Kirish tadqiqotning dolzarbligi


Download 431.34 Kb.
bet1/9
Sana07.02.2023
Hajmi431.34 Kb.
#1175503
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JAHON TARIXI.ULUGBEK.YANGI TAHRIRI


MUNDARIJA

KIRISH……………………………………………………………………………


I BOB. 1945-2017 yillarda Angliyaning siyosiy ahvoli…………………….
1.2. 2-jahon urushidan keyin Angliya…………………………………………
1.2. 1951-1957 yillardagi Suvaysh inqirozi………………………………………
1.3. Jahon moliyaviy inqirozi va Angliya………………………………………..
II BOB. Angliyaning Yevropa va Osiyo davlatlari bilan aloqalari
2. 1.Angliya -AQSH munosabatlari……………………………………………..
2. 2.Angliya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar………………………
3. 3.Angliya-Rossiya munosabatlari……………………………………………...
XULOSA……………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………

KIRISH
Tadqiqotning dolzarbligi: Mustaqillik tufayli demokratiya yo‘lidan rivojlanayotgan yurtimizda tarixiy manbalarga tayangan holda, tarixiy voqyelikni bo‘yab ko‘rsatmasdan, o‘z ko‘rinishida yoritish,uni xolis tadqiq etishga sharoit yaratildi. Shu munosabat bilan yurtimizda tarix faniga alohida e’tibor qaratilib, nafaqat Vatan tarixi, shuningdek Jahon tarixini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, jahon tarixida ro‘y bergan va ro‘y berayotgan siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar, globallashuv sharoitida O‘zbekistonga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Zero, O‘zbekiston tarixi- Jahon tarixining ajralmas qismidir. XX asr oxiri XXI asr boshlarida insoniyat tarixi misli ko'rilmagan voqealarga boy bo‘ldi. Uning 90-yillari esa jahon siyosiy xaritasi va jarayonlarida tub o'zgarishlarni boshlab bergan bir qator voqeliklarni yuzaga keltirdi. Avvalo, Sobiq Ittifoq parchalanishi, xalqaro maydondagi bipolyar tizimni tugatilishi va “sovuq urushi” davrining yakunlanishi bilan davlatlar tashqi aloqalarini o‘rganish, ularning tarixiy jihatlarini aniqlash dolzarb masalalaga aylandi. Jumladan,Yevropada o‘zining o‘rniga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya bilan O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. Munosabatlar o‘rnatilgan dastlabki kunlardanoq, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi yaqinlik yildan-yilga oshib bormoqda. Ko‘plab o‘zbekistonlik yoshlar ham Buyuk Britaniyaning ko‘plab oliygohlarida tahsil olib qaytmoqda. Shuningdek yurtimizda Buyuk Britaniyaning tarixiga bo‘lgan qiziqish yildan yilga oshib bormoqda. Ta’kidlash joizki, Buyuk Britaniya Yevropa qit`asiga yaqin orolda joylashgan davlatdir. XX asr 90-yillarida Buyuk Britaniyada siyosiy va iqtisodiy hayotda bir qancha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Buni quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:
Birinchidan, Buyuk Britaniyada hukumat tepasida turgan konservatorlarning obro‘sining keskin tushub ketishi ;
Ikkinchidan, davlat iqtisodiy ahvoli ancha tang vaziyatga tushishi; Uchinchidan, Buyuk Britaniyada mintaqaviy muammolar borgan sari kuchaya bordi; To‘rtinchidan, davlatning xalqaro maydondagi obro‘si borgan sari pastga qarab ketmoqda edi;
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar Buyuk Britaniyaning rivojlanishi yo‘lidagi to‘siq edi.

Download 431.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling