Quruq usulda gips ishlab chiqaruvchi korxona (sex) lar uchun ish rejimlarini quyidagicha tanlash mumkin.
4-jadval
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini aniqlash uchun zarur bo’ladigan texnologik uskunalarning yillik ishlash vaqti fondi quyidagi formuladan aniqlanadi.
Tf=T· kf , ishchi soat (1.0)
Tf- texnologik uskunalarning yillik ishlash vaqti fondi, ishchi soat
T- texnologik uskunalarning yillik me’yoriy ishlash vaqti, ishchi soat
kf –uskunadan foydalanishda to’xtalishlar, joriy va kapital ta’mirlashlarni hisobga oluvchi koeffisiyent bo’lib kf=0,8-0,9 atrofiga qabul qilinadi.
Tf=T· kf =4000·0,9=3600 ishchi soat
Korxonaning to’liq ish soati 3600 ga teng qilib olamiz.
Korxona (sex) ning unumdorligi aniqlashda ishlab chiqarishdagi sifatsiz mahsulot va yo’qotishlar miqdori tegishli me’yorlar bo’yicha qabul qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |