Kirish. Texnika xavfsizligi. Elektr o’lchov asboblari. Xatoliklar nazariyasi. Tajribalar o’tkazilishi tartib-qoidalari
Download 40.42 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- LABORATORIYA MASHG`ULOTLARI VA ULARNI TASHKIL QILISH USULLARI
KIRISH. TEXNIKA XAVFSIZLIGI. ELEKTR O’LCHOV ASBOBLARI. XATOLIKLAR NAZARIYASI. TAJRIBALAR O’TKAZILISHI TARTIB-QOIDALARI. Fizika o’quv laboratoriyasida ishlashda texnika xavfsizligi Labaratoriya ishlarini bajarishga kirishishdan oldin hamma talabalar texnika Xavfsizligibilan tanishib, ishni bajarayotganda ushbu qoidalarga amal qilishlari shart. Laboratoriya jihozlari bilan ishlaganda uni oldin ishga yaroqli ekanligini tekshiring Elektr toki bilan ishlaydigan asbobning xavfli ekanligini esdan chiqarmang! Ehtiyot bo’ling. Yig’lgan elektr zanjiri o’qituvchi tomonidan tekshirilgandan so’ng oqituvchining ruxsati bilan manbaga ulanadi. Elektr asboblarning birida nosozlik kuzatilsa u darhol manbadan uzilishi kerak. Izolyatsiyalangan elementlar bilan elektr zanjiriga tegish man etiladi. Elektr zanjirdagi har qanday o’zgarishlar faqat elektr zanjir kuchlanish manbaidan uzilganidan so’ng kiritilishi kerak. Ish bajarilib bo’lingandan so’ng hamma manbalar o’chirilishi va elektr zanjiri uzilishi kerak. O’lchov natijalari olingandan so’ng tok manbai o’chirilishini unutmang. Laboratoriyada 50V dan yuqori kuchlanish bilan ishlaganda o’qituvchi nazorati ostida tajribani bajaring. Tok manbaini o’qituvchining ruxsatisiz o’chirmang va yoqmang. LABORATORIYA MASHG`ULOTLARI VA ULARNI TASHKIL QILISH USULLARI Laboratoriya mashg`ulotlari nazariya va amaliyotni bog`lovchi, ularning birligini ta’minlovchi asosiy omil bo`lib, talabalarning bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda o`lchov asboblari bilan ishlash va tajriba o`tkaza bilish ko`nikmalarini shakllantirishda va rirojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Oliy o`quv yurtlarida o`tkaziladigan laboratoriya mashg`ulotlarini uch usulda tashkil qilish mumkin: umumiy, aralash va tsiklli. Umumiy usul. Har bir talaba darsda o`tilgan mavzuga taalluqli muayyan bir ishni bajarish imkoniyatiga ega bo`ladi. Ushbu usul darsni tashkil qilish va o`tkazishni, dars davomida talabalarning faoliyatini boshqarib borishni engillashtiradi. Umumiy usul laboratoriyalarda bir xil qurilmalardan bir nechtasi bo`lganda laboratoriya xonalarining kengaytirilishi va barcha talabalarning bir xil mazmunli va bir tarkibdagi vazifalarni bajara olishiga sharoit tug`dirilishini talab qiladi. Bundan tashqari laboratoriya ishlarining bir xilligi, qiyin o`zlashtiradigan talabalarning fikrlash qobiliyatini chegaralaydi. Laboratoriya mashg`ulotlarining aralash bajarish usuli. Har bir talaba darsda o`tilgan yoki o`tilmaganidan qat’iy nazar alohida-alohida laboratoriya ishlarini bajaradi. Bu ishlarning mazmuni ham, bajarish usuli ham turlicha. Laboratoriya va dars mavzularining bir-biri bilan mos kelmasligi talabalarning tegishli adabiyot bilan mustaqil ishlashga o`rgatadi, fikrlash jarayonlarini aktivlashtiradi. Tsiklli usul. Bu usulda esa amaliyotga kiritilgan laboratoriya ishlari, umumiy fizika kursining ma’lum bilimlari asosida yoki biron-bir fizik kattalikning turli o`lchash usullarini umumlashtirish yo`li bilan birlashtirilib tashkil qilinadi. Laboratoriya ishlarining yoki dars mashg`ulotining matnini moslashtirish laboratoriya ishlarini birlashtirishda unumli variantlarni qo`llash imkonini beradi. Yuqorida bayon etilgan usullarni tahlil qilish texnika oliy o`quv yurtlarida fizikadan o`tkazilgan laboratoriya mashg`ulotlarini tsiklli usulda olib borish maqsadga muvofiqligini ko`rsatadi.
Download 40.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling