3
sayoxlari, hukumdorlar hamda mahalliy muarrixlarning asarlarida bayon etilganligi
tarixchilarning asarlarida tadqiq qilindi.
O‘zbek xalqi ma’naviy merosi va muqaddas qadriyatlarining
katta qismini
ajdodlarimiz tomonidan yaratilagan asarlar tashkil etadi. Bular jumlasiga,
zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u
bilig”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk”,
Alisher Navoiyning
“Xamsa”si va boshqa ko‘plab nodir yodgorliklarni ko‘rsatish mumkin. Mana
shunday nodir va qimmatli manbalardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning
“Boburnoma” asari hisoblanadi. Bugungi kunda ana shunday ma’naviy
qadriyatlarimizni zamonaviy ilmiy usullar bilan tadqiq qilishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov to‘g‘ri
ta’kidlaganlaridek, “xalqimizning ma’naviyatini
shakllantirishga, har qaysi
insonning Alloh marhamat qilgan bu hayotda to‘g‘ri yo‘l
tanlashi, umrining
mazmuni
anglashi, avvalombor,
ruhiy poklanish, yahshilikka va ezgulikka intilib
yashashda uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo‘lmaydi”.
Bugungi kunda XIV – XVI asrlarda eski o’zbek
tilida yozilgan asarlarning
ayrimlari bizning davrgacha yetib kelgan va o’rganilgan. Lekin bu sohada
mutahasislarning kamligi hali ko’plab nodir qo’l yozma asarlarni, tariximiz haqida
bayon etilgan nodir asarlarni kutubxonalarda o’rganilmayotganlari ko’pligini biz
bilan. Yurtimizda ta’limda bo’layotgan islohatlar kelgusida
yetuk mutahasislarni
yetishtirib chiqarib ushbu nodir qo’lyozma asarlarini o’rganilishiga biz albatta
ishonamiz.