Kirish. Tuproqni agrokimyoviy xaritalash va o’g’itlardan diferensial foydalanish fanining maqsadi, vazifasi
Xo’jalikda o’g’itlash tizimi qo’yidagi tuzilishda bo’ladi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza def
Xo’jalikda o’g’itlash tizimi qo’yidagi tuzilishda bo’ladi:
Tashkiliy xo’jalik ishlar rejasi Kimyoviy meliorantlardan foydalanish rejasi O’g’itlarni qo’llash rejasi 1.Mahalliy o’g’itlarni to’plash va saqlash. 2.Mineral o’g’itlarni harid qilish va saqlash. 3.Mineral o’g’itlarni saqlash uchun omborxo-nalar qurish. 4.Mexanizasiya bilan ta’minlanish darajasi. 5.Mehnatga haq to’lash. 6.O’g’itlarni qo’llashni iqtisodiy samarador-ligini hisobga olish 1.Ohaklash 2.Fosforitlash 3.Xaritanoma asosida gipslash 1.Turi 2.Dozasi 3.Shakli 4.Muddati 5.Tuproqdagi oziq moddalar miqdori va rejalashtirilgan hosil miqdoriga qarab, o’g’itlarni qo’llash usullari. O’g’itlarni qo’llanishga oid ko’p yillik amaliy ishlar natijasida ularni agroximiya asosidagi dozalarda ishlatish va tuproqdagi miqdoriga hamda planlashtirilgan hosilga qarab oziq moddalar bo’yicha moslashtirish (balanslash) maqsadga muvofiq ekanligi ma’lum bo’ldi. O’rta Osiyo respublikalari kolxozlari va sovxozlarida ximizasiya vositalaridan samarali foydalanishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida 1964 yili 20 ta, shu jumladan O’zbekistonda 12 ta zonal agroximiya laboratoriyalari barpo qilindi. O’zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondagi 7 zonal agroximiya laboratoriyalari ilmiy-metodik rahbarlik qilish ishi Qishloq xo’jaligiga agroximiya xizmati ko’rsatish markaziy institutining Toshkentdagi filialiga yuklanadi. Ana shu respublikalarning zonal agroximiya laboratoriyalari tomonidan tuproqlarni tekshirish ishlarining ikki davrasi tugallandi va ayni paytda uchinchisi olib borilmoqda. Tuproqlarni agroximiya jihatidan tekshirishlar va kolxoz-sovxoz dalalarida o’tkazilgantajribalar natijasida ko’plab mineral to’plangan hozirgi vaqtda tuproq-o’simlik sistemasida o’g’itlarning ta’sirini o’rganish darajasi ancha ko’tarildi, O’rta Osiyo zonal agroximiya laboratoriyalarining o’n yildan ziyod ish faoliyatini yakunlash payti keldi. Bunday yakunlashning amaliy ahamiyati shundaki, u agroximiyaviy tadqiqotlarning natijalarini va o’g’itlar ustida dala sharoitida olib borilgan tajribalarga oid ma’lumotlarni muayan sistemaga solishga qaratilgandir. Respublikadagi agroximiya laboratoriyalari o’g’itlarni qo’llanishning optimal planlarini tuzib chiqishda qishloq xujalik mutaxasislariga amaliy yordam ko’rsatadi. Bunda ularning samaradorligini aniqlaydigan omillar hisobga olinadi. Bunday planlar endilikda iqtisodiy matematika usullari vayelektron-hisoblash texnikasini qo’llangan holda ishlab chiqilmoqda. O’g’itlarning taqsimotini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqish masalalari olimlarning diqqat markazida bo’lmog’i kerak. Fan va texnikaning hozirgi zamon taraqqiyot darajasi bu jarayonni avtomatlashtirishniag agroximiyaviy kartogrammalarning ko’rsatkichlariga qarab o’g’itlarning taqsim qilinishini elektron - hisoblash mashinalari vositasida programmalash zarurligini taqazo yetadi. Mazkur umumlashtirilgan material paxtayailikda o’g’itlardan foydalanishni asosiy ravishda planlashtirishga imkon beradi va O’rta Osiyo respublikalari qishloq xo’jaligini ximiyalashtirishga oid hozirgi hamda kelajakdagi masalalarini hal qilishda ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. Nazorat savollari: 1. Fanning maqsadi, asosiy vazifalari nimalardan iborat?. 2. Tuproqni agrokimyoviy xaritalash va o’g’itlardan diferensial foydalanishning deyilganda nima tushuniladi?. 3. Agrokimyo xizmatini mukamallashtirish va takomillashtirish yo’llari respublikamizda qanday amalga oshmoqda ? Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling