Kirish XIV – XVI asrlarda eski o’zbek tilida ijod qilgan olimlar Eski o’zbek tilida hukumdorlar tomonidan yozilgan “Temur Tuzuklari”, “Boburnoma” asarlari muhim manba sifatida foydalanish XV – XVI asrlarda ijod qilgan Alisher Navoiy
Download 295.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Jamshid
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
- Kirish Mavzuning dolzarbligi.
1 Kirish 1. XIV – XVI asrlarda eski o’zbek tilida ijod qilgan olimlar 2. Eski o’zbek tilida hukumdorlar tomonidan yozilgan “Temur Tuzuklari”, “Boburnoma” asarlari muhim manba sifatida foydalanish 3. XV – XVI asrlarda ijod qilgan Alisher Navoiy, Muhammad Solihlarning eski o’zbek tilida yozgan asarlari manba sifatida o’rganish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 2 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl- nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, hullaski, Vatanini tarixini bilishni istaydi. Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi xudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu- fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku-fayzini, mahobatini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh-yozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olamiz. Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, ahloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi. Chunki o‘zingizga ma’lum, Sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag‘batlantirilmas edi, hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanardi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri-o‘zbek xalqining ma’naviy merosini tiklash va uni yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish kerak edi. Download 295.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling