Kirish. Tuproqni agrokimyoviy xaritalash va o’g’itlardan diferensial foydalanish fanining maqsadi, vazifasi
XO’JALIKNING AGROKIMYoVIY MARKAZI
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza def
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo’jalikda agrokimyo xizmati
XO’JALIKNING AGROKIMYoVIY MARKAZI.
Xo’jalikning ximizasiya punktida mexanizasiyalashgan (tarozilar va o’g’it aralashtirgich qurilmalari mavjud) ombor bo’lishi kerak. Ximizasiya punktining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat. - mineral va maxaliy o’g’itlardan shuningdek , o’simliklarni ximoya qrlish vositalaridan samarali foydalanishini ta’minlash. - o’g’it aralashmalar va zaharli dorilar eritmalarini tayyorlash - o’g’itlar solish, ekinlarni gerbisidlar va zaharli preparatlar bilan dorilash. - ZAL mutaxassislari raxbarligida, o’g’itlar ustida dala sharoitida tajribalar o’tkazish. - Xo’jalikning o’g’itlarga bo’lgan extiyojini aniqlash. - Keltirilayotgan o’g’itlarni hisobga olishni xamda ulardan tuproqlarning agrokimyoviy ta’rifi va plandagi xosilga qarab ekinlar va dalalarda foydalanishni tashkil qirish. Xo’jalikdagi ximizasiya punktida agroximiya xizmati sistemasining so’ngi ishlab chiqarish zvenosi hisoblanadi. Ximizasiya punkti xo’jalik ichidagi ixtisoslashgan bo’linma hisoblanib, o’g’itlarni taqsimlash, qabul kilish, saklash, tayorlash va dalalarga yetkazib berish vazifalarini bajaradi. O’g’itlarni agroximiya kartogrammalari asosida o’z vaqgida xamda tabaqalashtirib ishlatilishi ustidan nazorat qilish xam punkt vazifasidir. Yerga solingan har kilogramm azot hisobiga 10,4-13,5 kg dan paxta olindi. Shuni qayd qilish o’rinliki, O’zbekiston xo’jaliklarida azotli o’g’itlardan eng unumli foydalanildi. Chunonchi, 1976 yili har 1kg azot hisobiga O’zbekistonda 13,5kg, Tojikistonda 11,0 va Turkmanistonda 10,5 kg dan paxta olindi. O’zbekiston xo’jaliklarda o’g’itlarni qo’llanish tajribasida O’rta Osiyoning boshqa respublikalarida undan yanada samaraliroq foydalanishga imkon beradigan rayel rezervlar mavjudligini ko’rsatadi. O’g’itlardan samarali foydalanish ko’p jihatdan ulardagi oziq moddalarning ilmiy asosdagi nisbatini hamda tuproqlarning agroximiyaviy ta’rifini aniqlashga bog’liq. O’g’itlarning yillik normalarida azot, fosfor, kaliyningnisbatini fosforni oshirish hisobiga yaxshilash O’zbekiston xo’jaliklarida hosilning ko’payishiga hamda har 1 tonna paxtaga qilinadigan sarflarning kamayishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Agar 1967-1969 yillari har gektar yerga 217 kg azot, 106 kg fosfor va 22 kg kaliy ishlatilganda 1 tonna paxtaga 89 kg azot sarflangan bo’lsa, 1973-1976 yillari 225 kg azot,135 kg fosfor va 39 kg kaliy ishlatilganda 1 tonna paxtaga azot sarfi 75 kg gacha kamaydi. Shunday qilib, xo’jalikda agrokimyo xizmati deyilganda – kompleks tashkiliy – xo’jalik, agrotexnikaviy va agrokimyoviy ishlar, ya’ni ma’lum tuproq– iqlim sharoitida mahalliy va mineral o’g’itlarni to’plash, saqlash va ulardan samarali foydalanib, tuproq unumdorligini oshirish va qishloq 5 xo’jalik ekinlaridan yuqori sifatli hosil yetishtirish tushuniladi. Xo’jalikda agrokimyo xizmati xo’jalikda dehqonchilik tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi: Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling