Kirish Texnologik qism
Download 1.65 Mb.
|
Qurilish materiallari texnologiyasida jarayon va apparatlar kurs 822-19
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gips bog‘lovchisining siqilishga bo‘lgan mustaxkamligi. 1-jadval
Xossalari. Gips bog‘lovchi moddalarning mustaxkamligi – tugridan-tugri unga qo‘shiladigan suv miqdoriga bog‘liqdir. Normal quyuqlikdagi gips xamirini olish uchun - koʻrinishdagi gips 50-70%, - koʻrinishdagi gips 30-45% suv talab qiladi.
Nazariy jixatdan esa gipsga 18,6% suv etarli hisoblanadi. Boglanmagan suv miqdorining kupligi uchun gips toshida govaklik - 30-60% ni tashkil etadi. Siqilishga bo‘lgan mustaxkamlik chegarasiga qarab standart bo‘yicha gips bog‘lovchi moddalarning quyidagi markalari mavjud. Gips bog‘lovchisining siqilishga bo‘lgan mustaxkamligi. 1-jadval Qotish muddatlariga qarab gips bog‘lovchi moddalarni quyidagi turlari mavjud Gips bog‘lovchining turlari 2-jadval Maydalik darajasiga qarab gips bog‘lovchi moddalarning quyidagi turlari mavjud Gipsning maydalik darajasi 3-jadval Gipsli bog‘lovchi moddalar issiqlik ishlovi haroratiga ko‘ra, asosan ikki guruhga bo‘linadi: Past haroratda kuydirilgan faqat gipsli va yuqori darajada kuydirilgan (angidritli), past haroratda kuydirilgan gipsli bog‘lovchi moddalar quyi haroratda (110-180Co) kuydirildi va asosan yarim suvli gipsdan iborat bo‘ladi, u tez qotadi. Ularga qurilish gipsi, mustaxkamligi yuqori bo‘lgan gips, shuningdek shaklli xamda tibbiy gips kiradi. Yuqori darajada kuydirilgan gips olish uchun gips yuqori xaroratda (600-900oC) kuydiriladi. U asosan suvsiz gips (angidrid)dan iborat bo‘lib, sekin qotishi bilan farqlanadi. Ularga angidrid bog‘lovchi va yuqori xaroratda kuydirilgan gips (Estrix gips) kiradi. Yuqori mustahkam gips juda muhim inshootlar qurishda, shuningdek metallurgiya sanoatida qoliplar tayyorlashda ishlatiladi. Uyning choksiz to‘shalmasi, linoleum osti to‘shalmasi hosil qilish, turli xil suvoq va oraliq qorishmalar, organiq, anorganiq to‘ldiruvchili engil betonlar, og‘ir betonlar ishlab chiqarish shuningdek, sun’iy marmar tayyorlashda angidrit sementdan foydalaniladi. Angidrit sementdan ishlangan konstruksiya va buyumlarni havo namligi 60...70% dan yuqori bo‘lgan erlarda ishlatib bo‘lmaydi. Yuqori mustahkam gips asosan α-SaSO4∙2N2O dan iborat. Uni, SaSO4∙2N2O ni germetik asboblarda bug‘ bosimi ostida yoki bir hil tuzlarni suvli eritmasida termik ishlovi berilib, so‘ng quritib kukun holatiga keltirib olinadi. Ishlab chiqarish shundan iborat xom-ashyoga avval issiq ishlovi beriladi va bunda gips toshidan kristallangan suv suyuq-tomchi holatda ajraladi va α- SaSO4∙0,5N2O ga o‘tadi. So‘ng olingan mahsulot quritiladi va maydalanadi (tuyuladi). Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling