Kirish yoʻl qurilishi ishlari
Mavzu: Yo’l to’shamasini qurish ishlarini tashkillashtirish
Download 271.36 Kb.
|
yol muhandisligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bayoni: Toshli ashyolarga organik bog’lovchilar bilan ishlov berib qatlam qurish
Mavzu: Yo’l to’shamasini qurish ishlarini tashkillashtirish.
Reja: 1.Organik bog’lanmalar bilan qayta ishlangan toshli ashyolardan asos va qoplamalar qurish. Organik, noorganik qo’shimchalar qo’shish usulida yo’l to’shamasini qurish. Organik bog’lanmalar bilan toshli xom ashyolarni qayta ishlash yo’llari. 2.Shimitish usuli bilan quriladigan asos va qoplamalar tuzilmasi: qo’llaniladigan xom-ashyolar. Shimitish usuli bilan shag’al asos va qoplamalarni qurish texnologiyasi. 3.Qorishma tayyorlagichida mum bilan ishlov berilgan qora shag’alli asos va qoplama qurish. Qo’llaniladigan xom-ashyolar. Bayoni: Toshli ashyolarga organik bog’lovchilar bilan ishlov berib qatlam qurish Yo’l qurilishida toshli ashyolarga organik bog’lovchilar bilan joyida ishlov berib qatlam qurish, ayniqsa, issiq iqlimli hududlarda keng tarqalgan. Bunday qatlamlar mustahkamligi ishlov berilmagan ashyolardan qurilgan qatlamlarnikidan birmuncha yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham bn qatlamlar faqat asos qismda ishlatilmay, qoplama o^rnida ham keng qo’llanadi. Organik bog’lovchilar bilan ishlov berilgan toshli ashyolarni tarkibiga qarab ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga beton tarkibiga moslab tarkib tanlanganidek ashyolar tanlab olinib, ular zichlangan qorishmani tashkil qiladi. Ikkinchi guruhga esa, qolgan qorishmalar kiradi. Bunda bir xil o’lchamli donalar miqdori ustun kelishi mumkin bo’lib, oraliqaro bo’shliq ko’p bo’ladi. Ma’danli ashyolarga organik bog’lovchilar bilan ishlov berib tayyorlangan qorishmalar yuqori ko’rsatkichli ilashishlikka va yopishqoqlikka ega bo’lganJiklari uchun ulami yedirilishiga qarshiligi yuqori bo’ladi. Ma’danli ashyo sifatida chaqilgan tosh ham qo’llanishi mumkin. Unda, tayyor qorishmani «qoralab ishlangan chaqilgan tosh», deb yuritiladi. Organik bog’lovchilar bilan ishlov berilgan toshli ashyolar koagulatsion turidagi tarkibga ega. Bunday tarkibli qorishma mustahkamligi organik bog’lovchi pardasining mustahkamligi bilan aniqlanib, bog’lovchi sarfiga, turiga va qo’llanishdagi ish usullariga bog’liq. Bitumning yopishqoqligi orta borishi bilan qorishmaga ishlov berish qiyinlasha boradi. Shuning uchun ham ishni tashkil qilish uslubiga qarab bog’lovchi tanlab boriladi.Bunday qatlamlarni qurishda, asosan, ish bajarishning ikki turi: maxsus joylarga o’rnatilgan qurilmalarda qorishtirib olib va yo’lning o’zida (joyida) qorishtirib tayyorlash qo’llanadi. Birinchi usulda organikbog’lovchi avval qizdirib olinib, so’ng qorishtiriladi, ikkinichisida esa suyuqroq (kam yopishqoqli) bog’lovchi qo’llanadi. Bundagi qorishmaning mustahkamligi birinchisidagiga nisbatan kamroq bo’ladi. Bog’lovchini qizdirib, qorishma tayyorlashni asfaltbeton qorishmalarini tayyorlashdan farqi kam. Yo’l qurilishida qoralab ishlangan chaqilgan toshning uch ko’rinishdagisi ishlatilib, ular harxil haroratlarda qo’llanadi: sovuqlari +15°C dan +50°C gacha; issiqlari +50°C dan + 120°C gacha va qaynoqlari +120°C dan + 170°C gacha. Sovuq qorishmalar uchun kam yopishqoqli bog’lovchilardan suyuq bitum, qatron, emulsiya va qaynoqlariga yopishqoqli bitum ishlatiladi.Ishlash muddatini uzaytirish rejalanganida sovuqli qorishma qo’llanadi. Bunday qorishmalarni uzoq vaqt omborlarda saqlash imkoniyati ham bo’ladi va ularning tannarxi qaynoqlarinikidan arzon turadi. Ular oralig’ida esa, issiq qorishma qo’llanadi. Qora qorishmalarning xossalari ularni tayyorlashdagi ish usullariga bog’liq. Download 271.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling