Kirish tadqiqotning dolzarbligi


Download 431.34 Kb.
bet3/9
Sana07.02.2023
Hajmi431.34 Kb.
#1175503
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JAHON TARIXI.ULUGBEK.YANGI TAHRIRI

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi Kirish, 2 bob, 6 ta reja, 53 betdan iborat

I BOB. 2-jahon urushidan keyin angliyaning siyosiy ahvoli
1.2. 2-jahon urushidan keyin Angliya
Buyuk Britanryaning urushdan keyingi iqtisodiyoti. 1945-yil iyulda britaniyalik saylovchilar U.Cherchill boshchiligidagi konservator-iarni rad etib, leyboristlar partiyasi uchun ovoz berishdi. Bosh vazir U.Cherchill o’rnini Klement Ettli egalladi. Leyboristlar hukumati iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda tub islohotlar olib bordi va "farovonlik jamiyati"ni barpo etish uchun shart-sharoitlar yaratdi: ko’mir sanoati, energetika, transport, fuqarolik aviatsiyasi, ingliz banki va po’lat quyish sanoati natsionalizatsiya qilindi. Hukumat millionlab inglizlarni arzon kvartiralar bilan ta'minlash uchun uy-joy dasturini qabul qildi. Ijtimoiy ta'minot dasturi yangi hukumatning eng ommabop tashabbusi bo’ldi u ishsizlarga yordam ko’rsa-tishni oshirish, keksalik bo’yicha nafaqa to’lash, bepul maktab tushliklari va qisman bepul tibbiy xizmatni ko’zda tutdi. Biroq dastur yetarli moddiy asosga ega emas edi, shu bois 1948-yildan uni amalga osbirish to’xtatib qo’yildi.Angliyaning Ikkinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy ahvoli izdan chiqqan edi. Bundan tashqari, harbiy xarajatlar uning moliyaviy ahvolini og’irlashtirdi. AQSH ingliz iqtisodiyotiga katta zarba berdi, bu bilan Angliyani Yevropa qitasidagi o’z izmidan chiqmaydigan satellitet davlatga aylantirish va bir yo’la Uzoq Sharqdagi mus-tamlakalaridan siqib chiqarishni mo’ljalladi.
1945-yil avgustda AQSH mutlaqo kutilmaganda lendliz bo’yicha mahsulotlar yetkazib berishni to’xtatishini ma'lum qildi. Endilikda Angliya AQSH yetkazib beradigan barcha tovarlar uchun naqd pul bilan hisoblashishi lozim edi, bunday pul mamlakatda topilmadi. Mamlakatning moliyaviy ishlari fojeaviy ahvolga keldi. AQSH sobiq ittifoqchisini saqlab qolish uchun unga 1945-yili yirik zayom berdi. Buning evaziga Angliya Britan imperiyasi bozorining bojxona ta'riflarini kamaytirishi lozim edi. Amerika korporatsiyalari o’zi uchun ingliz mustamlakalari va dominionlarida katta bozorga ega bo’ldi. Bu, ingliz mustamlaka imperiyasining tugashini tezlashtirdi, Angliya "Trumen doktrinasi"ni amalga oshirish munosabati bilan Bolqonda va Sharqiy o’rtayer dengizi-da o’z mavqeini yo’qotdi. U o’sha yili Hindistonga ozodlik berishga majbur bo’ldi. Bularning hammasi iqti-sodiyot inqirozga yuz tutgan paytda yuz berdi. Mamlakat eksportdan yetarli mablag’ ololmagani uchun import tovarlari uchun to’lay olmay qoldi. Bir paytlar eng bar-qaror hisoblangan ingliz valyutasi endilikda amerika dollariga tenglashishga majbur bo’ldi. 1949-yilda fiint ster-lingning qadrsizlanganligi e'lon qilindi. Ilgari 4 dollar bo’lgan uning kursi 2,80 dollarga tushib ketdi. "Marshall rejasi"ni amalga oshirish Angliyaga yangi zayom olish imkonini berdi. Leyboristiar hukumati buni hayotga tatbiq etishga kirishdi. Angliya AQSH bilan "alohida munosabatlar"ga tayanib, Yevropa va Amerika o’rtasida xuddi bir vositachidek bo’lib qoldi.  "Marshall rejasi" bo’yicha 1948-1950-yillarda Angliya mahsulotlar va zayomlar hamda 3 milliard dol-larga yaqin yordam oldi. Biroq bu uning iqtisodiy ahvoli-ni yaxshilamadi. Bundan tashqari, mazkur reja Angliyani AQSHga tobeligini kuchaytirdi, amerika kapitalini mus-tamlaka mulklariga kirib kelishini yengillashtirdi, ameri-ka konsernlari bilan raqobatdosh bo’lgan ingliz iqti-sodiyoti tarmoqlariga zarar yetkazdi. "Marshall rejasi" surunkali davom etayotgan chuqur moliyaviy inqirozga olib keldi. Bu rejadan bir yil o’tgach, 1949-yildayoq Angliya moliyaviy bankrotlik, ya'ni sinish xavfi ostida qoldi.1951-yili konservatorlar partiyasi hokimiyatga keldi va 1964-yilga qadar uni ushlab turdi. Bu paytda IL Cherchill (1951-1955), A.Iden (1955-1957) va C Makmillan (1957—1964) bosh vazir lavozimida ish-ladilar. Uinston Cherchill (1874—1965) — Buyuk Britaniya bosh vaziri (1940-1945, 1951-1955). U gitlerchilarga qarashli koalitsiyani tashkil etish tashabbuskorlaridan biri bo’lgan, yangi urushning oldini olish maqsadida BMTni mustahkam-lashga chaqirgan.Antoni Iden (1894—1977) — Buyuk Britaniya bosh vaziri (1955— 1957). U bir necha tashqi siyosiy ishlardagi muvaffaqiyatsizliklardan so’ng iste'foga chiqdi. Garold Makmillan (1894-1986) — Buyuk Britaniya bosh vaziri (1957-1963). U qurollanishni kuchaytirish siyosatinl olib bordi. Konservativ hukumat po’lat quyish sanoatini dena-tsionalizatsiya qildi, biroq "farovonlik jamiyati"ni barpo etish dasturini (bepul tibbiy xizmat, uy-joy qurilishi) amalga oshirishda davom etdi. Ayni paytda Britaniya imperiyasi yemirilishda davom etmoqda edi.
Ingliz hukmron doiralarining 1956-yilda Misrda o’z hukmronligini saqlab qolish va kuch bilan o’z talablariga bo’ysundirishga so’nggi urinishi to’liq barbod bo’ldi. Sovet Ittifoqi Misrni himoya qilib chiqdi, 1956-yil dekabrda ingliz-fransuz qo’shinlari Misrdan olib chiqib ketildi. Bu ingliz tashqi siyosatining butun mamlakat tari-xidagi eng qaqshatqich muvaffaqiyatsizlikka uchrashi edi. Angliya Osiyoda o’z ta'sirini yo’qotdi va to’liq yakkalanib qoldi. Hatto AQSH ham uni qo’llab-quvvatlashdan bosh tortdi.. Jahon siyosatiga Angliya ta'sirining tanassulga uchrashi 1964-yili hokimiyatga kelgan leyboristlar hukumatida ham davom etdi. Bosh vazir Garold Vilson mamlakatdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilay olmadi. Valyuta yana qadrsizlandi, Vilsonning Angliyani "Umumiy bozor"ga qabul qilinishiga urinishi barbod boidi, chunki Fransiya bunga qarshi chiqdi. 1970-yili konservator Edvard Xit bosh vazir bo’ldi. Uning eng yirik muvaffaqiyati Angliyaning 1973-yili "Umumiy bozor"ga qabul qilinishi bo’ldi. Biroq u tred-yunionlar bilan kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va 1973/74-yillar qishida tog’-kon sanoatida inqiroz boshlandi.Garold Vilson (1916-yilda tug’ilgan) — Buyuk Britaniya bosh vaziri (1964—1970, 1974-1976). Uning boshqaravi chog’ida iqtisodiyot pasayishi va ishsizlik o’sishi qayd etilgan.
Edvard Xit (1916-yilda tug’ilgan) - Shimoliy Irlandiya bilan munosabatlar keskinlashgan 1970—1974-yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo’lgan. 1974-yili leyboristlar partiyasi yana hokimiyatga keldi va Garold Vilson yana bosh vazir bo’ldi. U tred-yunion-lar bilan munosabatlami yaxshilashga va'da berdi. Bosh vazir oylik ish haqini bir qadar cheklash haqida bitimga erishishga muvaffaq bo’ldi, biroq 1976-yildagi ingliz pul birligi qadrining yana pasayishi bu urinishlarni puchga chiqardi. Vilson o’z ixtiyori bilan istefoga chiqdi va uning o’miga leyboristlar partiyasi yo’lboshchisi Jeyms Kellagan keldi. Millatning kelajagi va umuman iqtisodiy vaziyat noaniqligicha qoldi. Shotlandiya qirg’oqlaridan uncha uzoq bo’lmagan Shimoliy dengizda yirik neft konlari-ning topilishi bu borada umid uyg’otdi. Ayni paytda Shimoliy Irlandiyada yangi yirik siyosiy muammo yuza-ga keldi. 1921-yil shartnomasiga ko’ra, Olster grafligi Buyuk Britaniya tarkibida qolib, keng miqyosda o'z-o'zini boshqarishni saqlagandi. Biroq ko’pchilikdan iborat protestantlar kamchilikdan iborat katoliklarni kamsitish uchun o’z hokimiyatidan doimiy ravishda foydalanib keldi.
1968-yilda katoliklarning o’z fuqarolik huquqlari uchun harakati boshlandi. Irland respublikachilar qo’shini birlashmalari Olsterning Irlandiya respublikasi bilan birlashishi uchun faol kurashni boshlab yubordi. o’z navbatida protestant harbiy tashkilotlari ham qarab turmadi. Britaniya hukumati tartib o’rnatish uchun qo’shin yubordi. Biroq tez orada qo’shin birlashmalari jangovar irlandlarning ikkala guruhi uchun nishonga aylandi. Qaqshatqich to’qnashuvlarda yuzlab terroristlar va britan qo’shini askarlari halok bo’ldi.Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli fojiali ravishda yomonlasha bordi. 1979-yili Angliyada ishsizlar soni 1935-yildan buyon ilk marta 2 million kishiga yetdi, keyin-gi yili esa 3 milliondan oshdi.10 Ulaming yarmi ish-sizlik bo’yicha nafaqa olmas edi. Tez o’sib borayotgan inflyatsiya tufayli 1979-yili so’nggi 20 yil ichida aholi turmush darajasi eng quyi nuqtaga yetdi.Shu bois ham 1979-yilgi parlament saylovlarida konservatorlar g’alaba qozongani bejiz emas edi. Hukumat boshlig’i etib ilk bor ayol kishi konservatorlarning yangi yo’lboshchisi Margaret Tetcher saylandi. M.Tetcher o’zini qatiyatli xarakter, mustahkam e'tiqod va aniq harakatlar dasturi egasi bo’lgan davlat arbobi sifatida namoyon etdi. Inglizlar uni "temir xonim" deb atashdi. U Angliya va dunyoda katta obro' qozondi va u boshchiligidagi konservatorlar partiyasi 1983-hamda 1987-yillar saylovlarida g’alaba qozondi. "Temir xonim" esa Angliya hukumatini ketma-ket o’n bir yil boshqardi. Bu paytni tarixchilar "Tetcher davri", uning dasturini esa "tetcherizm" deb atashdi.M Tetcher dasturi mamlakat hukmron doiralarining Angliyani dunyo miqyosida buyuk davlat sifatida tikla-nishiga intilishini o’zida aks ettirdi. Dasturning mohiyati Britaniya orollarida ham, Yevropa va Amerikaning bar-cha mamlakatlarida ham tez o’sib borayotgan neokon-servativ g’oyalarni ifoda etardi. Ichki siyosatda tetche-rizmning asosi xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik ruhi va "mulkchilar demokratiyasi"ni rivoj lantirishni o’z ichiga olardi. Dastur, shuningdek, davlat-ning iqtisodi; hayotga aralashuvini cheklash, ijtimoiy dasturlardan voz kechish yoki ulam eng kam darajaga tushirish; soliqlar va qatiy iqtisod qilish hisobiga hamdi xarajatlarni qisqartirish evaziga defitsitsiz byudjetga erishishni ko’zda tutdi. 
Margaret Tetcher (1925-yili tug’ilgan) — Buyuk Britaniya bosh vaziri Uning rahbarlik yillarida iqtisodiyotda barqarorlik va Angliyaning jahonda ta'sir doirasining o’sishi ro’y berdi. U "Olster muammosi"ni hal eta olmadi. M Tetcher dasturi shundan kelib chiqdiki, Angliya kuchli qo’shin va flotga ega bo’lishi hamda o’z yadro qurolini takomillashtirishi lozim. Tashqi siyosatda u AQSH bilan "alohida" ittifoqchilik munosabatlari va NATO bilan shartnomalar bo’yicha majburiyatlarga rioya qilishni ustuvor deb hisobladi.Tetcherga tashqi iqtisodiy maydonda dovruqli bir g’alaba zarur edi va u bunga erishdi. 1982-yil aprelda u Argentinaning Folklend orollarini bosib olishga urinishi-ga qatiy javob berdi. Bu joy ingliz orollaridan 13 ming km masofada bo’lsa ham tarixan argentinaliklar mulki hisoblangan. Lekin Angliya ham unga teng darajada davogar edi. Bu orollar Angliya uchun na siyosiy, na iqtisodiy, na strategik jihatdan hech bir ahamiyatga ega bo’lmasa-da, hukmron doiralar Argentinaga "kuch ishlatish" siyosatidan saboq berish va boy berilgan dunyo miqyosidagi dengiz davlati shon-shuhratini o’zlariga qaytarib olishga qaror qilishdi. Sarf xarajatlar va kishilar hayoti bilan ham hisoblashmagan M.Tetcher orolga harbiy kemalar, dengiz piyodalari va aviatsiyani yubordi. Natijada, uch oylik janglardan so’ng, Angliya bu orollardagi mavqeini tikladi. Konservatorlar partlyasi obro 'e'tiborining bir qadar o’sishiga erishdi. Ichki siyosatda M.Tetcher ishsizlik bo’yicha nafaqalar va boshqa ijtimoiy dasturlarni qisqartirdi. Angliya ishchi sinfi bunga stachka, ya'ni ish tashlash harakatini kuchaytirish bilan javob berdi.
Biroq Tetcher orqaga chekinmadi, faqat qattiqqo'1 iqtisodiy choralar bilangina Angliyani "Yevropaning kasal odami" ahvolidan qutqarish mumkin, degan fikrni bildirdi. Hukumat ilgari natsionalizatsiya qilingan yoki davlat loyihalari bo’yicha qurilgan davlat sekloridagi korxonalarni xususiylashtirdi. Ko’plab neft va aviakosmik sanoat, shuningdek, havo transporti korxonalari xususiy mulkdorlar qo’liga o’tdi. Davlat sektoridagi korxonalarning uchdan ikkisi xususiy mulkdorlar yoki xususiy-lashtirilgan korxonalar jamoalariga o’tdi. Ayni paytda, milliondan ortiq munitsipal kvartiralar sotildi va natijada mamlakat aholisining 60 foizdan ziyodrog’i o’z uy-joyiga ega bo’ldi. Bu hol mamlakatda mulkdorlarning ko’payishi va konservatorlar partiyasi ijtimoiy negizining kengayishiga olib keldi.
M.Tetcher dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishida Shimoliy dengizda topilgan neft konlari asosidagi Angliya neft sanoatining rivojlanishi muhim bo’ldi. 1980-yilga kelib Angliya o’zining neft va gazga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondirdi. 1981-yili neft qazib chiqarish 60 million tonnaga yetdi va Angliya uni jahon bozoriga olib chiqish imkoniga ham ega bo’ldi.Neft sanoatining rivojlanishi ingliz hukumatiga ulkan valyula tushumlarini berdi, bu yirik kapital bilan sanoa-tini texnik qayta jihozlash, shuningdek, yangi sohalarni rivojlantirayotgan va mehnat samaradorligi o’sishini rag’batlantirayotgan tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashga sarflandi. Dastlabki yillarda sekin odimlayotgan "tetcherizm" endi sezilarli natijalar bera boshladi. 1982—1987-yillarda Angliyaning iqtisodiy o’sish sur'at-lari g’arbiy Yevropada eng yuqori bo’ldi. Ishsizlar soni, inflyatsiya miqyoslari sekin qisqardi. M.Tetcher Angliyaning Yevropadagi rahbarlik rolini qaytarishga urindi va YIHda qariyb barcha asosiy muammolar bo’yicha mustaqil pozitsiyada turdi. Xususan u Yevropada yagona pul birligini yaratishga keskin qarshi chiqdi. 1989-yili Strasburgdagi hamjamiyat mamlakatlari rahbarlari sammitida u mazkur mamlakatlardagi ishchilar qonunchiligini unifikatsiyalash (bir xillashtirish)ga qarshi chiqdi va "Ishchilar asosiy huquqlari xartiyasi"ni qo’llab-quvvatlashdan bosh tortdi.Ayni paytda Angliyaning jadal iqtisodiy o’sishi va nisbiy farovonligi davri uzoq davom etmadi.
90-yillar boshlaridanoq iqtisodiy kon'yuktura yomonlashdi, byudjet yetishmovchiligi, inflyatsiya va ishsizlik kabi "eski kasallik"!ar yana qaytdi. Mamlakatning 18 yosh-dan yuqori bo’lgan, daroma-didan qatiy nazar barcha aholisi to’laydigan yangi soliq ahvolni tuzatishga urinish boldi. Bu tadbir ommaviy norozilik namo-Jon Meyjor.yishlariga sabab bo’ldi. Olsterdagi ahvol keskinlashdi. Iqtisodiy rivojlanish sur'atlari sekinlashdi. "Tetcherizm davri" o’z imkoniyatlarini tugatgani ma'lum bo’ldi. Xususiylashtirish va neft sanoati bilan bog’liq barcha zaxiralar ham tugal holga keldi. 1990-yil noyabrda M.Tetcher o’z ixtiyoriga ko’ra istefoga chiqdi. U hukumatda kelgusi saylovgacha ishlab turishi mumkin edi. Biroq bu hol partiyani mag’lubiyatga olib kelardi. Estafetani konservatorlar par-tiyasining yangi yo’lboshchisi Jon Meyjor qabul qildi.11Jon Meyjor M.Tetcher siyosatini davom ettirdi. Uning dasturi jahon bozorida raqobatlasha olmaydigan sanoat tarmoqlarini xususiylashtirish yo’lini davom ettirishni ko’zda tutdi. U ham Tetcher kabi inflyatsiyaga qarshi kurashni eng asosiy vazifa deb hisobladi, chunki inflyatsiyaning o’sishi ishsizlikning o’sishiga olib kelishi mumkin edi. I.Meyjor ijtimoiy muammolarga alohida urg’u berdi. Hukumat dasturi har bir kishiga teng imkoniyatlar yaratish, tibbiy xizmat va xalq ta'limida islohotlar o’tkazishga yo’naltirildi Tashqi siyosatda Meyjor YIH bilan integratsiyaviy jarayonlarni kuchaytirish va AQSH bilan ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlash yo’lini olib bordi. Angliya AQSHning Iroqdagi urushini qo’llab-quvvatladi va Fors qo’ltig’i rayoniga salmoqli harbiy qismlami yubordi. Hukumat tepasiga kelgan J.Meyjor xalq o’rtasida norozilik uyg’otgan jon boshidan olinadigan soliqni bekor qildi va "britaniyaliklarning ijtimoiy-iqtisodiy talablarini ko’proq qondirish tomoniga burilishni amalga oshirish"ga va'da berdi.
1992-yili parlament saylovlarida yana konservatorlar mutlaq ko’pchilik ovozni oldi. J.Meyjor bosh vazir lavozimida qoldi. 1997-yil saylovlarida konservatorlar mag’lubiyatga uchradi, leyboristlar parlamentdagi 650 o’rindan 419 tasini egalladi.12
1.2. 1951-1957 yillardagi Suvaysh inqirozi
SSSR xalqaro siyosatda Ikkinchi jahon urushidan keyin boy berilgan eng muhim joylardan bir bu Yaqin Sharq hisoblanadi. Arab davlatlari qilingan harbiy,axloqiy va siyosiy yordamni turli qabul qildi.1956 yilning Suvaysh inqirozi Yaqin Sharqdagi Sovet ta'siri kuch birinchi sinov bo'ldi.Sovet Ittifoqi (so'zda) harbiy qarama-qarshilik ishtirok etish uchun mumkin mamlakat, harbiy uskunalar, qurol, yuborish mutaxassislar va harbiy maslahatchilarini ta'minlangan.Britaniya nazorati ostida 1950 o'rta Misr qoldi uchun aslida. 1951-yilda, Misr hukumati mamlakat Britaniya qo'shinlarini yuborgan ostida kelishuvni bekor qildi. Biroq, Britaniya, ularni olib bermadi, lekin ularning kuchini oshirish uchun emas, balki faqat. Bunga javoban, mamlakat Britaniya bosqinchilariga namoyishlar partizanlar urushini boshladi bo'lib o'tdi.1952-yilda, 23 iyul kuni, Misrda to'qnashuvlar, bir inqilob aylandi.13 Polkovnik Nosir, siyosiy tashkilot rahbari "Free xodimlari" monarxiya ag'darib va mamlakat respublika deb e'lon qildi.Yangi hukumat olib borayotgan siyosati sezilarli darajada Britaniya va Isroil bilan aloqalarini kuchaytirdi. Britaniya, Misr armiyasi borligini kengaytirish uchun izlab, Nosir yigirma oy qo'shinni olib chiqish va Misr hukumati harbiy qurilmalarini o'tkazish bo'yicha shartnoma imzolandi.
1955-yilda u Eron, Iroq, Turkiya, Buyuk Britaniya, Pokiston ishtirokida Bag'dod bitimning tashkil etildi. Misr ham taklif etildi. Biroq, Nosir bosh tortdi.Yaqin Sharqda vaziyat yanada murakkab. Isroil, shuningdek, Bag'dod bitimning a'zo davlatlar Misr nazarida dushmanlik muhit edi. G'arb mustamlakachi tizimi maydalanib ketgan. Bu Marokash, Tunis, Sudan, Suriya mustaqillikka erishgach dalolat edi. Jazoirda, u Milliy ozodlik urushi o'tdi. Shu bilan birga, biz sovet ta'siri sohasida rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. Bu esa, o'z navbatida, NATO xavotir ko'taradi.Bu xavotirlar tuproq ostida bor ta'kidlash lozim. Nosir 1955 yilda, G'arb mamlakatlariga yordam uchun murojaat haqiqatdir. Misr harbiy yordam so'ragan, ammo rad etildi. Shu munosabat bilan, Nosir Sovet Ittifoqi yuzlandi. Sovet Ittifoqi Misrga qaytarmadilar. Chexoslovakiyada orqali yashirincha Rossiya qurol sotish bo'yicha tashkil qilingan edi.G'arb aloqa o'sdi. Ular Yaqin Sharqda Sovet Ittifoqi mavjudligini istamadi. Prezident ikki yoqlama Asvan to'g'oni qurilishida Nosir moliyaviy yordam berish uchun va'da. Misr prezidenti Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi qurol sotib boshladi va Xitoy bilan diplomatik aloqalar o'rnatilgan so'ng, AQSh hukumati uning taklifini rad etdi. loyiha ag'darilishiga boshlashi mumkin Natijada, Nosir, bir umidsiz vaziyatda o'zini ko'rdi iqtisodiy inqiroz mamlakat. vaziyatni baholash, Misr prezidenti ekstremal chora-tadbirlar ketdi. Nosir natsionalizatsiya qaror qildi Suvaysh kanalini.
1956-yilda, 26 iyul kuni Prezident mablag'lariommaviylashtirish dan foyda Aswan to'g'on qurish tomon boraman grand mitingda e'lon qildi. Shu paytdan boshlab faol Suvaysh inqirozi rivojlantira boshladi.Iqtisodiy faoliyat Nosir, inqilobiy tabiat bilan atalgan, fonida olib boriladi harbiy siyosat Misr prezidenti. Nosir, harbiy yordam oldi ochiq Yaqin Sharqda rahbariyatiga da'vo boshladi. qo'llab-quvvatlash bilan 1956-yilning o'rtalariga kelib, Suriya, Iordaniya va Misr qo'shinlari yagona buyrug'ini tashkil etildi. Bu Isroil bilan urushga tayyorgarlik boshladi.Suvaysh inqirozi keskinlashtirmoqda. Nosir harakatlari Parij va Londonda manfaatdor edi. Shu bilan birga u Amerika mos emas edi, bu mamlakatlar olmaydi g'azab faol ifoda olish boshlanadi.Natijada, u bir maxfiy rejasi ishlab chiqildi. Uning mohiyati Isroil qo'shinlari Misr hududiga bostirib, deb aslida yotadi. London va Parij urush to'xtatish taklif qilinadi. tomonlarning kamida bir etaversa, ittifoqchi kuchlar (Buyuk Britaniya va Frantsiya) Suvaysh kanalidan xavfsizligini ta'minlash uchun tegishli choralarni ko'radi. Bu rejasini tasdiqlash so'ng uni amalga oshirish uchun muntazam tayyorgarlik boshladi.Tajovuz 1965-yil 29-oktyabr kuni boshladi. Sinay yarimoroli Isroil askarlari tomonidan ishg'ol qilingan.
Keyinchalik faol hujum, bombardımonlar boshlandi. Sovet hukumati Isroil bosh vaziri, Fransiya va Angliyaga telegrammalar yuborganini tasdiqlagan edi. Ular Nosirga qarshi urush amaliy va "raketa" yordam berishi mumkin deb ishora qildi. Shunday qilib, Sovet Ittifoqi kuchga istisno qilmadi mojaroni hal qilish uchun Sovet Ittifoqi Suvaysh inqirozi bartaraf etish maqsadida ekstremal chora ko’rishga tayyor edi. 1955 va 1956 yillar davomida Nosir Britaniyaning Yaqin Sharqdagi maqsadlarini puchga chiqaradigan va Britaniya va Misr o'rtasidagi dushmanlikni kuchaytiradigan bir qator siyosatlarni olib bordi. Nosir Iroqning Bag‘dod paktiga qo‘shilishini Qo‘shma Shtatlar va Buyuk Britaniya uning nafratlanayotgan ashaddiy dushmani Nuri as-Saidning arab dunyosi yetakchisi bo‘lishga urinishlari tarafdori bo‘lganidan dalolat beradi va Nosirning faol harakatga aylanishiga turtki bo‘ldi.
1955 yilda boshlangan G'arbga qarshi siyosati uning Bag'dod paktidan noroziligi bilan bog'liq edi. Nosir uchun 1955 yil aprel oyida Bandung konferensiyasi14 kabi tadbirlarda qatnashish ham global lider sifatidagi pozitsiyani egallash, ham amerikaliklar bilan muzokaralarda qatnashish uchun, xususan, Qo'shma Shtatlar uni sotish talabini qo'yish uchun vosita bo'ldi. katta miqdordagi qurol.Nosir "G'arbning har qanday mudofaa shartnomasi shunchaki yashirin mustamlakachilik ekanligi va arablarning tarqoqligi va zaifligi, ayniqsa Isroil bilan kurashda - Britaniyaning hiyla-nayranglari oqibati degan keng tarqalgan shubhada o'ynadi". U shuningdek, Britaniyaning Suriya, Iordaniya va Livanni Bagʻdod pakti orbitasiga tortishga boʻlgan saʼy-harakatlarini puchga chiqarish maqsadida, Arabistoni hukmdorlar Hoshimiylarning irsiy dushmanlari boʻlgan Misrni Saudiya podsholigi bilan birlashtira boshladi . Nosir 1955-yil sentabrda kommunistik Chexoslovakiya bilan qurol-yarogʻ bitimi boʻyicha muzokaralar olib borish orqali Britaniyaga yana bir zarba berdi shu bilan Misrning G'arb qurollariga bo'lgan ishonchiga barham berildi. Keyinchalik Varshavaning boshqa a'zolari ham Misr va Suriyaga qurol sotgan. Amalda, Sharqiy blokdagi barcha sotuvlar Sovet Ittifoqi tomonidan Sovet Ittifoqining Yaqin Sharqdagi ta'sirini kuchaytirishga urinish sifatida ruxsat etilgan . Bu Qo'shma Shtatlardagi keskinlikni keltirib chiqardi, chunki Varshava mamlakatlari endi mintaqada kuchli ishtirok etdi.15
1.3.Jahon iqtisodiy inqirozi va Angliya
Buyuk Britaniya iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha XXI asr boshlarida ham dunyoning rivojlangan davlatlari qatorida turardi.Uning iqtisodi ancha baquvvat edi. Ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda AQSh,Yaponiya, GFR va Fransiyadan keying 5-o‘rinni egallagandi.Buyuk Britaniyaga investetsiya kiritish bo‘yicha AQSH yetakchi o‘rinni egallardi. AQSH, Yaponiya va GFR London shahrini jahon moliya markazi deb hisoblardi. Buyuk Britaniya chet davlatlarda banklari va sug`urta kampaniyalariga ega edi. Ingliz funt-sterlingida jahonda amalga oshirilayotgan savdoning beshdan bir qismi shu pulda amalga oshirilmoqda edi. 2008-yil AQSHda boshlangan hududiy inqiroz dunyoda globallashuv jarayoni jadal suratlar bilan ommalashayotgan bir sharoitda u xalqaro moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Buning natijasida jahon ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari keskin ravishda tusha boshladi, ishsizlik haddan ziyod darajaga ko‘tarilib ketdi, narx navoning ham birdaniga keskin ravishda o‘zgarishiga olib keldi. Buyuk Britaniya xalqaro iqtisodiy inqiroz davrida iqtisodiy sohada bir qancha choralarni qo‘llashga harakat qilib ko‘radi. Davlat iqtisodiyotini izga tushirish uchun quyidagi muammolarni yechimini topish zarur edi.
1.Buyuk Britaniyaning asosiy iqtisodiyot ko‘rsatkich darajalarini tartibga
solish lozim.
2.Iqtisodiy inqiroz davrida Buyuk Britaniya iqtisodini analiz qilish.
1. 2008-yil 9-15-noyabr kunlari Jahon iqtisodiyotidagi bo‘layotgan
ahvolning qisqacha sharhi. Buyuk Britaniya tashqi savdo balansi iqtisodiy inqiroz
tufayli sentyabr oyida sezilarli darajada qisqardi. Bu oldindan iqtisodchilar
tomonidan kutilgan holat edi. Sentyabr oyidagi ko‘rsatkich avgust oyiga qaraganda
yomon emasdi. Davlatga asosiy foyda keltirayotgan sohalardan biri bo‘lgan
neftning narxi jahon bozorida keskin ravishda tushub ketdi. Bu holat sentyabr
oyida sodir bo‘ldi. Buning ustiga funt-sterling kursining tushub ketishi Buyuk
Britaniyaning eksport sektorining bir joyda qotib qolishiga sabab bo‘ldi. Davlatda
ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari oktyabr oyida sentyabrga qaraganda 1 % pastga
qarab tushub ketdi.
RICS16 ning ma`lumotiga qaraganda Buyuk Britaniyada uy-joylar narxi oshdi.
Shunday bo‘lsa ham oktyabr oyida bu holat juda past ko‘rsatkichni qayd qildi,
ya`ni 81,8 % ni shundan turar joy sotish hajmi hisob-kitob bo‘yicha 30 yillik davr
mobaynida rekord darajani ko‘rsatdi. 2008-yilning oktyabr-sentyabr oylaridagi
ishsizlik darajasi 2002-yil mart oyidan beri aniqlangan eng yuqori darajadan ham
ancha yuqoriga ko‘tarildi. Shunday qilib bu vaqtda mamlakatdagi ishsizlar soni
bo‘yicha 16 yil oldingi holatga yetdi. Buyuk Britaniyadagi bu holat yanada
achinarli ahvolga kelib qolishi mumkin edi.Oktyabr oyining birgina seshanbasining o‘zida 5 ming kishini ishdan bo‘shatilganligi rasman e`lon qilingan edi. Qator yirik kampaniyalar, Virgin Media, Taylor Wimpey va Glaxo Sminth Kline; hafta oxirida 6 % ishchilarini ishdan bo‘shatishini mo‘ljallayotganligini e`lon qildi.
2008-yil 24-noyabrda Buyuk Britaniya qo‘shilgan qiymat solig`i
vaqtinchalik 2,5 % ga , Punkpida 15 % gacha tushadi deb e`lon qildi. Bu talabni
olg`a surgan shaxs Buyuk Britaniya moliya vaziri Alister Darling bo‘ldi 43 .
2008-yil 14-noyabrda Buyuk Britaniyaning Royal Bank of Scotland (RBS)
dunyo bo‘yicha o‘z xodimlarining 3 minga yaqinini ishdan bo‘shatishni
mo‘ljallayotganligini bayon qildi. 2008-yil 30-noyabrdan-6-dekabrgacha jahon iqtisodiy inqirozi sharxi.Buyuk Britaniyada ipoteka bozori tushub ketish jarayoni muttasil davom etmoqda edi. Oktyabr oyida banklardan kredit olishga berilgan arizlar soni bo‘yicha 10 yillikdagi eng yomon ko‘rsatkichni qayd edi. Bu davrda ham turar-joyning narxlari keskin ravishda pastga qarab tushub ketishi kuzatilmoqda edi. “Hometrack” xabariga ko‘ra noyabr oyida turar-joy narxi 1,1 % ga arzonlashuvi kuzatilishi mumkin edi. Bu vaqtdagi holat bo‘yicha uy-joyning narxi 2007-yilning shu davridagiga qaraganda 8,1 % ni tashkil qilardi.
Buyuk Britaniyada inqiroz davrida qurilish sohasida ham ahvol ancha og`ir vaziyatda edi. 2008-yilning noyabr oyidagi holat bo‘yicha bu sohadagi yaqin davr ichidagi tarixiy minimum natijani ko‘rsatdi. Nihoyat KRMGREC tekshiruvi mehnatga to‘lanadigan haq darajasini pasayishining rekord darajasini ko‘rsatdi. Noyabr oyida ish beruvchilar va ishchilar o‘rtasidagi tuzilgan shartnomalar rekord darajada bekor qilindi.Banklar kredit berish shartlarini ancha qiyinlashtirib yubordi bu esa hukumatning qattiq noroziligiga sabab bo‘ldi. G`aznachilik rahbari Darling kichik-biznes va uy xo‘jaligini uchun berilayotgan kreditlarga qo‘shimchasiga nohaq shartlarning qo‘yilishini to‘xtatilmasa ularga berilayotgan huquqlarni bir qancha tomonlardan cheklab qo‘yish mumkinligini takidlab o‘tdi. Hukumat bunga
bankalarni sotib olish yo‘li orqali erishishni maqsad qilgandi. Bosh vazir Braun
milliylashtirishdan chetda qolayotgan mustaqil banklarga yaqin ikki yil ichida o‘z
faoliyatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirmasa ular ham milliylashtirilishi mumkinligiga sha`ma qilib o‘tdi.
2008-yilning 21-27-dekabr kunlari uchun jahon moliyaviy inqirozining sharxi. Buyuk Britaniya iqtisodi bu vaqtda ancha qiyin ahvolga kelib qoldi. Joriy yilning o‘tgan choragiga qaraganda iqtisod 0,6 % ga qisqardi. Bunaqasi oxirgi 18 yil mobaynida kuzatilmagan edi. Buyuk Britaniyaning bank asotsatsiyasining baholashicha noyabr oyida ipoteka kreditlari berish keskin darajada tushishi davom etardi. Agar oktyabr oyida bu ko‘rsatkich 11,2 % ga tushgan bo‘lsa kelasi oyda bu ko‘rsatkichlar 19,1 % ga yetdi. RICS tahliliga asosan 2009-yilda turar-joy narxi o‘rtacha yana 10 % ga tushub ketishi kuzatilishi mumkin edi. Umumiy arzonlashuvi darajasi esa 25 % ga borishi mumkin edi. Ishsizlik rekord darajaga ko‘tarildi. Independentning yozishicha hukumat ekspertlarining fikriga qaraganda yangi yildan so‘ng ko‘p ish beruvchilar o‘zlarining qisqartirishlar ro‘yxatini e`lon qilishi kechiktirishi mumkin edi. Hukumat vakillari bir qancha chora tadbirlarni amalga oshirish yo‘llarini ko‘ra boshladi. Bir qancha yirik kampaniyalar bankrotlik yoqasiga kelib qoldi. Hattoki mashxur Land Rover kampaniyasi ham iqtisodiy inqirozdan jiddiy zarar ko‘rishi natijasida o‘z ishchilarining ma`lum qismini bo‘shatish mumkinligini e`lon qildi. Ernst&Young kampaniyasi Londonda misli ko‘rilmagan darajadagi chegirmalarda o‘z mahsulotlarini sota boshladi. U o‘z mahsulotlarini 40 % chegirma hisobida sotmoqda edi. Buning natijasida ko‘plab aholi bu kampaniya mahsulotlarini harid qila boshladi. 2008-yil 27-dekabrida Wolworthsning oz emas ko‘p emas naq 200 ta sepermarketlari yopildi. Bunga butun dunyoda bo‘layotgan iqtisodiy inqiroz ta’siri edi. Bu supermarketlar shu yilning shanba kuni o‘z haridorlariga oxirgi marta o‘zeshiklarini ochgandi.
Bankrot bo‘lgandan keyin uning aksiyalarining katta qismini Deloitte egalladi. Bu unvermarklarda asosan bolalar o‘yinchoqlari kitoblar, keng iste’mol mahsulotlari va bayram sovg`alari sotilardi.Iqtisodiy inqiroz Buyuk Britaniya iqtisodini ikki baravar orqaga ketishiga sabab bo‘ldi. Bu butun dunyoni larzaga solgan moliyaviy inqiroz sababli Buyuk Britaniya ahosiga ham o‘z ta`sirini o‘tkazdi. Bu inqiroz tufayli Buyuk Britaniyada boy yashovchi aholining soni sezilarli darajada kamayib ketdi. Sunday Times nomli ingliz gazetasi bunday ahvolga tushub qolgan boylarning ro‘yxatini tuzish ishlarini boshlab yubordi. Buyuk Britaniyaning butun boy fuqarolari bu inqrozda o‘zlarining boyliklarining 50 % qismini yo‘qotdi. Bu tahminan 412,8 mlrd funt-sterling miqdoriga to‘g`ri kelardi. Bu ahvol 2008-yilning oxiriga kelib 200 mlrd funt-sterlingni tashkil qildi.Inqiroz sababli ko‘plab ishbilarmonlar juda katta moliyaviy zarar ko‘rdi.Bunga misol sifatida sport anjomlarini ishlab chiqaradigan kampaniya egasi Tom Xanter inqiroz tufayli o‘zining 1,05 mlrd funt-sterling qiymatiga ega bo‘lganboyligi 750 mln funt-sterlingga tushub qoldi. Bundan tashqari Easyvet aviokampaniyasi egasi ser Stelios Ioin bu vaqtga kelganda 300 mln funt-sterlingzarar ko‘rdi. Bir yil oldini uning moliyaviy ahvoli juda yaxshi bo‘lib butun boyligi 812 mln funt-sterling qiymatida baholangan edi.Moliyaviy inqiroz sababli ko‘p sohalar kabi ko‘chmas mulk oldi-sottisi bilanshug`ullanadigan kampaniyalar ham yetarli darajada zarar ko‘rdi. Bukampaniyalarda qisqartirish qaryib 90 % gacha borib yetdi. Buyuk Britaniyaning iqtisodiy ahvoli boshqa rivojlangan davlatlarga qaraganda ancha yomonlashdi. 2009-yilda Buyuk Britaniyada yashash tarzi keskin ravishda tushub ketdi.
Oksfordning Economics konsaltining olib borgan tekshiruvlari natijasida yaqin yillardagi Buyuk Britaniyaning aholining turmush tarzining eng past ko‘rsatkichi ekanligi to‘g`risida xabar tarqatdi. 2007-yilda Buyuk Britaniya iqtisodi o‘z cho‘qqisining yuqori nuqtasiga chiqqan bo‘lib shu davrida davlatda aholi jon boshiga taqsimlasa Viktoriya davridan keyingi engyaxshi natijani ko‘rsatdi. Bu vaqtda aholi jon boshiga taqsimlaganda 35 ming 243 dollarda (23 ming 913 funt-sterling) to‘g`ri keldi. Bu ko‘rsatkich AQSHda 46 ming 373 dollar, Germaniyada 41,373 dollarni tashkil etardi.Buyuk Britaniya aholisi mamlakatda yashash tarzining keskin tushub ketganini yaxshi tushunishardi va bunday ahvol uchun noroziliklarini bildirishardi.Oksford economics direktori Edrian Kuper “ular endi boy odamlar qarshisidaplyajlarda bo‘lishmaydi” deb yozadi. Bunday ahvol ayniqsa oddiy ishchilarqatlamiga juda katta zarba bo‘ldi.Buyuk Britaniyadagi The Observer buyurtmasiga ko‘ra Orange kampaniyasining tekshiruvlari natijasida inqiroz tufayli mamlakatdagi kichik firmalarning qaryib yarmi o‘z xarajatlarini qisqartirdi va ishchilarning ko‘p qismini ishdan bo‘shatishini e`lon qilishdi. Bu kabi kichik kampaniyalar moliyaviy inqiroztufayli o‘zlarining oldingi darajasini tiklashlariga ishonmas edi. Bu inqiroz natijasida ko‘rilgan zararlarning qoplanishi uchun kamida ikki yil vaqt kerak bo‘lardi degan tahmin oldinga surildi.
2009-yil 5-yanvar Buyuk Britaniyada bir qancha yirik kampaniyalar inqiroz qurbonlari bo‘lishdi. Buyuk Britaniya keng iste’mol molari va oshxona jihozlarini ishlab chiqaruvchi yirik korxonalaridan biri Waterford Wedgwoodda ham inqiroz boshladi va vaqtincha o‘z faoliyatini to‘xtatishini e`lon qildi. Bu haqda BBC news agentligi xabar beradi. Bu kampaniyaning boshqaruv aparatida ham o‘zgarish bo‘ldi. Natijada uning mahsulotlari raqobatbardoshligi tushib keta boshladi, unga qarshi Osiyo davlatlarining kampaniyalari maydonga chiqa boshladi. Bu kampaniya o‘zining ish faoliyatining susaytirishi sababli ko‘plab ishchilarni ishdan bo‘shatishga majbur bo‘ldi. Bunday yirik kampaniyalar inqiroz sababli o‘z ishchilarining deyarli yarmini ishdan bo‘shatishga majbur bo‘ldi.Ishdan bo‘shgan ishchilar ish topish maqsadida ko‘chalarda nomoyish harakatlarini boshlab yubordi.
Buyuk Britaniyada bu vaqtda ham turor joylarning narxi tushushi davom etardi. Nationwide tekshiruvlariga qaraganda dekabr oyining o‘zida 2,5 % pastga qarab tushub ketdi. 2007-yilning shu oyiga nisbatan solishtiradigan bo‘lsak bu ko‘rsatkich 15,9 % ga past edi. Bu davrda davlatda sanoat ishlab chiqarish darajasi oktyabr oyiga nisbatan noyabr oyida 2,3 %ga tushub ketdi. Qayta ishlash sanoati esa bu davr orolig`ida qaryib 2,9 % ko‘rsatkichida ortga qarab pastladi. Buyuk Britaniyada bunday pastlash deyarli 30yil oldin ya`ni 1978-yilda qayd etilgan bo‘lib shundan beri bu darajaga yetmagan edi. To‘g`ri dekabr oyiga kelganda ishlab chiqarish sohasi salgina bo‘lsada o‘zini o‘nglab olishga ulgurdi, biroq shunday bo‘lsada inqiroz sababli ular juda ko‘p moliyaviy zarar ko‘rganligi sababli rekord darajada ish o‘rinlarini qisqartirishga majbur bo‘ldi. Nationwide fikriga qaraganda, 2008-yilning oxirida iste’molchilarning kayfiyati ham shu darajada yomonlashib qolgan ediki ular faqatgina o‘zlariga zarur bo‘lgan narsalarni harid qilishga harakat qilardi. Inqirozga qaramay milonerlar o‘zlarinig yirik miqdordagi haridlarini amalga oshiraverdi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Gordan Braun o‘zining yangi qarorini chiqardi. Unda moliya tizimini qutqarish uchun banklardan kredit berish ishlarini yaxshilash zarurligi bayon etilgan edi.Hukumat rahbari bo‘lgan Braun banklarga qarata shunday fikr bildirdi “ertaga siz banklarda kreditlash tizimini tiklash, kreditlash tizimini oshirish bu nafaqat kredit olgan mijozlar foydasiga balki, siz banklarga ham juda katta foyda keltirardi. Bunday siyosat yuritish natijasida banklar iqtisodiy inqiroz sharoitida o‘z faoliyatini to‘xtatib qoymaydi” deydi. Inqiroz sabab Buyuk Britaniyada xususiy maktablari milliylashtirildi .Iqtisodiy-inqiroz natijasida jabr ko‘rgan xususiy maktablarni Buyuk Britaniya hukumati milliylashtirdi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar berardi .Milliylashtirilgan maktablar davlat hukumati tomonidan olib borilgan oqilona siyosat natijasida samarali faoliyatini davom ettiraverdi. Davlat bu makatablarni milliylashtirgandan keyin bir qancha tadbirlarni amalaga oshirdi.Maktablarning hisobiga yetarlicha mablag`lar o‘tkazdi, o‘qtuvchilarning malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratdi. 2009-yil 8-14-fevralda jahon iqtisodiy inqirozining ahvoli. Britan savdo hajmi iqtisodiy inqiroz sababli dekabr oyidayoq importning tushushi sababli anchagina qisqargandi. Shu yilning yanvar oyining o‘zida 80 ming kishidan ziyodroq kishi ishdan bo‘shatildi. Bu jihat bo‘yicha ko‘rsatkich 10 yillik ko‘rsatkichni qayd etdi.
RICS ma`lumotiga ko‘ra yanvar oyida turar joylar narxi rekord darajada ya`ni 10 % pastga tushib kedi. Davlatda chakana savdo hajmi o‘sdi, bunga sabab qilib keng iste’mol mollarining qimmatlashuvi bo‘ldi.17 Bu davrda ham davlat iqtisodiyoti og`ir ahvolda edi. Ishlab chiqarish bu vaqtda ham keskin ravishda pastlashni davom ettirayotgandi. Banklardan olinayotgan ipoteka kreditlash tizimi ham juda past edi. Davlat iqtisodi boshi berk ko‘chaga kirib qolgan bir sharoitda turar-joy savdosi ham izdan chiqib ketdi. Nationwidening bergan ma’lumotiga ko‘ra 12 oy ichida mamlakatda turar-joylarning narxi 17,6 % ga arzonlashgandi. Bu davrga kelib mamlakatda chakana savdo inqiroz sababli pastlay boshladi. Fevral oyida ham banklarning ahvoli xavas qilar darajada emasdi. Shunday bo‘lsada bu banklarning kattagina aksiyasi o‘z navbatida davlat ixtiyoriga o‘ta boshladi.Buyuk Britaniya yuristlari moliyaviy inqirzoda boyishdi.
Davlatda moliyaviy inqiroz bo‘layotgan bir vaqtda yuristlarga bo‘lgan talab oldingi davrga qaraganda oshib ketdi. Natijada huquqshunoslar o‘zlarining xizmat ko‘rsatish narxini qimmatlashtirib soatiga 1000 funt-sterling miqdorida belgiladi. Bu haqida Bloomberg xabar berishicha bu davrda mamlakatda o‘rtacha ish haqi 550 dan 800 funt-sterling miqdorida edi.Jahon moliyaviy inqirozi Buyuk Britaniyada iqtisodini deyarli izdan chiqarib yubordi. 2008-yilda boshlangan iqtisodiy inqiroz deyarli barcha sohalarga o‘z salbiy ta`sirini o‘tkazdi. Mamlakatning ishlab chiqarishi izdan chiqib ketdi.Ekspertlar olib borgan ishlari natijasida mamlakat ishlab chiqarishini birgina 2008-yilning o‘zidayoq 20 % ga tushub ketganligini bayon qildi. Bu esa 1,5 mlrd dollor zarar ko‘rganligini bildirardi. Bundan tashqari mamlakatning barcha sohalari rekord darajada zarar ko‘rmoqda edi.18


Download 431.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling