kirish umumiy qism chigitli paxta xaqida umumiy malumot Paxta navlari asosiy qism
Download 182.31 Kb.
|
chigitli paxtaning texnalogik hususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. XULOSA 6. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
CHIGITLI PAXTANING TEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI REJA: 1.KIRISH 2. UMUMIY QISM 2.1 Chigitli paxta xaqida umumiy malumot 2.2 Paxta navlari 3.ASOSIY QISM 3.1 Chigitli paxtaning zichligi, govakliligi haqida malumot 3.2 Chigitli paxtaning asosiy fizik-mexanik xususiyatlari 4. TEXNIUKA XAVSIZLIK QOIDALARI 5. XULOSA 6. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, jumladan qishloq xo‘jaligida erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, paxta va g‘alla yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini va mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligini oshirish, investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2020-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Paxtachilikda bozor tamoyillari joriy etilishi munosabati bilan paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va qayta ishlovchi korxonalarning o‘zaro munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: a) 2020-yil hosilidan boshlab: paxta xomashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi; paxta xomashyosini yetishtiruvchilar (fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar)ga rayonlashtirilgan g‘o‘za navlarini erkin joylashtirish huquqi beriladi; paxta xomashyosi yetishtiruvchilarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi (shu jumladan, urug‘lik paxta uchun amaldagi ustama to‘lash tartibi) saqlab qolinadi hamda bosqichma-bosqich Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urug‘chilik klasterlari hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi; b) paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalari tashkil etiladi. Quyidagilar kooperatsiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin: kooperatsiya a’zolari bilan shartnomalar tuzish orqali paxta xomashyosi yetishtirish yuzasidan kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; kooperatsiya a’zolari tomonidan paxta xomashyosi yetishtirish uchun zarur bo‘lgan mulk komplekslari, texnika, uskuna, transport vositalaridan, paxta tozalash zavodlaridan birgalikda foydalanishni tashkil etish; kooperatsiya va ularning a’zolari o‘rtasida imzolanadigan shartnoma asosida kooperatsiya a’zolarini qishloq xo‘jaligi texnikasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘it, urug‘lik, shuningdek, kimyoviy va biologik himoya vositalari bilan ta’minlash; paxta xomashyosini tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash va tegirmon usulida qayta ishlashni shartnomalarga asosan amalga oshirish va vositachilik shartnomalari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishni tashkillashtirish; kooperatsiya a’zolariga agrotexnika, buxgalterlik, konsalting, vositachilik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish; kooperatsiya bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etish, ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari o‘tkazish; kooperatsiya a’zolari tomonidan ishlab chiqariladigan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlarni birjada yoki birjada shakllangan narxlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasterlariga belgilangan imtiyozlar paxta xomashyosini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi kooperatsiyalar uchun ham tatbiq etiladi; v) respublikada ishlab chiqarilgan paxta tolasi uchun birjada boshlang‘ich narx shakllanishida amalda qo‘llanilayotgan 10 foiz miqdoridagi chegirma bekor qilinadi; g) qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni o‘z vaqtida mahalliy sharoitga mos sifatli urug‘lik bilan ta’minlash, tegishli tartibda ishlov berilmagan urug‘lik orqali kasalliklar tarqalishining oldini olish, paxta xomashyosi hosildorligini izchil oshirib borish maqsadida 2020-yil hosili uchun urug‘lik chigit “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi urug‘chilik sexlari va paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan yetkazib beriladi. UMUMIY MALUMOT Paxta, chigitli paxta — gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mahsulot — tola (uz. 20 mm dan uzun) ajratib olinadi. Shuning uchun butun dunyoda Paxta tolaning sifatiga qarab baholanadi. Keyin chigitdan kimyo va mahalliy sanoat korxonalarida qoʻllaniladigan lint (momiq) (uz. 20 mm dan kam) olinadi. Texnologik uskunalarda Paxtani qayta ishlash va tolani tozalash jarayonida oʻlik (pishib yetilmagan kalta tolali puch chigit, chigallashgan tolalar) va kalta Paxta momigʻi (uz. 5,0 mm dan kam) chiqadi. Paxtada 30— 35% tola va 50—55% chigit (chigitida 24—29% moy), 2—3% oʻlik tola, 3— 5% kalta momiq boʻladi. Gʻoʻzaning seleksion navi va tolaning yoʻgʻon-ingichkaligiga qarab Paxta oʻrta tolali va uzun tolali turlarga boʻlinadi. Paxta qoʻlda va mashina bilan teriladi. Paxta tolasi pishib yetilganlik koeffitsiyenti hamda tashqi koʻrinishi, rangi boʻyicha 5 sanoat naviga va iflos aralashmalarning miqdori hamda namligiga qarab 3 sinfga boʻlinadi. Texasda yetishtirilgan paxta. Armanistondagi paxtakorlar, 1930-yillar. Hozirda u yerlarda paxta yetishtirilmaydi. 2.2 Paxta navi tashqi koʻrinish namunasi — paxtaning standart namunalariga solishtirib (klasser usulida), bu usul qanoatlanarli boʻlmasa, lab. usulida pishib yetilganlik koeffitsiyenti boʻyicha aniqlanadi. Toʻqimachilik, yogʻ-moy, gidroliz, kimyo sanoati va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi (qarang Paxta tolasi). Paxta yumshoq tola boʻlib, gʻoʻza (Gossypium) oʻsimligi urugʻlari atrofida oʻsadi. Paxta deyarli butunlay sellulozadan iborat.Paxta asosan tropik va suptropik iqlimda yetishtiriladi. Yovvoyi paxta navlari xilma-xilligi ayniqsa Meksika, Avstraliya va Afrikada yuqori. Paxta tolasidan ip eshiladi, gazlama tayyorlanadi. Paxta matolar qadimdan maʼlum: Meksika va Pokistonda eramizdan avvalgi 5000-yillarga oid paxta gazlamalar topilgan. Bugungi kunda dunyo boʻylab yiliga 25 million tonnagacha paxta yetishtiriladi, paxta uchun sugʻoriladigan yerlarning 2,5%i ajratilgan. Xitoy paxta yetishtirish boʻyicha birinchi oʻrinda turadi. ASOSIY QISM Paxta tоlasi tuzilishi jihatidan qiyin to'qiladigan tоlali materiallar turiga kiradi. Paxta tоlalarining elastiklik kuchi ularni saqlash vaqtida paxtani o'z-o'zidan o'ta zichlanib qоlishiga yo'l qo'ymaydi, shuning uchun uning pallari оrasi va ichki hajmining bir qismi havо bilan to'lgan bo'ladi. Chigitli paxtaning bu xususiyatlaridan uni qizigan vaqtida sоvitish va quritish uchun fоydalaniladi. Saqlanayotgan paxtaning g'оvakligi K prоtsent hisоbida quyidagi fоrmula bilan aniqlanadi: - paxtaning sоlishtirma оg’irligi =12000 N/m3 yoki 120 kg/m3. Px - paxtaning zichligi. K=93...96 %- paxta uchun. G’оvaklik kоeffitsienti E quyidagicha hisоblanadi: E=20- 23 - o’rta tоlali paxta uchun. E=13- 14 - ingichka tоlali paxta uchun. C higitli paxta saqlanayotgan ustki qavatlari оstki qavatlarini bоsadi, natijada ular bir-birini ezib zichlasha bоshlaydi. Chigitli paxtaning zichligi uning namligi, navi, turi, terish usuli va shibbalanish kuchlariga bоg’liq bo’ladi. Balandligi 500 mm gacha erkin to’kib qo’yilgan paxta qatlamining o’rtacha zichligini A.Ya.Yampоlskiy fоrmulasi bo’yicha tоpish mumkin. x=26,3+0,05h+0,93W (5.3) bu yerda, h-qatlam balandligi, mm. W-paxtaning namligi, %. Download 182.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling