Kirish. Texnologik ta’limning amaldagi joriy holati va mavjud muammolar Reja


Maqola asosiy qismi: Natijalar bo‘limi


Download 208.19 Kb.
bet15/18
Sana08.02.2023
Hajmi208.19 Kb.
#1177640
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Mutaxasisslik faniga kirish

Maqola asosiy qismi: Natijalar bo‘limi
Natijalar bo‘limi – bu maqolaning markaziy qismi, uning kuliminatsion bo‘limidir. Ushbu bo‘limda erishilgan eksperimental yoki nazariy natijalar keltiriladi. Tadqiqotga tegishli bo‘lgan natijalar ushbu bo‘limda keltiriladi.
Natijalar odatda biror shaklda va ko‘rinishda taqdim etiladi: jadvallar, grafikalar, diagrammalar, tenglamalar, fotosuratlar, chizmalar yoki matn ko‘rinishida. Rasmlarda qisqacha sharhlar, taqqoslashlar, statistik baholar keltiriladi. Natijalar bo‘limida faqat natijalar keltiriladi. Natijalar bo‘limi qisqa bo‘lishi kerak. Natijalarni izohlash, boshqa tadqiqotchilar ma’lumotlari bilan taqqoslash va shunga o‘xshash amallar keyingi munozara bo‘limiga qoldiriladi
Maqola asosiy qismi: Munozara bo‘limi
Maqolani yozishda tadqiqot natijalarini qisqa va lo‘nda shaklda ko‘rsatiladi va so‘ngra munozara (muhokama) etishni boshlaniladi. Munozara bo‘limi – maqolaning eng qiyin qismidir. Natijalar bo‘limida dalillar va faktlar keltirilsa, munozara bo‘limida muallifning fikrlari, g‘oyalari, tadqiqiqot davomidagi muammolari, amaldagi qo‘llanishi muhokama qilinadi.
Munozara bo‘limi ko‘proq nazariy, umumlashtiruvchi va umumiy muammoga oid bo‘lishi kerak. Munozara bo‘limi bevosita amaliyot bilan ko‘proq bog‘liq bo‘lishi lozim, chunki unda olingan natijalarning ahamiyati va ularni amalda qo‘llash muhokama qilinadi. Ko‘p maqolalar jurnallarning muharrirlari tomonidan, natijalar juda qiziqarli va yaxshi taqdim etilgan bo‘lishiga qaramay, ularning natijalari yetarli darajada muhokama qilinmaganligi sababli nashrni rad etiladi
7.Mavzu. Magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari, o‘quv qo‘llanma hamda darsliklar, monografiyalarni tahlilini o‘rganish
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va uning mazmuniga qo`yiladigan talablar
Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi kerak: titul varaq; ikki tilda (o`qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi; mundarija; kirish; asosiy qism; xulosa; adabiyotlar ro`yxati; ilovalar (mavjud bo`lsa). Kirish quyidagilarni qisqacha o`z ichiga olishi lozim: magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi; tadqiqot ob`ekti va predmeti; tadqiqot maqsadi va vazifalari;
ilmiy yangiligi; tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari; tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharxi (taxlili); tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi; tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy aqamiyati; ish tuzilmasining tavsifi.
Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo`lib, boblar xajm jiqatidan o`zaro mutanosib bo`lishi va quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim: tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili; tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni; tadqiqot olib borilgan masalani xal etishda magistratura talabasining shaxsiy hissasi ko`rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.
Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etish bo`yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak. Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bo`lgan qo`shimcha ma`lumotlarni o`z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim. Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb
odob-axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma`lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek yolq`on tsitatalar keltirishga yo`l qo`ymaslik) lozim. Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo`lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bo`lishi lozim: qatorlar oralig`i - 1,5 sm; yuqori va pastki xoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o`ng tomondan 1sm; xatboshilar orasidagi oraliq - 5 yoki 6 belgili.
Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman shriftida yozish tavsiya etiladi. Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan tashqari 70 - 80 sahifa bo`lishi tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o`qigan tilda (kafedra yoki magistratura bo`limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. Chet tilda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari tarjima bilan o`tkaziladi.
Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakultet o`quv-metodik kengashining qarori bilan o`zgartirilishi va ko`paytirilishi mumkin.
Doktorlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan talablar 
. 1.E'lon qilingan ilmiy ishlar dissertatsiyaning ilmiy yangiligini aks ettirishi kerak. Dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika doirasida o'tkazilgan ilmiy konferentsiyalarda va seminarlarda muhokamadan o'tkazilishi shart.
Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari davriy ilmiy nashrlarda e'lon qilinishi lozim. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida e'lon qilingan asosiy ilmiy ishlar yakka mualliflikda bajarilgan bo'lishi kerak (arxeologiya ixtisosligi bundan mustasno).
2. Falsafa doktori (PhD-Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo'yicha e'lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 7 tadan kam bo'lmasligi kerak. Ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) OAKning dissertatsiyalarni asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro'yxatiga (bundan buyon matnda Ro'yxat deb yuritiladi) kiritilgan nashrlarda chop etilishi lozim.
Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferentsiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma'ruza yoki ma'ruza tezisi) xalqaro konferentsiya materiallari to'plamida e'lon qilingan bo'lishi shart.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 29 noyabrdagi 245/7-sonli (ro'yxat raqami 2894-1, 22.12.2017 y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017 y., 10/17/2894-1/0445-son)
3. Fan doktori (DSc-Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo'yicha e'lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo'lmasligi hamda ulardan ro'yxatga kiritilgan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmog'i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e'lon qilingan bo'lishi kerak.
Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferentsiyalarida keng muhokama asosida kamida 2 ta material (maqola, ma'ruza yoki ma'ruza tezisi) xalqaro konferentsiya materiallari to'plamida e'lon qilingan bo'lishi shart.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 29 noyabrdagi 245/7-sonli (ro'yxat raqami 2894-1, 22.12.2017 y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017 y., 10/17/2894-1/0445-son)
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo'yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e'lon qilinishi kerak.
4. Izlanuvchi tomonidan e'lon qilingan maqolalar soni mazkur Nizomning 2 va 3 bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermagan, lekin yuksak ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega bo'lgan va xizmatda foydalanish uchun grifi bilan bajarilgan dissertatsiyaning himoyasi masalasi, istisno tariqasida, OAK Rayosati tomonidan hal qilinadi.
(4-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 29 noyabrdagi 245/7-sonli (ro'yxat raqami 2894-1, 22.12.2017 y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017 y., 10/17/2894-1/0445-son)
5. Intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar), ilmiy xaritalar, ilmiy anjuman, konferentsiya, simpozium va seminarlarda qilingan ma'ruzalarning e'lon qilingan tezislari, korxonalar qurish, ularni kengaytirish, modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalarining texnologik qismlari ham dissertatsiyaning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi e'lon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kiradi.
Dissertatsiya mavzusi bo'yicha intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan muhofaza (egalik) hujjatlari — ixtiroga yoki selektsiya yutug'iga berilgan
patentlar ro'yxatga kiritilgan shu fan tarmog'i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashgan ilmiy nashrlarida e'lon qilingan maqolalarga tenglashtiriladi.
Oliy ta'lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashi qarori bilan chop etilgan va kamida 6 bosma taboq hajmdan iborat bo'lgan yakka mualliflikdagi monografiya ro'yxatga kiritilgan milliy ilmiy nashrda e'lon qilingan 3 ta (hammualliflikda bo'lgan taqdirda 2 ta) maqolaga tenglashtiriladi, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo'yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan talab bo'yicha e'lon qilingan monografiya bundan mustasno.
O'quv adabiyotlari, shu jumladan darsliklar dissertatsiya natijalarini aks ettiradigan e'lon qilingan ilmiy ishlar
6. Talabgor tomonidan dissertatsiya bo'yicha avtoreferat tayyorlanadi.
Dissertatsiya avtoreferatida ilmiy ishlar ro'yxati xronologik tarzda quyidagi tartibda keltiriladi:
birinchi bo'limda — ro'yxatga kiritilgan ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy ishlar hamda intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar);
ikkinchi bo'limda — dissertatsiya mavzusi bo'yicha nashr etilgan boshqa ilmiy ishlar.
7. Dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan barcha ilmiy ishlar dissertatsiya mavzusiga muvofiq bo'lishi kerak. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan ilmiy ishlarning nashr qilinganligiga oid ma'lumotlar aks ettirilishi, shu jumladan barcha mualliflar to'liq yozilishi va maqolalar e'lon qilingan jurnal yoki to'plamlarning sahifalari aniq ko'rsatilishi lozim. Nashrga topshirilgan, lekin e'lon qilinmagan ishlar dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas.
8. Agar izlanuvchining maqolalari hammualliflikda yozilgan bo'lsa, u har bir hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalardan o'z dissertatsiyasida qisman yoki to'la foydalanish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligini olishi zarur.
9. Oliy attestatsiya komissiyasiga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari yuboriladi.

Download 208.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling