Kirish Turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari va vazifalari
Turizmni rivojlantirishga doir talab va takliflar
Download 44.49 Kb.
|
kurs ishi turizm
Turizmni rivojlantirishga doir talab va takliflar
Yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar negizida Vatan, xalq manfaati turibdi. Barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilyapti. Bunday ijobiy o‘zgarishlar, rivojlanishni yangi bosqichga ko‘tarish uchun, hammamiz o‘z vazifamizni chin yurakdan ado etishimiz, fidoyi bo‘lishimiz lozim. Turizm sohasini rivojlantirish va sayyohlar sonini oshirish borasida soha mutaxassisi sifatida takliflarim quyidagicha: - Turizm sohasida faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlarni berish hamda yer oldi-berdi ishlari yengillashtirilib, jahon andozalariga javob beradigan mehmonxonalar sonini ko‘paytirish, shu orqali raqobatni kuchaytirish, mehmonxona narxlarini arzonlashtirish. Chunki turpaketlar narxi oshgan sayin, yurtimizga keladigan sayyohlar soni ham pasayib boradi. Buning natijasida ular ancha arzon narxlarga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarga borishni afzal ko‘rishadi. - «O‘zbekiston havo yo‘llari» bilan kelishgan holda, aviabiletlarni onlayn xarid qilishni yo‘lga qo‘yib, shaffof onlayn xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish taklifi ham juda dolzarb masala. Rivojlangan mamlakatlarda aviakassa tushunchasi kundalik hayotda hech qachon ishlatilmaydigan so‘z. Turizm taraqqiy etgan biror bir davlatda hech kim aviakassaga borib aviachipta xarid qilmaydi. Biror mamlakatga borgisi kelgan odam uyini tark etmagan holda hamma ishlarini kompyuterdan turib bajaradi. Ko‘pgina yevropaliklar mendan: «Nega sizlarda «O‘zbekiston havo yo‘llari» rasmiy veb-sahifasidan onlayn chipta sotib olishning imkoni yo‘q?», deb so‘rashadi. Agarda reys amalga oshmay qolsa, aviakompaniya veb-sahifasida bu haqda hech qanday ma'lumot berilmaydi. Menimcha, agarda bu yo‘nalishda ham islohotlar olib borilsa, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarning soni keskin oshadi. - «O‘zbekiston temir yo‘llari»da ham biletlarni onlayn sotib olish tizimini yana ham mukammallashtirilsa, nur ustiga a'lo nur bo‘lardi. Qolaversa, «Afrosiyob» tezyurar poyezdiga yirik sayyohlik guruhlariga biletlarni sotib olish ancha mushkul ish. 40 kun qolganda tizimda biletlarni sotib olish imkoni bo‘ladi. Lekin kassaga borsang, biletlar soni allaqachon cheklangan. - Yaqinda Toshkent shahridagi Islom Karimov nomli xalqaro aeportga Frankfurtdan uchib keldim. Ahvol ilgariga nisbatan ancha yaxshilangan. Navbatda ko‘p turmaysiz, chet el fuqarolariga alohida xizmat ko‘rsatuvchi darcha mavjud, umuman olganda, muhit ancha ijobiy holatda. Lekin jomadoningni naq bir soat kutasan. Xudo ko‘rsatmasin, Frankfurt reysi bilan bir vaqtda Rossiya va Turkiya reyslari ham qo‘nsa, urdi xudo... Sayyohlarning aksariyati «olijanob», naq ikkita reys chiqib bo‘lgach, keyin chiqishadi. Shuning uchun sayyohlar uchun samolyotdan tushgan zahoti alohida yashil yo‘laklar yaratilsa va ular qanaqa reys bir vaqtda kelishidan qat'i nazar, tezroq aeroportni tark etishga imkoni bo‘lsa, ushbu sohani rivojlantirishda ancha ijobiy natijaga erishgan bo‘lar edik. - Men shu Vatanni sevib ardoqlovchi barcha fidoyi yurtdoshlarim singari O‘zbekistonni rivojlanishi tarafdoriman va bunda, albatta, yurtimiz tinchligi hamma narsadan ustun, deb bilaman. Bu borada mamlakatimizda barcha chora-tadbirlar ko‘rilgan. Lekin shunday bo‘lishiga qaramasdan, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarga bir davlatdan bizning yurtimizga chegara orqali o‘tayotganda ular uchun ham alohida tizim yaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ya'ni, ularni cho‘chitmasdan tekshiruvdan o‘tkazib, ozroqqina xushmuomalalik bilan chegaradan o‘tkazish. - O‘zbekistonni turistik davlat sifatida yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan soha mutaxassislari bilan hamjihatlikda O‘zbekiston to‘g‘risida bitta ixcham «sayyohlar uchun qo‘llanma» tayyorlanib, uni barcha tillarga tarjima qilib, arzon narxda yoki agarda imkoni bo‘lsa, bepul chet sayyohlik firmalariga tarqatish. (Har gal Yevropada bo‘lsam, albatta kitob do‘konlarida soatlab vaqt o‘tkazaman, afsuski O‘zbekiston to‘g‘risida birorta sifatli fotoalbom yo‘q. Butun dunyo mamlakatlari (mubolag‘asiz) to‘g‘risida kitoblar mavjud. Albatta O‘zbekiston to‘g‘risida sayyohlar uchun qo‘llanmalar 3–4 ta bor, lekin uni o‘zbeklar emas, yurtimizga kelib ketgan sayyohlar yoki chetdan kelgan soha vakillari o‘zi bilganicha yozishgan). - O‘zbekiston haqida qiziqarli ma'lumotlar bilan fotoalbomni turizm sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda (ularning g‘oyalari bilan) nashrga tayyorlab, turli tillarda yuqori sifatda chop etish. Uning narxi qimmat bo‘lmasligi zarur va O‘zbekistonda barcha kitob do‘konlari hamda sayyohlar tashrif buyuruvchi do‘konlarda sotishni yo‘lga qo‘yish. Bu loyiha ustida ijodiy guruhim bilan hozirda ishlamoqdaman. - Yurtimiz, urf-odat va an'analarimiz, milliy qadriyat va boy tarixiy merosimiz haqida hujjatli va badiiy filmlar konkursi e'lon qilinsa va eng saralarini rag‘batlantirib, ular yaratgan filmlarni ingliz, nemis va boshqa tillarga dublyaj qildirib, xalqaro konkurslarda qatnashsak, sayyohlar soni oshishi tayin. - Yilning eng go‘zal va tartibli xonadoni, ko‘chasi, mahallasi, qishlog‘i, tumani, shahri, viloyati ko‘rik tanlovlari e'lon qilinsa va har yili ularni rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilsa, bizning tanti va tirishqoq yurtdoshlarimiz o‘z yashab turgan joyini yaqin yillarda «jannat»ga aylantirib yuborishi aniq. Rivojlangan Yevropa davlatlarida bu juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Germaniyada har yilgi tanlovda ko‘p joylar mahalliy aholi tashabbusi bilan obodonlashtiriladi. Shuning uchun Germaniyaning qaysi qishlog‘i yoki shahriga borsang, ko‘zing quvonadigan darajada hamma joyni bezab qo‘yibdi. Bu esa, o‘z navbatida, sayyohlarni o‘ziga jalb etishi tayin. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-fevral kuni videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Unda xorijiy turistlar oqimini ko'paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo'yicha ko'rilayotgan choralar natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 2-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga muvofiq, sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmog'i sifatida belgilandi. Prezidentning 2017-yil 16-avgustdagi qarori bilan 2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Joriy yil fevral oyining o'zida Prezidentning shu sohaga doir 4 ta muhim hujjati qabul qilingani davlatimizning turizm rivojiga yuksak e'tiboridan dalolat bo'ldi. Ushbu hujjatlar bilan sohada yig'ilib qolgan muammolarni hal etish, turizm salohiyatini oshirish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilandi, ichki turizmni yanada rivojlantirishga ko'plab imtiyozlar, yengilliklar berildi. Shavkat Mirziyoyev turizmning iqtisodiyotdagi o'rnini alohida ta'kidlab, mamlakatimizda bu boradagi ahvol va sohani rivojlantirish bo'yicha ko'rilayotgan choralar samaradorligini birma-bir tahlil qildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi va uning mintaqaviy tuzilmalari shtat birliklari oshirilgani, hududlarda turizm departamentlari va boshqarmalari, hokim o'rinbosarlari lavozimlari tashkil etilgani mazkur tashkilotlarning imkoniyatlarini kengaytirdi. Joriy yilning 10-fevralidan boshlab Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Isroildan kelayotgan turistlarga mamlakatimizda 30 kungacha vizasiz bo'lishga ruxsat berildi. Bundan tashqari, 39 mamlakat fuqarolariga viza berish tartibi soddalashtirildi. 2018-yil 1-iyuldan elektron vizalar joriy qilinadi. Yig'ilishda elektron viza tizimini belgilangan muddatda to'liq ishga tushirish, jahon tajribasini o'rgangan holda bu tizimni yanada soddalashtirish va xorijiy turistlar kelishi tartibini muntazam yengillashtirib borish bo'yicha topshiriqlar berildi. Turistlar mamlakatimizga kelgandan so'ng yashash joyi bo'yicha 3 kun ichida ro'yxatdan o'tishi zarurligi ularga noqulaylik tug'dirayotgani qayd etildi. Sayyohlar xavfsizligini ta'minlash huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning vazifasi bo'lishi kerakligi ta'kidlandi. Turist sayohat qilishi, ichki ishlar idoralarida sarson bo'lmasligi kerak. Agar biz turizm hisobiga ish o'rinlari ochamiz desak, turistga shart qo'yish emas, balki sharoit yaratishimiz zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu bois ro'yxatga olish tizimini to'liq elektron shaklga o'tkazish, bu masalani ichki ishlar idoralari, mehmonxonalar, davolash muassasalari, xususiy uylar va shu kabi joylashtiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning majburiyati sifatida belgilash, turistlarni bunday tashvishdan xoli qilish yuzasidan ko'rsatmalar berildi. Yig'ilishda 2017-yilda O'zbekistonga qariyb 2 million 700 ming turist tashrif buyurgani aytildi. Bu ko'rsatkich sifat jihatidan tahlil qilinib, qarindoshlarini ko'rish, davolanish, o'qish yoki tijorat kabi maqsadlarda kelayotganlar ko'pchilikni tashkil etishi ta'kidlandi. Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda, turizmning barcha istiqbolli yo'nalishlarida sayyohlar sonini ko'paytirish, turizm xizmatlari real eksportini 5 yil ichida kamida ikki barobar oshirish vazifasi qo'yildi. Turizm salohiyatini oshirishda aviaqatnovlarning tutgan o'rniga alohida e'tibor qaratildi. Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotiga ko'ra, dunyo bo'ylab sayyohlarning qariyb 60 foizi eng qimmat ekaniga qaramasdan, havo transportidan foydalanadi. "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasining bu boradagi sustkashligi qattiq tanqid qilindi. Aviachiptalar narxini optimallashtirish, yangi reyslar ochish, tranzit yo'lovchilarni tashish imkoniyatini oshirish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish bo'yicha natijali ish olib borilmayapti. Shundan kelib chiqib, "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi oldiga qator vazifalar qo'yildi. Ularga muvofiq, aviakompaniya tizimiga zamonaviy marketing joriy etiladi, dunyo aeroportlarida mavjud bo'lgan maxsus moslamalar, mobil aloqa vositalari yordamida aviachipta sotib olish imkoniyatlari yaratiladi. Chet el tajribasini o'rganish asosida "Qarshi" aeroportida "Ochiq osmon" rejimi joriy qilinib, sayyohlarga keng erkinlik yaratilmoqda. Kelgusida shunday tizim Andijon, Nukus va Navoiy aeroportlarida ham qo'llanadi. Yig'ilishda qayd etilganidek, 30 kungacha viza olish bekor qilinganidan keyin ikki kun ichida Isroildan O'zbekistonga kelish uchun iyun oyigacha bo'lgan aviachiptalar sotib bo'lingan. Shu bois viza rejimi bekor bo'lgan davlatlardan qatnovlar soni oshiriladi, Toshkent shahridan tashqari Buxoro, Samarqand, Urganch, Navoiy va Qarshi shaharlariga ham to'g'ridan-to'g'ri reyslar ochiladi. Prezident sayyohlarning kayfiyatiga ta'sir qiladigan eng kichik jihatlargacha e'tibor qaratdi. Aeroportlar zallaridagi chiroqlar xiraligi, pasport nazorati kabinalari to'liq ishlamasligi, uzundan-uzoq sun'iy navbatlar, taksi xizmati ko'rsatuvchi xususiy avtomobil egalarining tartibsizligi kabi holatlarni yaxshilash bo'yicha ham topshiriqlar berildi. Turizmda mavsumiy davrni uzaytirish, ko'rsatiladigan xizmat turlarini ko'paytirish va turizm infratuzilmasini yaxshilash masalalari muhokama qilinar ekan, mehmonxonalarning asosiy qismi Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida ekani, turistlar oqimi oshgan davrda ularda ham joy yetishmasligi qayd etildi. Mehmonxonalarni ko'paytirish, shu bilan birga, bu yo'nalishda xususiy joylashtirish obyektlari va mehmon uylari tashkil etish, tadbirkorlarga yer ajratish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Sayyohlar tashrif buyuradigan maskanlar va avtomagistral yo'llar bo'yida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini ko'paytirish zarurligi ta'kidlab o'tildi. Madaniy meros obyektlariga kirish tizimini takomillashtirish, turniketlar, videokameralar va yo'l ko'rsatkichlari o'rnatish, axborot markazlari tashkil etib, ularda turistlarni qiziqtiruvchi barcha xizmatlarni yo'lga qo'yish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Yig'ilishda yangi xizmat va savdolar tashkil etish orqali valyuta tushumini ko'paytirish masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Xususan, suvenirlar ishlab chiqarish va ularni maxsus kiosklarda sotish, aeroportlarda faoliyat yuritadigan "Duty Free", "Tax Free" tizimidagi savdo shoxobchalarini turistik shaharlarda ham ochish, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda avtomobil ijarasi markazlari va Wi-Fi zonalar tashkil etish zarurligi ta'kidlandi. Qadimiy shaharlarda tunu kun ishlaydigan sayyohlik hududlari, "Qadimiy Buxoro" va "Samarqand siti" turistik zonalari tashkil etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti tinglandi. Videoselektor yig'ilishida ichki turizmni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Xalqimiz, ayniqsa, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va kam ta'minlangan oilalar vakillarining mamlakatimiz hududlariga sayohatlarini an'anaga aylantirish, tashkilotlar kasaba uyushmalari mablag'larida sayohat uchun xarajatlar ulushini ko'paytirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Ziyorat turizmi bo'yicha mamlakatimizning salohiyati juda yuqori. Bu yo'nalishda zarur qulayliklar yaratish maqsadida Din ishlari bo'yicha qo'mita tarkibida Ziyorat turizmini qo'llab-quvvatlash bo'limi tashkil etildi, Malayziya, Turkiya, Indoneziya kabi davlatlar uchun vizasiz rejim joriy qilindi. Yig'ilishda bu boradagi imkoniyatlardan to'la foydalanilmayotgani, bir qator ziyoratgohlar qarovsiz ahvolda ekani qayd etildi. Yurtimizda islom dunyosida tan olingan allomalarning maqbaralari, tabarruk qadamjolar ko'p, dedi Shavkat Mirziyoyev. Masalan, turli viloyatlarda Naqshbandiya tariqatini targ'ib qilgan 12 ulamoning qabri bor. Biz hozir ularning 8 tasi, ya'ni Buxorodagi "Etti pir" va Samarqanddagi "Xo'ja Ahror Valiy" ziyoratgohlarini obod qilyapmiz. Lekin Surxondaryodagi Muhammad Zohid Buxoriy, Alovuddin Attor va Qashqadaryodagi Muhammad Darvesh, Muhammad Imganakiy maqbaralari ta'mirga muhtoj. Shundan kelib chiqib, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimlariga ushbu qadamjolarni obodonlashtirish, ularga olib boruvchi yo'llar holatini yaxshilash, ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratish bo'yicha topshiriqlar berildi. O'zbekiston turizm brendini xorijda targ'ib qilish masalasi ham tahlil qilindi. Mamlakatimiz investitsiya, savdo va turizm salohiyatini o'zaro muvofiqlashtirib, yagona brend ostida reklama qilish zarurligi ta'kidlandi. Milliy teleradiokompaniya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi zimmasiga O'zbekistonning turizm salohiyatini kecha-kunduz targ'ib qiluvchi, sayohatga oid turli qiziqarli ko'rsatuvlar namoyish etib boruvchi xalqaro telekanal tashkil etish vazifasi yuklandi. Xorij davlatlaridagi elchilar mamlakatimiz, milliy qadriyatlarimizning targ'ibotchilari bo'lishi, bunga chet eldagi vatandoshlarimiz ham hissa qo'shishi zarurligi ta'kidlandi. Turizm rivoji uchun zarur sharoitlar yaratishga doir ustuvor yo'nalishlar belgilab berildi. Soha mutasaddilari, mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilari va joylardagi rahbarlarning hisobotlari tinglandi. 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi turizm sohasini rivojlantirishning maqsadlari turizmni milliy iqtisodiyotning strategik sohasiga aylantirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini oshirish hamda turistik infratuzilmani, shu jumladan xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va samarali reklama-marketing ishlarini olib borish evaziga takomillashtirish orqali ilovada ko‘rsatilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish. Turizm sohasini rivojlantirishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: 2019 — 2020-yillarda — turizmni rivojlantirish uchun mustahkam qonunchilik bazani yaratishga qaratilgan institutsional islohotlar, infratuzilmani modernizatsiyalash va mamlakat brendini targ‘ib qilish; 2021 — 2025-yillarda — mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini ko‘paytirish. Ushbu yo‘nalishda zarur infratuzilmani rivojlantirish va dunyo bozorida respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilish orqali mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha (2017-yil yakuni bo‘yicha — 2,3%) yetkazish, shuningdek, 2025-yil yakuniga qadar 9 milliondan ortiq turistlarni, shu jumladan uzoq xorijdan — 2 million turistni jalb qilish belgilab quyilgan. Uzoq istiqbolda O‘zbekiston turizmi milliy iqtisodiyotdagi yutuqlar bilan cheklanib qolmasdan, mintaqa va dunyo turistik xizmatlari bozoriga eng raqobatbardosh davlatlar qatorida kirib borishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqqan. Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, turizm tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ibot qilish, turizm sohasida O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish maqsadida: Quyidagilar o‘rta muddatli istiqbolda turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va izchil amalga oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlarni va o‘zaro bog‘liq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal rivojlantirishning yetakchi kuchiga aylanishi lozim bo‘lgan iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va barqaror rivojlanishning qudratli vositasiga aylantirish, yaratiladigan yalpi ichki mahsulotda, mahalliy byudjet daromadlarida turizmning ulushini ko‘paytirish, ish bilan bandlikni ta’minlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; Turizm industriyasi subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, turizmning rivojlanishidagi barcha to‘siq va g‘ovlarga barham berish, viza va ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan boshqarish va bozorga xos tarzda tartibga solish mexanizmini maqbullashtirish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, turizm sohasida statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish; Turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, respublika hududi bo‘ylab harakatlanishda, turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda turistlar va ekskursantlarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga Download 44.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling