Kirish xulosa foydalangan adabiyotlar ro`yxati
Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi
Download 51.05 Kb.
|
Jismoniy tarbiya darslarida ko\'rgazmali qurollardan foydalanish
2.3.Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligiMa’lumki, darsda ishtirok etayotgan o'quvchilarning hammasi bir xil qobiliyat yoki jismoniy rivojlanishga ega emasligini shu o'rinda yana bir bor yodga olib o'tamiz. Chunki ishlab chiqmoqchi bo'lgan tavsiyalar, metodik ko'rsatmalar va yangiliklar aynan shunga bog`liq. Maktablarimizda o'tilayotgan jismoniy tarbiya darslarini kuzatadigan bo'lsak, aksariyat o'qituvchi-murabbiylarimiz butun sinf o'quvchilariga bir xil tempda dars o'tayotgani hech kimga sir emas. Vaholanki, sinfda 30 ta o'quvchi ta'lim oladigan bo'lsa, ular 30 xil organizm. Ularning hammasi ham o'tilayotgan mashg`ulotni bir galda o'zlashtira olmaydi. Yana bir muammo o'quvchilarimizning jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy bilimlarining sayozligi olib borilgan pedagogik tadqiqot ishlarimizda yaqqol namoyon bo'ldi. O'qituvchi faoliyati o'quvchilarga bilim berish hamda bilimlarning egallanish jarayoni harakat malakalari va ko'nikmalarining shakllanishi boshqarib turishga qaratilgan. Shu ma'noda o'qitishning har bir shakli o'qituvchining o'qitish jarayonidagi yetakchilik qilish ahamiyati tamoyilini amalga oshiradi. O'qituvchining yetakchilik ahamiyatini tahlil qilishni ketmaket, uning o'qitish jarayonidagi harakatlarini quyidagi bloklar bo'yicha ko'rib chiqish orqali bajarish mumkin: -o'qitish maqsadini aniqlash; o'qitishning xususiy vazifalari tizimini aniqlash; o'quvchilar tayyorgarligining boshlang`ich darajasini aniqlash, ya'ni ularning qobiliyatlariga, o'zlashtira olish imkoniyatlariga qarab guruhlarga ajratish; -o'qitish mezonlarini aniqlash; o'zlashtirishni baholash uslublarini aniqlash; zarur jihozlarni tayyorlash (ko'rgazmali qurollar) o'qitish qo'llanmasi va inventarlarni tayyorlash; o'qitishni butunligicha va elementlari bo'yicha baholash; - o'qitishga zarur bo'lgan hollarda tuzatishlar kiritish. Yuqorida ochib berilgan o'qitishning hamma tamoyillari birbiri bilan o'zaro bog`liq bo'lib, o'qitish jarayonida birga q'o`llanishi mumkin. O'quv jarayonida ularning birortasi buzilsa, boshqasini amalga oshirish qiyinlashadi. O'qituvchi hamma tamoyillarni yaxlit holda qo'llagan taqdirdagina o'qitishda yuqori natijalariga erishish mumkin. Harakatlarga maqsadli o'rgatish o'qituvchidan o'qitish uslublari tavsiflarini bilishni talab etadi. Hamma uslublar shartli ravishda uchta asosiy guruhga bo'linadi: so'zdan foydalanish (so'z uslublari, ko'rgazmali qabul qilish uslublari va amaliy uslublar). O'qituvchi tomonidan qo'llaniladigan so'zdan foydalanish uslublari butun o`quv jarayonini faollashtiradi, harakatlanishlar to'g`risida yanada to'liq hamda aniq tasavvurlarni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu uslublar orqali o'qituvchi o'quv mashg`ulotining o'zlashtirishini tahlil qiladi va baholaydi. Ko'rgazmali qabul qilish uslublari o'rganilayotgan harakatlarning ko'z bilan ko'rish va eshitish orqali qabul qilinishini ta'minlaydi. Ko'rgazmali qabul qilish harakatlari yanada tez, chuqur va mustahkam egallab olishga yordam beradi, o'rganilayotgan harakatlarga qiziqish uyg`otadi. Ko'rgazmali o'rgatish alohida yoki guruhli tarzda o'tkazilishi mumkin. Butun bir sinfga guruhli bir vaqtning o'zida ko'rgazmali o'rgatish va alohida ya'ni o'zlashtira olish qobiliyati sust o'quvchilarga individual ko'rgazmali o'rgatish. Amaliy uslublar o'quvchilarning faol harakat faoliyatiga bog`liq. Ularni shartli ravishda ikkita guruhga bo'lamiz: qat'iy va qisman tartiblashtirilgan mashqlar uslublari, harakat shakllari, yuklama o'lchamlari, uning o'sib borishi, dam olish bilan almashlab turilishi va boshqalarni qat'iy tartiblashtirilgan holda harakatlarni ko'p marta takrorlash bilan tavsiflanadi. Buning natijasida kerakli o'quv ko'nikma va malakalar asta-sekin shakllanib, alohida harakatlarni tanlab o'zlashtirish imkoniyati tug`iladi. Guruhlarga bo'lib o'rganish uslubi dastlab harakatning alohida qismlarini o'rganishni, keyinchalik esa kerakli darajada butun holiga birlashtirishni nazarda tutadi. Butunligicha, o'rganish uslubi o'qitishning yakuniy maqsadiga qarab, harakat qanday ko'rinishda bo'lsa, uni shundayligicha o'rganishni ko'zda tutadi. qisman tartiblashtirilgan mashqlar uslubi o'quvchilar oldiga qo'yilgan vazifalarni hal etish uchun harakatlarni nisbatan erkin tanlashga ruxsat beradi. O'yin uslubi harakatlarning qat'iy tartiblashtirilishi, ularni bajarishdagi mumkin bo'lgan shartlarning yo'qligi bilan tavsiflanadi; ijodiy qobiliyatlarni mustaqil namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi, mashg`ulotlarning ko'tarinki ruhda o'tishini ta'minlaydi. Musobaqa (bellashuv) uslubi maxsus tashkil qilingan bellashuv, bahs-munozara faoliyatini nazarda tutadi. O'zaro bunday bellashuvni tashkil etish quyidagicha tavsiflanadi, ya'ni tez o'zlashtira oladigan o'quvchilar bir guruh. Bellashuvga tez o'zlashtiradigan o'quvchilar jamoasi bilan o'rta o'zlashtiradigan o'quvchilar jamoasini qo'yamiz. Past o'zlashtiradigan o'quvchilar jamoasi kuzatuvchi guruh. Bu guruh bellashuvdagi ikki guruhning o'yin uslublarini, jismoniy harakatlarini, taktika, texnik tomonlarini, sport mahoratlarini kuzatadilar. bu kuzatish orqali o'zlarining malaka va ko'nikma, mashg`ulotga nisbatan ruhiy tayyogarlik tomonlarini tarbiyalab oladilar. Deylik bellashuvda o'rta o'zlashtiradigan o'quvchilar jamoasi g`olib chiqdi. Ana endi past o'zlashtiradigan o'quvchilar guruhi bilan o'rta o'zlashtiradigan o'quvchilar guruhini bellashuvga qo'yamiz. Bu yerda tez o'zlashtira oladigan o'quvchilar guruhi o'qituvi bilan birgalikda tuzatuvchi (jamoa ) guruh hisoblanadi va aksincha deylik tez o'zlashtira oladigan o'quvchilar guruhi g`olib chiqdi. Bunday holatda o'rta va past o'zlashtiradigan guruhlarni 50% ga 50% ikkiga bo'lib maxsus o'rgatuvchi va o'rganuvchi guruh sifatida bellashuvga qo'yamiz. Shu tariqa past o'zlashtiradigan o'quvchilar guruhida o'quv ko'nikma va malakalarini bosqichma-bosqich shakllantirib boramiz. Guruhlarga bo'lib o'rgatish bosqichining asosiy vazifasi harakat malakasini shakllantirish hamda uni ko'nikmaga o'tgunga qadar takomillashtirishdan iborat. Bu bosqichda alohida mashg`ulot shakllarining vaqt, makon va kuch tavsiflari aniqlanadi. Agar oldingi bosqichda harakat malakasini shakllantirish uchun zarur bo'lgan shart - sharoitlar yaratilgan bo'lsa, ikkinchi bosqichda uning hosil bo'lishi yuzaga keladi. Oldinga qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar hal qilinadi: o'rganayotgan mashq texnikasini egallash va qismlarini aniqlab olish; o'rganayotgan harakatlarning qonuniyatlarini tushunishni chuqurlashtirish; bajarilishi zarur bo'lgan amallarning ketma-ketligini batafsil gapirib turish bilan o'rganilayotgan harakatlarni bajarish; o'quv mashg`ulot bellashuvlaridagi o'rganilayotgan mashq elementlarini aniq erkin va butunligicha bajarilishiga erishish. Yana bir tavsiya. Deyaylik, jismoniy tarbiya darsimizda milliy va haraktli o'yinlarni tashkil qilmoqchimiz. Bu maqsadimizni amalga oshirish uchun quyidagilarni nazarda tutish lozim: o'quvchilarning jismoniy barkamolligiga, salomatligining yaxshilanishiga, chiniqishiga tana a'zolari va umumiy ish qobiliyatining o'sishiga yordam berish; o'quvchilarda hayotiy faoliyatda yordam beradigan aqliy va irodaviy fazilatlarni tarkib toptirish; o'quvchi yoshlarni turli o'yinlar va jismoniy mashqlarga qiziqtirish, sog`lom turmush kun tartibiga rioya qilishga odatlantirish; o'quvchilarda harakatli va milliy o'yinlarni mustaqil holda tashkil etish va o'tkazish uchun zarur o'quv ko'nikma va malakalarni hosil qilish. Yana bir muhim tomoni milliy va harakatli o'yinlarni o'tazishda o'qituvchining tashkilotchi va tarbiyachi sifatidagi vazifasi juda mas'uliyatlidir. Milliy va harakatli o'yinlar avvalambor to'g`ri tanlanishi, o'quvchi – talabalarda o'z sheriklariga, raqiblariga o'rtoqlarcha yordam, jamoatchilik, vatanparvarlik hislarini ijtimoiy– foydali mehnatda tashkil qilinishini va o'tkazilishi kerak. O'qituvchi-murabbiy mashg`ulotni o'tkazish jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan, pedagogikaning didaktikasi va uning tamoyillaridan foydalana olishi va doimo ularni amalga oshirishga erishishi lozim. O'qituvchi mashg`ulot oldidan o'quvchilarga har bir o'yinning mazmuni, vazifasi va qoidalarini tushuntirib berishi shart. Bu esa o'quvchilarda o'yinga ongli munoasabatda bo'lishni, uni to'g`ri o'rganib olishni, o'z xatolari va yutuqlarini to'g`ri tushunish hamda harakatlarni o'rtoqlarinikiga qiyoslab tahlil qilish imkonini beradi. Bo'lishi mumkin qaysidir o'quvchida mashg`ulotga nisbatan qiziqish bo'lmaydi-da, mashqni xuddi bir o'qituvchi topshirig`ini bajarayotganday bajaradi. Bunday holat unchalik samara bermaydi. Xuddi mana shunday holat yuz berganda o'quvchini alohida chaqirib amaliy ko'mak berish, uning mashg`ulotga bo'lgan qiziqishini orttirish zarur. Biz yuqorida sinfda o'qiydigan o'quvchilarning hammasi bir xil jismoniy rivojlanish bir xil qiziqish va imkoniyatga ega emasligini aytib o'tgan edik. Jismoniy tarbiya darsida o'quvchilarning faoliyatini va yuk me'yorini o'lchash, tartib va qoidaga bo'ysundirilishi zarur. Bu bilan darsning sog`lomlashtirishga yo'naltirilganligiga qismon erishiladi. Oz yuklamalar zaruriy samaradorlikni bermaydi, o'ta yuqorilari esa bolalar salomtligiga ziyon etkazadi. Har bir mashqni o'zlashtirib olish ma'lum darajada qaytarishni talab etadi. Nihoyat, organizmga yanada yuqoriroq talablarni qo'yib berish, jismoniy yuklama me'yorini to'g`ri belgilab, jismoniy sifatlarni rivojlantirish mumkin emas. Jismoniy yuklamalar - bu shug`ullanuvchilar organizmiga jismoniy mashqlarning ma'lum me'yori bilan ta'sir ko'rsatishdan iborat. Jismoniy yuklamalar me'yorini o'lchash-demak, uning hajmini va tezligini almashtirishdan iborat. Odatda jismoniy yuklamalar hajmi bajarilgan mashqlar soni, og`irligi, bosib o'tilgan masofaning uzunligi bilan aniqlanadi. Intensivlik- (jadallik) aniq ish hajmini bajarishga sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Aytilgan tavsif-bu yuklamaning tashkiliy ko'rinishi xolos. Ulardan o'qituvchi darsga tayyorlanishida foydalaniladi. Fiziologiyadan ma'lumki, jismoniy yuklamalar ta'sirida organizmda turlicha o'zgarishlar yuz beradi. Integral ko'rsatkich- yurak qisqarishi tezligi miqdoridan iborat. Qon tomiri urish tezligi (puls). Asosiy tibbiy ko'rikdan o'tgan guruhdagi o'quvchilar uchun jadal jismoniy mashqlardan so'ng pulsning yuqori chegarasi bir daqiqada 170-180 martagacha ko'tarilishi mumkin. Dars davomida ayniqsa, mashqlanishda chidamlilik, tezlik, kuchni tarbiyalash vazifalarini hal etish uchun o'qituvchi o'quvchilar puls tezligini nazorat qilib turishi kerak. Darsda eng samarali jismoniy yuklamalarni boshqarish usullariuchun quyidagicha tavsiya beramiz. Mashqlarni takrorlash me'yori-tabiiyki mashqlarning sonini kupaytirish yuklamaning ortishiga olib keladi, ammo o'quvchilar tayyorgarlik darajasi hozircha baland bo'lmaganligi uchun shu usuldan foydalaniladi. Mashqlanish darajasi ortib borgan sari bu usul samarasiz qoladi, chunki ko'p vaqt sarflash talab etiladi, o'qituvchi har bir daqiqani tejaydi. Mashqlarni bajarish amplitudasi- biz bilamiz harakatlarni doimo to'liq amplitudada bajarish qiyin. Shuning uchun o'qituvchimurabbiylar uni kamaytirishga urinadilar. Misol uchun o'quvchilar chidamliligini oshirish maqsadida, turnikka osilib turgan holatda oyoqlarni bukib oldinga ko'tarib turish topshirg`ini oladilar. O'quvchilarning hammasiga ham oyoqlarni tizzadan bukishni tavsiya etadi, amplitudani qisqartiradi. Tizzalar bukish burchagi qancha o'tkir bo'lsa, osilib turish shuncha osonlashadi. Tabiiyki, amplitudani ko'paytirish mumkin. Mashqlarni bajarish vaqti - o'qituvchi 5 daqiqa davomida yugurishni vazifa qilib beradi. Yugurish tezligi va masofaning uzunligi o'quvchilar tomonidan boshqariladi. Chidamlilikni oshirish shunga olib keladiki, o'quvchi bir necha mashqlanishdan so'ng 5 daqiqa ko'proq masofani yugurib o'tadi. Mashqlarni bajarish sur'ati-sur'atni ma'lum chegaragacha oshirish organizmga ta'sirini kuchaytiradi, lekin haddan tashqari tezlik mashqlar tartibining buzilishiga olib keladi va o'rganishga salbiy ta'sir etadi. Tezlik harakatda qatnashayotgan muskullar massasiga bog`liq. Ya'ni tos suyagini son suyagi bilan bog`lovchi bo'g`inga nisbatan oyoqni tizza bo'g`inidan bukib-yozish oson va tez kechadi. Dastlabki holat- agar o'quvchilar yotib qo'llarga tayangan holda qo'llarni buksa, jismoniy yuklamalar har xil bo'ladi. Shuni yodda tutish zarurki, o'qituvchi yuklamani boshqara borib, bir vaqtda ikkiuch usulni qo'llashi mumkin. Misol uchun dastlabki holatni og`irlikni qo'llash va tezlikni oshirish yoki pasaytirish orqali o'zgartirishi mumkin. O'quvchi faqat yuklamani oshirishga emas, pedagogik nuqtai nazardan yukni oshirishga intilmogi kerak. Tabiiyki, yuqori jismoniy yuklamasiz mashqlanish darsini o'tib bo'lmaydi. lekin bu mashqlarga o'rgatishda xalal berishi mumkin. Har bir jismoniy tarbiya darsida ko'pgina faoliyatlar o'rgatiladi: harakatli, xizmat qiluvchi, aqliy, dam olish. Jismoniy tarbiyaning vazifasini hal etish uchun ularning ahamiyati har xil, lekin hammasi zarur. O'qituvchining dars samaradorligini muhokama qilganda o'quvchilar faoliyatining faolligigagina baho berib qo'yish to'g`ri emas. Pedagogikaning u yoki bu faoliyatining maqsadga muvofiq ekanligini har tomonlama baholash, uning darsga qanday tayyorgarlik ko'rganligiga ta'lim va tarbiya vazifalarini qanday hal etganligiga ham e'tibor berish kerak. Shu munosabat bilan barcha faoliyatlar ham pedagogik maqsadga muvofiq bo'lib chiqmaydi. Pedagogik maqsadga muvofiqlarga quyidagilar kiradi: jismoniy mashqlarni to'liq va aniq bajarish; o'qituvchi va o'rtoqlari tomonidan bajarilgan mashqlarni kuzatish; o'zlashtirishi kerak bo'lganini to'g`ri anglash; bajariladigan faoliyat turini rejalashtirish; bajarilgan harakatlarni tahlil qilish; mashg`ulot o'rnini tayyorlash va dam olish. Mashg`ulotning zichligi butun dars 45 daqiqa vaqtga nisbatan harakat faoliyatlarining hamma turlariga sarflangan vaqt yig`indisini bir-biriga nisbati orqali foiz bilan aniqlanadi. Shu o'rinda “darsning zichligi”ga ta'rif berib o'tamiz. Darsning zichligi- unga ajratilgan vaqtdan maqsadga muvofiq juda unumli foydalanish tushuniladi. Vaqtdan qanday oqilona foydalanilsa, demak dars shunchalik zich o'tgan hisoblanadi. Binobarin, dars zichligi nagruzkaga, dars oldiga qo'yilgan vazifalarning bajarilishiga, o'quv dasturlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga va hokazolarga ta'sir ko'rsatadi. Har bir o'qituvchi dars zichligidan manfaatdor, chunki bu unga darsni to'liq o'tishga imkon beradi. O'qituvchi darsga tayyorlanishda dars o'tish rejasini ikirchikirlarigacha o'ylab olishi va mashqlarni qaerda namoyish qilishi, qaerda tushuntirish olib borishi, qaerda buyruq berishni aniq nazarda tutishi darkor. Dars boshlangungacha zarur jihoz va asbob-anjomlarni tayyorlash shart. Bu asbob-anjomlarni joylashtirish yoki turli buyumlar (tayoqlar, to'plar, arg`amchilar va hokazolar)ni tarqatishga kam vaqt sarflashga imkon beradi. Darsni birdaniga ko'plab o'quvchilar shug`ullanadigan qilib tashkil etish darsni samarali qiladi. Shunda saflanish mashqlarini, yurish, yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlarni va boshqalarni bajarib ulgurishi mumkin. Albatta dars zichligiga hamma vaqt birdek erishish qiyin. Chunonchi sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, muvozanat saqash mashqlarini bajarishda zichlikka erishish shular jumlasidandir. Bir vaqtda shug`ullanadigan o'quvchilar sonini oshirish uchun iloji boricha ko'proq asbob-anjomlardan (bir xil yoki har xil) foydalanish zarur. Bunday paytda o'quvchilar snaryadlar soniga qarab ikki guruhga bo'linadilar va o'qituvchi har bir guruhga boshliq tayinlaydi. O'qituvchi o'z oldiga darsni zichlashtirish vazifasini qo`yar ekan, o'quvchilar butun dars davomida rejada belgilangan darajada band bo'lishlariga harakat qiladi. Download 51.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling