Kirish Uztelecom Aksiyadorlik Jamiyati kompanyasi haqida ma’lumot


Download 61.85 Kb.
bet6/8
Sana28.07.2023
Hajmi61.85 Kb.
#1663129
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
UZtelecom Namangan filiali Xisobot

2014-yil. Хalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 2014-yil boshiga nisbatan 151,3 foizga oʻsib, 15,5 Gbit /s.ni tashkil etmoqda. Xalqaro paketli kommutatsiyalar markaziga ulangan Internet tarmogʻi operator va provayderlari tariflari 2014-yil boshiga nisbatan 1 Mbit/s. uchun 276,27 AQSH dollarigacha, yaʼni 11,6 foizga pasaydi. «Buzatau-Qoʻngʻirod», «Gʻuzor-Boysun», «Denav-Uzun-Shargun», «Jaslik-Qoraqalpogʻston», «Moʻynoq–Qibla Ustyurt», «Uzun –Tojikiston chegarasi» hududlarida videotelefoniya, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi Internet, HDTV-kanallarining namoyishi va boshqa konvergent xizmatlarni taqdim etuvchi, zamonaviy texnologiyalar boʻyicha kengpolosali ulanishga moʻljallangan 2000 km optik-tolali aloqa liniyalarining qurilishi amalga oshirildi. Internet tarmogʻiga qayd etilgan keng polosali ulanish xizmatini koʻrsatish uchun oʻrnatilgan portlar soni 640 mingtaga yetkazildi, foydalanishdagi portlar soni 135,1 foizga oʻsgan. Matbuot anjumanida aytilganidek, soʻnggi avlod texnologiyalari asosida mahalliy telefon tarmogʻini asta modernizatsiyalash ishlari olib borilmoqda. Joriy yil mobaynida respublika boʻyicha 26ta zamonaviy kommutatsiya uskunalari foydalanishga topshirildi, bu esa telefon raqamlari sigʻimini sezilarli darajada oshirdi. Davlatimiz rahbarining 2014-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash investitsiya loyihasini Xitoy Davlat taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish boʻyicha choralar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq umumiy summasi 117,6 mln. AQSH dollar miqdorida, jumladan, Xitoy (XXR) rivojlanish Davlat banki tomonidan 100,0 mln. AQSH dollari miqdorida ajratilgan kredit mablagʻlari hisobiga telekommunikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalarda maʼlumotlarni uzatish magistral tarmoqlari oʻtkazish qobiliyatini kengaytirishni: xalqaro yoʻnalish boʻyicha —10 martaga (100 Gbit/s.gacha), viloyat markazlarida — 4 martа (40 Gbit/s.gacha) hamda tuman markazlarida — 10 martaga (10Gbit/s.gacha) oshirishni maqsad qilingan.

Foydalanuvchi talablariga tezkor javob berish maqsadida, shuningdek, davlat va xoʻjalik subyektlari ehtiyojlari uchun axborot-kommunikatsiya xizmatlari boʻyicha mamlakatimiz barcha mintaqalarida «Oʻzbektelekom» AK chaqiriqlarga xizmat koʻrsatish Yagona markazini joriy etish loyihasi doirasida, 13 ta koll-markaz tashkil etiladi. Mazkur choralar koʻrsatilayotgan telefon va internet-xizmatlarining yanada yuqori darajada sifatini koʻtarishga xizmat qiladi. Abonentlarga qulaylik yaratish uchun 2014-yil 1 dekabrdan mamlakatimiz boʻyicha «Call-centre» xizmatining “1084”–yagona raqami kiritildi


Uztelecom, O'zbekiston Respublikasining asosiy davlat kommunikatsiya operatori bo'lib, telekommunikatsiya sohasidagi ommaviy kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uztelecom 1993-yilda tashkil etilgan bo'lib, O'zbekistonning telekommunikatsiya sohasida rivojlanishini ta'minlash, axborot xizmatlarini takomillashtirish va tarmoqlarni rivojlantirishga intiladi.





Download 61.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling