Kirish. Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish
Download 167.94 Kb.
|
3-o\'quv amaliyot 22.08-15.10.22yil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 06.09.2022y. Svetoforlarning konstruksiyalari va o’lchamlari.
05.09.2022y.
Svetoforlar lampalarining asosiy nitidan rezerv nitiga o’tkazish jarayoni. Yashil chiroq kuyganda svetoforning yashildan sariqqa o'tishini (ko'rsatkichlarini o'zgartirishni) tekshirish kerak. Yoritgichlarning yonishi ularni olib tashlash va tekshirishdan keyin ularni qayta o'rnatish orqali simulyatsiya qilinadi. Svetoforning yonishini asosiy ipdan zaxiraga o'tkazishning to'g'riligini tekshirishda (signalizatsiya o'zgarmaydi), sxema bo'yicha lampalar yoqilganda svetoforning ko'rinishini tekshirish kerak. Buning uchun svetoforda yonib turgan lampaning asosiy nitining montaj simi olinadi va o’sha vaqtda rezerv nitga o’tadi.Bu jarayonni amalga oshiruvchi rele SO relesi hisoblanadi.SO relesi orqali svetoforda lampaning asosiy niti kuyganda rezervga o’tganligi haqida bekat navbatchisiga xabar beradi. Ya’ni ushbu holatda svetoforning tablodagi takrorlovchisida ruxsat etuvchi chiroq(yashil) bilan birgalikda oq chiroq yonib o’chadi.DSP bu haqda zudlik bilan SHCH xodimlariga xabar berishi shart. 06.09.2022y. Svetoforlarning konstruksiyalari va o’lchamlari. Machtali linzali svetoforquyidagilardan tashkil topgan: machta (temir-betonli yoki metalli) , unga bir yoki bir qancha shitli va kozirkali svetofor boshchalari mahkamlanadi.Temir-betonli machtalar asosi 8 yoki 10 metrli uzunlikdagi butun ustunlar bo’lib, ular gruntga 1800-2000 mm chuqurlikda o’rnatiladi. Metall machtalar beton fundamentga joylashtiriladigan bog’lovchi stakanga mahkamlanadi. Svetofor boshchasi signal ko’rinishlarining soni bo’yicha bir belgili,ikki belgili yoki uch belgili boshchalarga bo’linadi.Uchta signal ko’rinishlaridan ko’prog’ini olish uchun machtaga bir qancha svetofor boshchalari o’rnatiladi. Uch belgili svetofor boshchasi eshikga ega bo’lgan chugun korpusdan ,to’siq bilan korpus ichida ajratilgan uchta linzali komplekt,linzali komplektga quyosh nurlarining tushishidan va svetoforda yolg’on signal paydo bo’lishidan saqlovchi kozeroglardan, simlarni ulash uchun kolodkalardan tashkil topgan. Signal chiroqlarining ko’rinuvchanligini oshirish uchun svetofor boshchasi korpusiga qora rangli oval shaklidagi fonli shit o’rnatiladi.Bir belgili svetofor boshchasida esa fonli shit aylana yoki romb shaklida bo’ladi. Svetofor boshchasining asosiy qismlari qo’yidagilardir: -korpusda joylashgan linzali komplekt; -tashqi rangsiz darajadagi linzalar; -qizil,sariq,yashil,ko’k yoki oq-oydin rangli svetofiltr linzalari; -lampa ushlagich. Download 167.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling