Kirish. Tuproqni agrokimyoviy xaritalash va o’g’itlardan diferensial foydalanish fanining maqsadi, vazifasi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1230875
  1   2   3
Bog'liq
1-maruza def



Kirish. Tuproqni agrokimyoviy xaritalash va o’g’itlardan diferensial foydalanish fanining 
maqsadi, vazifasi. 
Reja 
1. Fanning maqsadi, asosiy vazifalari. 
2. Tuproqni agrokimyoviy xaritalash va o’g’itlardan diferensial foydalanishning tarkibiy qismlari. 
3. Agrokimyo xizmatini mukamallashtirish va takomillashtirish yo’llari. 
 
Tayanch so’zlar: Agroximikatlar, O’zkimyosanoat, kompaniya, struktura, agrokimyogar, 
agrokimyo xaritanoma, defferensial ,ekologik muammolar. Xizmat ko’rsatish to’g’risida tushuncha. 
Davlat agrokimyoviy xizmat. Agrokimyoviy xizmat ko’rsatish. Xo’jalikning agrokimyoviy markazi, 
kimyolashtirish punkti, agrokimyoviy markaz, o’simliklarni ximoya qilish vositalari. kartografiya, 
radiologiya va toksikologiya, dala tajribasi. 
 
1.O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng xalk xo’jaligining barcha sohalaridagi
kabi dehqonchilik sohasida ham yangi tizimlar, ya’ni dehqon-fermer, agrofirma va boshqa tizimlar paydo 
bo’ldi. O’zbekiston hukumati dehqonchilikni rivojlantirish uchun fan yutuqlari va ilg’or tajribalarni keng 
joriy etish yuli bilan ko’proq dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish hamda tuproq unumdorligini va 
madaniyligini oshirishga katta e’tibor berib kelmokda. 
Mustaqil respublikamizda dehqonchilik xalq xo’jaligining yetakchi tarmog’i hisoblanadi. Shuning 
uchun ham mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish uchun bir qator 
qonunlar qabul kilindi va oliy majlis sessiyalarining kun tartibiga kiritildi. 
Dehqonchilik qonuniyatlari tabiat qonunlari jumlasiga kiradi. Dehqonchilik ilmiy asoslangan aniq tizim 
asosida boshqarishni talab etiladi. 
Belgilangan chora – tadbirlar tizimida ekinlarga mineral o’g’itlarni qo’llash masalalariga alohida e’tibor 
berildi, chunki o’g’itlar ekinlar hosildorligini oshirishdagi eng kuchli vositadir. Ammo, ekinlar hosildorligi 
tuproqqa kiritiladigan o’g’itlarning yalpi miqdori bilan emas, balki ulardan oqilona foydalanish hisobiga 
oshiriladi. Bu o’rinda o’g’it qo’llash tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish alohida ahamiyat kasb 
etadi. Chunki,Respublikamizda 4,280 mln. gektar maydonga dehqonchilik qilinadi. Bu dalalariga
o’g’itlardan unumli foydalanish yuqori va sifatli mahsulot yetishtirish davr talabi hisoblanadi.
O’g’itlardan foydalanib qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishda o’simliklarning biologik 
xususiyatlarini bilish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, almashlab ekishni to’g’ri tashkil etish, 
agrokimyoviy haritanomadan unumli foydalanish kabi tadbirlar muhim ahamiyatga ega. 
Qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan ekinlarga o’g’it me’yorlarini belgilashda ilmiy – tadqiqot 
institutlarida amalga oshirilayotgan tajribalarning natijalaridan va ishlab chiqarish ilg’orlarining 
yutuqlaridan samarali foydalanish zarur. 
Albatta bu borada bir qator ishlar amalga oshirildi, lekin, o’tgan davr ichida o’g’itturlari tubdan 
o’zgardi, sifati yaxshilandi, tuproq xususiyatlarida sezilarli siljishlar ro’y berdi, ekinlarning oziq 
elementlariga talabchan va yuqori hosilli navlari yaratildi, qaysiki, o’g’itlash tizimiga ma’lum bir 
tuzatishlar kiritishni taqozo qiladi. 
Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida o’g’it qo’llash tizimining rivojlanishi D.N.Pryanishnikov, 
L.I.Golodkovkiy, N.K.Balyabo, .A.Kudrin,V.I. Sivinskiy, M.A. Belousov, I.I. Madraimov, P.V. 
Protasov, N.P. Malinkin, I.N. Niyozaliyev, T.P. Piroxunov, B.I. Isayev, J.S. Sattorov, Ergashev. X.T, 
Risqiyeva, Samarqand qishlok xo’jalik instituti olimlari F.H.Hoshimov, K.M.Mo’minov kabi bir qator 
taniqli agrokimyo sohasining yetuk olimlarining nomlari bilan bevosita bog’liqdir. 
Hozirgi davrda respublikamizda o’g’it qo’llash tizimini yanada rivojlantirish uchun barcha shart-
sharoitlar mavjud bo’lib, sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida qator oralariga ishlov beriladigan 
ekinlarni yetishtirilishi, dehqonchilikni mineral o’g’itlar bilan ta’minlash uchun imkoniyatlarning 
mavjudligi, o’simliklarni oziqlanish masalalari bilan shug’ullanuvchi ilmiy muassasasa va 
xodimlarning yetarliligi shular jumlasidandir. 



O’simlikka yetarli darajada o’sish uchun zarur bo’lgan sharoit va oziqalar bilan ta’minlanganda 
yuqori hosil berish xususiyatiga ega bo’ladi. Lekin Respublikamizda dehqonchilik qilinayotgan 
maydonlarning 30 foizi har xil darajada dehqonchilikka yaroqsiz holatda. Bundan tashkari o’g’itlarni 
noto’g’ri qo’llanishi evaziga tuproq shurlanishi paydo bo’lmoqda . O’g’it qo’llash tizimi shu holatni 
o’rganib har bir sharoit uchun alohida tadbirlar, o’g’it me’yorlari ishlab chiqib o’g’it turi, o’g’itlash 
muddati va usullarini belgilab yuqori hosildorlikka erishish tadbirlarini ishlab chiqadi.
Paxtachilikni rivojlantirishning o’lkan rejasini belgilab berdi. O’ninchi besh yillikda 
mamlakatimizda yillik paxta etishtirish hajmini hosildorlikni oshirish yo’li bilan amalga 
oshiriladi.To’qqizinchi besh yillik mobaynida paxtaning o’rtacha yillik hosildorligi sakkizinchi besh 
yillikka nisbatdan 13 %dan ziyodroq ko’tarildi. 
Uninchi besh yillikda paxtachilikni taraqqiy yettirishning asosiy yo’nalishlari g’o’za-beda 
almashlab ekishni poyoniga yetkazishdan, kasalliklarga bardoshli, tolasi yuqori sifatli g’o’za navlarini 
fermer xo’jaliklarda joriy etish, g’o’zani parvarish qilish. 
Sug’orish va yig’im-terimni mexanizasiyalash darajasini yuksaltirishdan iborat bo’ladi. 
O’zbekiston - mamlakatning eng yirik paxtakor rayonlaridan biri. 1980 yilga borib 
respublika xo’jaliklarda paxta etishtirish hajmini oshirib borish, Qarshi cho’lida 
ingichka tolali paxta etishtirishga ixtisoslashtirilgan yangi yirik tuman barpo etish mo’ljallanmoqda, 
Jizzax cho’lini o’zlashtirish ishlari avj oldirib yuboriladi. 
Boshqa paxtakor respublikalarda ham tobora ko’p durdona yetishtiriladi. Chunonchi, 1980 
yilga borib Turkmaniston paxta etishtirishni 1,2 million tonnaga Tojikiston 900 ming tonnaga, 
Ozarbayjonda 600 ming tonnaga yetkazish mo’ljallanadi. Paxta etishtirish hajmi Qozog’iston va 
Qirg’izistonda xam ko’paytirildi.
1964 yilgacha qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga agrokimyoviy xizmat ko’rsatishni kishloq 
xo’jaligining ishlab chiqarish boshqarmasining tuman agrokimyoviy laboratoriyasi olib bordi. 
1964 yildan boshlab Sobiq SSSR da xukumat qaroriga muvofiq qishloq xo’jaligida yagona 
davlat agrokimyoviy xizmati tashkil etildi. 1980 yilda 206 ta ZAL tashkil etildi. O’zbekistonda 12 ta 
ZAL (zonal agrokimyoviy laboratoriya) tashkil etildi. 
Agrokimyoviy xizmat mamlakatimizda tarmoqlangan agrokimyoviy laboratoriyalari bo’lgan 
yagona markazlashgan ilmiy-uslubiy ko’llanmaga hisoblanadi. 
Kishloq xo’jaligidagi agrokimyo xizmati quyidagi zvenolardan tashkil topgan : 
1. Qishloq xo’jaligiga agrokimyoviy xizmat ko’rsatish bo’yicha davlat ishlab chiqarish ilmiy 
birlashmasi. 
2. Viloyatlardagi, 
o’lkalardagi, muxtor jumxuriyatlaridagi qishloq 
xo’jaligiga 
agrokimyoviy 
xizmat 
ko’rsatish 
bo’yicha 
ishlab 
chiqarish 
birlashmasi. (qishloq xo’jaligini kimyolashtirish). 
3. Qishloq xo’jaligiga agrokimyoviy xizmat ko’rsatish bo’yicha tuman (tumanlararo) ishlab 
chiqarish birlashmasi. 
4. Ilmiy-tekshirish tashkilotlari, qishloq xo’jaligini kimyolashtirishni 
loyihalashtirish stansiyalari jumhuriyati, viloyat o’lka zonal agrokimyoviy laboratoriyasi. 
5. Kimyolashtirish 
xo’jalik 
punktlaridan 
iborat 
edi. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgan Prezidentimiz I.Karimov farmoni bilan 
O’zAgrokimyota’minot birlashmasiga aylantirildi va uning barcha tarmoqlari yangi birlashma 
ixtiyoriga berildi. 
Davlat (mamlakat) agrokimyoviy xizmati: 
- Xo’jaliklar yerlarini agrokimyoviy holatini tekshirish. 
- Tuproq, o’simlik va o’g’itni kerakli ommaviy analizlarini bajaradi. 
- O’g’itlarni rasional qo’llash bo’yicha tavsiyaiomalar ishlab chiqish. 



- Tayyorlanayotgan yem -xashaklarning oziqa qiymmatini aniqlaydi. 
- Yem-xashaklarni 
ishlatish 
bo’yicha 
xo’jaliklarga 
kerakli 
tavsiyalar 
beradi. 
- Xo’jaliklarda 
o’g’itlar 
va 
kimyoviy 
meliorasiyalash 
vositalarini 
to’g’ri 
ko’llanishini nazorat qiladi. 
- Qishloq xo’jaligida qo’llanilayotgan o’g’itlar va boshqa kimyoviy 
moddalarni sifatini aniqlash. 
- Qishloq 
xo’jaligini 
kimyolashtirishni 
iqtisodiy 
samaradorligini 
aniklaydi. 
- Arbitraj analizlarni bajaradi. 
- Qishloq 
xo’jalagiga 
yuboriladigan 
mineral 
o’g’itlar va kimyoviy 
meliorantlar sifatini nazorat qiladi. 
1974 yildan boshlab atrof muhitni va hosilni pestisidlar bilan ifloslanishini nazorat qilish 
sistemasini ishlab chiqdooqda. 
Agrokimyoviy xizmat ko’rsatish ZAL quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: 
1) Agrokimyoviy tekshirish. 
2) O’g’itlar 
bilan 
dala 
tajribasi 
qo’yish 
va 
ulardan 
samarali 
foydalanish 
bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 
3) Yopiq grunt bilan ishlash bo’limi. 
4) Yem-xashak va o’simlik mahsuloti sifatini baholash. 
5) Iqtisodiy tekshirishlar. 
6) Loyihalash-smeta bo’limi. 
7) Qishloq xo’jaligi radiologiyasi va taksikologiyasi. 
8) Kartografik guruh 
Zonal agrokimyoviy laboratoriyalar (ZAL) analizlarini 5 yilda bir marta O’rta Osiyoning lalmikor 
yerlarida esa 6-8 yilda bir marta o’tkazadi. Bunda namunalar quyidagicha olinadi. 
1- namuna – 1tadan 10-24 gektardan olinib 18-20 individual namunadan iborat bo’ladi. Laboratoriya 
sharoitida quyidagi analizlar olinadi. 
1. Harakatchan fosfor. 
2. Almashinuvchi kaliy. 
3. Chirindi 
4. Kislotalik 
5. Azot 
6. Singdirilgan asoslar yig’indisi. 
Agrokimyoviy laboratoriya quyidagi asosiy ishlarni bajaradi: 
- Qishloq xo’jalik yerlarini agrokimyoviy tekshirish . 
- Tuproq, o’g’it va o’simlikni ommaviy analiz qilish. 
- O’g’itlarni 
samaradorligini 
o’rganish 
bo’yicha 
dala 
tajribalarini 
o’tkazish 
va 
ularni 
xo’jalikda 
rasional 
ishlatish 
bo’yicha 
tavsiyanoma 
berish. 
- Tayyorlanayotgan yem-xashaklarni oziqa qimmatini analiz qilish. * 
- O’g’ntlarni 
to’g’ri 
ishlatishni 
va 
tuproq 
meliorasiyasi 
vositalarini 
nazorat qilish. 
- qishloq xo’jaligida ko’llanilayotgan o’g’itlar sifatini aniklash. 
- O’g’itlarni qo’llashni ikdisodiy samaradorligini aniklash. 
- Qishloq 
xo’jalik 
yerlarini 
agrokimyoviy 
tekshirish 
o’g’itlar 
bilan 
qo’yilgan dala tajribasi ma’lumotlarini umumlashtirish. 
Laboratoriya analizlari natijasida tuproq kartasi tuziladi. Tuproqkartasi: 1:25 000, 1:10 000, 1:5 000, 1: 
2 000 masshtabda bo’ladi. Tuproq xaritasidan tashkari xo’jalik tuproqlarining. 
1) agrokimyoviy Xaritanoma 
2) agrokimyoviy 
ocherk 
tuziladi 
va 
shu 
asosida 
tuproqlarning 
agrokimyoviy 
harakteristikasi 
beriladi 
va 
o’g’itlar 
qo’llash 
to’g’risida 
tavsiyanoma 



beriladi. 
Hosilni hisoblash, tuproqdi, o’simlikni analiz kilish, olib chiqishni aniqdash tuprokni 
agrokimyoviy ko’rsatkich bilan o’g’it samaradorligi o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlaydi. Bitta ZAL 
bir yilda 25-30 ta dala tajribalari o’tkaziladi. 
Qishloq xo’jaligiga agrokimyoviy xizmat ko’rsatish markaziy instituti 1969 yilda Markaziy nazorat 
agrokimyoviy laboratoriyasi bazasi tashkil etildi. 
Agrokim yovi y xizmat ko’rsatishning eng yaxshi formasi ixtisoslashtirilgan bo’limlar 
hisoblanadi. Ular bevosita kobul kilish, saqlash, mo’ljallangan joyga olib borish, tuproqqa mineral 
o’g’itlarni qo’llash, qolgan o’g’itlarni tayyorlash va qo’llash, kimyoviy meliorasiya va o’simliklarni 
ximoya kilish vositalarini qo’llash bilan shug’ullanadi. Bunday bo’linmalarga mexanizasiyalashtirilgan 
unumdorlik otryadlari: xo’jalik va xo’jaliklararo kimyolashtirish punktlari: kishloq xo’jalik aviasiyasi: 
qishloq xo’jaligiga agrokimyoviy xizmat ko’rsatish bo’yicha tuman ishlab chiqarish birlashmasi, 
xo’jaliklar ishlab chiqarish brigadalari va bo’limlari misol bo’ladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling