tanlovining II bosqichi o‘tkazildi. 

        Vohaning  har  bir  tumanidan  eng  namunali  17  ta  maktab  vakillari  faol 

qatnashgan  ushbu  tanlovda  har  bir  maktab  jamoasi  tomonidan  tayyorlangan 

ko‘rgazmalar  namoyish  qilindi. Ularda  maktab  hayotidan olingan  lavhalar,  ilg‘or 

ish  tajribalaridan  namunalar  va  joriy  yilda  tashkil  qilingan  markazlar  haqida 

ma’lumot berilgan edi. 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  XTB  xodimi  Sodiq  Raimberdiyev 

boshchiligidagi hakamlar hay’ati har bir maktab ishining mazmunini va faoliyatini 

to‘g‘ri baholab bordi. 

Bunda  ular  maktabning  moddiy-texnik  bazasiga,  pedagogik  jamoa  va 

o‘quvchilar 

tomonidan 

amalga 


oshirilayotgan 

ishlarning 

hisobotiga, 

o‘quvchiIarning  darslik  bilan  ta’minlanganligi,  DTS  asosida  o‘quvchilarning 

fanlar  bo‘yicha  samaradorligi,  maktabda  innovatsiya,  yangi  pedagogik 

texnologiyalarning  joriy  etilishi,  o‘quvchilarning  to‘garak  va  maktabdan  tashqari 

ta’lim  muassasalariga  jalb  etilishi,  o‘quvchilarning  fan  olimpiadalariga,  ko‘rik-

tanlovlarda ishtirok etishiga asosiy e’tiborni qaratdilar. 

Tanlov  natijasiga  ko‘ra,  Nukus  shahridagi  Oqsunbo‘1  opa  Karakayeva 

rahbarlik qilayotgan 20-maktab 1-o‘rinni egalladi, 2-o‘ringa 2 ta  maktab talabgor 

bo‘ldi.  Bular  Taxtako‘prik  tumanidagi  6-maktab  hamda  Kegeyli  tumanidagi  26-

maktablardir.  Qo‘ng‘irot  tumanidagi  1  maktab,  Mo‘ynoq  shahridagi  2-maktab, 

Xo‘jayli tumanidagi 7-maktabIar 3-o‘ringa loyiq deb topildi. 

G‘olib  maktablar  munosib  taqdirlandilar.  Shunday  qilib,  Toshkentda 

o‘tadigan «Yil maktabi — 2009» ko‘rik- tanlovining so‘nggi bosqichida ishtirok 

etish uchun Nukus shahrining 20-maktabiga yo‘llanma berildi. 




 

42 


 

 

(«Ma'rifat» gazetasidan) 



124-  mashq. Kiyim-kechak  mavzuviy  guruhiga  oid  so‘zlarni  toping  va  ularni 

ichki  mazmun  (bosh  kiyimlar,  poyabzallar,  ust  kiyim,  ichki  kiyimlar)iga  ko‘ra 

ajrating. 

N a m u n a :  

ro‘mol, durra, telpak, shapka, shlyapa — ayollarning bosh kiyimi. 

125-  mashq.  Keng iste’moldagi quyidagi so‘zlarni guruhlar (odam va hayvon 

a’zolari,  tabiiy  borliqqa  oid  hodisa,  harakat  va  holatni  ifodalovchi  nomlar)ga 

ajratib ko‘chiring. 

Pishirmoq,  boqmoq,  g‘or,  cho‘qqi,  tovon,  to‘piq,  bosh,  oyoq,  yurmoq, 

turmoq, yer, quyosh, urmoq, yugurmoq, oy, suv, qo‘l, barmoq, tirnoq, chopmoq, 

havo, sakramoq, daryo, tog‘, jag‘, bo‘yin, tirsak, siljimoq, sudralmoq, soy, tog‘, 

cho‘zilmoq, dara, qir, og‘iz, jag

, o‘chmoq,  ekmoq, dovon, cho‘qqi, boqmoq. 




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling