Kirish yoʻl qurilishi ishlari
Avtomobil yo’llarini kompyuterlar yordamida loyihalash
Download 271.36 Kb.
|
yol muhandisligi
Avtomobil yo’llarini kompyuterlar yordamida loyihalash
Zamonaviy avtomobil yo’llarini barcha qirralari bo’yicha talab darajasiga moslashtirib qurish uchun qidiruv va loyihalashda ilg’or usullarni qo’llabgina amalga oshirish mumkin. Hozirgi vaqtda radioelektron raqamli vositalar bilan burchaklarni o’lchash va loyiha-qidiruv ishlarining barcha pog’onalarida hisoblash vositalarini keng qo’llab ish bajarilish tartibi shakllari ishlab chiqilgan. Elektronli o’lchash vositasi bilan masofa va burchaklarning o’lchanishida dala ishlarida yo’qlama tutishga, o’lchamlarda yo’l qo’yiladigan xatoliklarga chek qo’yish va dalada olib borilgan geodezik ishlarni hujjatlashtirishdagi vaqt sarfi juda qisqaradi. Aerofototasvirli ma’lumotlarga ishlov berishda stereofotogram- mometrik uslublarni qo’llash, geodezik o’lchanidagi reja va yuqorilab joylashuvdagi tasvirlarning analitik uslublarini, EHMlarni qo’llab va joyning raqamli modelini olishdagi yarimavtomatik va avtomatik uslublarni hamda joyning raqamli geologik modelini, stereomodel bo’yicha yo’nalishni tanlash kabilar qidiruv ishidagi asosiy ish hajmini xonada o’tirib bajarish imkonini yaratdi. Shu bilan birga topogeodezik, geologik va qidiruv hududdagi iqtisodiy axborotlar ishonchliligini orttirib, loyihalashdagi yechimlarning asosli kafolatlanishini ta’minlaydi. Bu usullarni qo’llash raqobatbardoshli yo’l yo’nalishlarini tanlab olish va o’zaro taqqoslashda katta afzalliklarga ega. Yo’l va lining bo’laklarini loyihalashda qisqa vaqt ichida qulay va arzon yechimlarning asoslanishi EHM laridan qay darajada foydalanilganiga bog’liq. Avtomobil yo’llari bo’yicha qidiruv va loyihalash ishlari dunyoning qaysi davlatlarida amalga oshirilishidan qat’iy nazar yechimi bo’yicha yondashuvlar o’xshashliklarga ega. Barcha hollarda ham avtomatlashtirilgan tizimlar inson-mashinali majmuani namoyish etib, har bir muhandis-qidiruvchi va loyihalovchini bir tomondan va avtomatizatsiyalashgan tizimli geodezik, fotogrammetrik o’lchamlar, shuningdek, EHM ni hisoblash, tavsiflash imkoniyatlari hamda terminalli qurilmalar ikkinchi tomondan bajaradigan funksiyalari aniq belgilab qo’yilgan. Avtomobil yo’llarini avtomatizatsiyalashgan tizimli qidiruv-loyihalash jarayonlaridagi barcha pog’onalarda inson ishtiroki bo’ladi. Joyning raqamli modelini mashina ishlovidan o’tkazish natijasida yo’nalishning rejadagi joylashuvi, yo’lning o’qi bo’ylab bo’yiama qiyofasi, yo’nalish elementlarini loyihalashdagi zaruriy geodezik ma’lumotlar holida ega bo’linadi. EHM yordamida tasviriy materiallarga ishlov berilib o’rganilayotgan joyning geodezik koordinatalarini xohlagan nuqtalar uchun olish imkoni bor. Ayrim davlatlarda yirik masshtabli toporejani olish uchun qidiruv bo’yicha elektronli taxeometr qo’llab ish bajarilishning uslubiy shakli qo’llanadi. Oddiy usulga qaraganda yo’l yo’nalishi elementlarini loyihalashda EHM qo’llash natijasida katta iqtisodiy naf ko’rish imkoni tug’iladi. Ammo, bu usullar ham yakuniy, qiyo’liga yetgan usul hisoblanmay, loyihalovchilar oldidagi barcha masalalarni bir yo’la yecha olmaydi. Masalan, faqatgina yo’lning narxi bo’yicha taqqoslab emas, balki harakat xavfsizligini ta’minlash, yo’l tarmoqlarining rivoji, ergonomik talablar va boshqa sabablar. Lekin, shunga qaramay, EHM yordamida eng qulay bo’ylama qiyofa nishabligini 10—20 yildan so’ng kutiladigan harakat qatnovi va harakat tarkibiga bog’lab ravishda aniqlash imkoni bor. Bu masalani yechishda EHM ga moslangan bir nechta dastur va algoritmlar mavjud. EHM da joyning tuzilishi va yo’lning ko’ndalang kesim qiyofalari ma’lumotlariga asosan bajariladigan grunt ishlari hajmi, yuza va qiyaliklarni tekislashdagi ishlar hajmi, kichik ko’priklar uzunligi, quvurlar kallagi va boshqa o’lchamlari kabi turlicha loyihalash va hisoblash ishlari bajariladi. Download 271.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling