Kirish: Ta'lim veb-dizayn: asosiy tushunchalar va tasnifi
Download 31.95 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash usullari
Ta’lim strategiyasi
Kursning strategiyasi quyidagicha: maʼruza davomida talaba kurs boʼyicha zarur nazariy bilimlarni oladi. Semestr davomida bir marta oraliq nazoratlari oʼtkaziladi va ikkita mustaqil ish bajariladi. Amaliy mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchi talabalarga maʼruza davomida olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llashni ko‘rsatib beradi va o‘rgatadi. Har bir amaliy mashgʼulotining oxirida talaba mavzuni yanada mustahkamlashga yoʼnaltirilgan mustaqil ishlarni bajarish uchun individual topshiriqni oladi. Semestr davomida talaba kurs davomida olingan hamma bilimlarini qamrab oluvchi amaliy ishini bajarishi kerak. Talabalar quyidagi materiallardan foydalanish imkoniga egadirlar: Ma’ruzalar; Elektron shakldagi ma’ruza matnlari; Har bir mavzuga doir prezentasiya slaydlari; Amaliy mashg‘ulotlariga doir uslubiy ko‘rsatmalar; Har bir dars mavzusi yuzasidan topshiriqlar va test mashqlari; Elektron shakldagi darsliklar va qo‘llanmalar. Nazariy mashg‘ulotlar davomida, talabaga ma’ruza orqali mavzu yuzasidan kerakli bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun prezentasiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
Download 31.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling