Kirish Uztelecom Aksiyadorlik Jamiyati kompanyasi haqida ma’lumot
Download 61.85 Kb.
|
UZtelecom Namangan filiali Xisobot
2011-yil. Rеbrеnding oʻtkazildi va 2011-yilga yangi UZTELEСOM™ brеndi va «Oʻzbеktеlеkom» AK subbrеndlari — UZMOBILE™ vа UZONLINE™ brеndlarini kеng miqyosda ilgari surish rеjalashtirildi, ular «Oʻzbеktеlеkom» kompaniyasi va uning tuzilma boʻlinmalari xizmatlarini ilgari surish yagona komplеks koʻrgazmali stratеgiyasini yaratishga yoʻnaltirilgan.
2012-yil. 1 576 km masofali optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish va qurish ishlari yakunlandi. Shaharlararo, xalqaro va zona ichi aloqa kanallarining umumiy uzunligi 276,2 mln. kanal/km ni tashkil etdi, ulardan 263,5 mln. kanal/km optik tolali aloqa liniyalaridir. 2012-yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar Xalqaro paketli kommutatsiya markazi sigʻimini 4 barobarga oshirishga va uni 40 Gbit/s gacha yetkazishga, provayderlar uchun internet tarmogʻidan foydalanish tariflarini 1 Mbit/s. uchun 529 AQSH dollaridan 422 AQSH dollarigacha pasaytirishga imkon berdi. Viloyatlar, tumanlar markazlari va respublika shaharlarini raqamli telekommunikatsiya tarmoq bilan qamrab olish darajasi 100 foizni, qishloq aholi punktlarini telekommunikatsiya tarmoq bilan qamrab olish darajasi – 95,7 foizni tashkil etdi. 2012-yil natijalarini oʻtgan yil davri bilan taqqoslab «Oʻzbektelekom» AK asosiy yutuqlarini sanab oʻtish zarur – bular asosan ovozli aloqa xizmatlari koʻrsatilishidan hozirgi kunda yanada katta talabga ega boʻlgan maʼlumotlar uzatish zamonaviy xizmatlari, FTTx, IP-telefoniya/videotelefoniya, IPTV va CDMA-450 standartida simsiz radioulanish xizmatlariga oʻtishdir. «Yagona oyna» tamoyil boʻyicha ishlaydigan 94ta savdo ofislari foydalanishga topshirildi. 2012-yil oxiriga kelib, Internetga keng polosali ulanish abonentlari soni 52 foizdan koʻproqqa oshdi, respublika aholi punktlari hududlarini CDMA-450 simsiz radioulanish zonasi bilan qamrab olish 71,3 foizga yetkazildi, IP-telefoniya, videotelefoniya va IPTV xizmatlari foydalanuvchilari soni jadal oʻsishi kuzatildi. 2013-yil. 2257,4 km.dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari foydalanishga topshirildi va shaharlararo, xalqaro, zona ichi va mahalliy aloqa kanallari umumiy uzunligi 381,3 mln. kanal/km., ulardan, tashkil etilganlari 368,2 mln. kanal/km.ni tashkil etdi. Respublika viloyatlari, tuman markazlari va shaharlarning raqamli telekommunikatsiya tarmogʻi bilan qamrab olinishi 100 foizni, qishloq aholi punklarini telekommunikatsiya tarmogʻi bilan qamrab olish darajasi 96 foizni tashkil etdi. Respublika hududida CDMA-450 texnologiyasi boʻyicha mobil tarmogʻi bilan qamrab olish zonasi 74 foizni tashkil etdi. Taqdim etilayotgan xizmatlar qatorida: telefoniya, telegraf aloqasi va kommutatsiya orqali Internetga ulanish, bugungi kunda katta talabga ega boʻlgan Internetga zamonaviy kengpolosali (yuqori tezlikda) ulanish, IP-TV interaktiv raqamli televideniye xizmati, CDMA-450 texnologiyasi boʻyicha mobil aloqasi, shuningdek, kengpolosali 3G (EVDO) ulanish xizmatlari mavjud. 2013-yil natijalariga koʻra Internetga kengpolosali ulangan abonentlar soni 62 foizga, IP-TV foydalanuvchilari soni 4,3 barobar, mobil aloqasi xizmati foydalanuvchilari soni 72 foizga oʻsdi, mahalliy telekommunikatsiya tarmogʻiga ulanish uchun abonentlar arizasining qondirilishi yuqori darajada ta'minlandi. 2013-yil mobaynida Internet tarmogʻiga ulanish tezligini 30 foizga oshirib, 10 Gbit/s.dan ortiq tezlikka erishildi, Internet-provayderlari uchun 1 Mbit/s. narxi 1,3 marta pasaytirishga erishildi. CDMA-450 standartidagi simsiz tarmoq bilan qamrab olish zonasini oshirish maqsadida 140 bazaviy stansiyalarini oʻrnatish boʻyicha iishlar amalga oshirildi, natijada CDMA-450 standartidagi mobil aloqa qamrab olish zonasi respublika aholi punktlari soniga nisbatan 71 foizni tashkil etdi. «Oʻzbektelekom» AK tarmogʻida hammasi boʻlib, «Yagona oyna» tamoyili boʻyicha ishlaydigan 163ta UZTELECOM sotuvlar ofisi mavjud. Download 61.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling