Laboratoriya ishi № Mavzu: Bitum tarkibidagi suv miqdorini va suyuq bitumning shartli qovushqoqligini aniqlash
Download 128.06 Kb. Pdf ko'rish
|
7- Bitum tarkibidagi suv miqdorini va suyuq bitumning shartli qovushqoqligini aniqlash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oquvchan holatgacha qizdirib suvsizlantirilgan bitum № 07 elakdan o’tkaziladi va havo pufakchalari yo’qolguncha aralashtirladi. Sinovdan oldin
- Viskozimetr tsilindrining ichki qismi va sharikli klapan benzin bilan artiladi va quritiladi, tsilindrning oqim teshigi sharikli klapan bilan yopiladi
Laboratoriya ishi № 8. Mavzu: Bitum tarkibidagi suv miqdorini va suyuq bitumning shartli qovushqoqligini aniqlash. Zaruriy jihozlar: Viskozimetr asbobi, 2 ta termometr, sekundomer, №07 elak, 100 ml.li shkalali shisha tsilindr, benzin. Sinovga tayyorlash: Oquvchan holatgacha qizdirib suvsizlantirilgan bitum № 07 elakdan o’tkaziladi va havo pufakchalari yo’qolguncha aralashtirladi. Sinovdan oldin bitum balandligi 15-20 mm.li yangi qizdirilgan yirik kristalli tuz yoki kalьtsiy xlorid yordamida filьtrlab suvsizlantirilishi lozim. Bitumni 150 o S gacha isitganda uning tarkibidagi suv ko’pik bo’lib, bitumning ustki sathiga chiqadi. Bu “Penetratsiya” jarayoni deyiladi. SHu belgiga qarab, bitumda suv borligi haqida hulosa qilish mumkin. 10 - 15 mm diametrli 120 –150mm uzunlikdagi shisha probirkaga 80 - 90 mm balandlikda bitum quyiladi. Probirka og’zi termometr va bug’ chiqish teshigi bo’lgan tiqin bilan bekitiladi. Termometr tiqin o’rtasiga probirka tagidan 20 – 30mm balandlikda o’rnatiladi. 170 o S gacha qizdirilgan bitum vannasiga probirka tushirilib, 150 o S gacha bir necha minut qizdiriladi. Kupik xosil bulishi, chirsillash, probirkaning titrashi va loyikalanish moyda suv borligidan dalolat beradi. Suvni aniqlashning mikdoriy usuli. Suv neft tarkibida tomchi holatda tarqalgan yoki erigan holatda bo’ladi. SHundan kelib chikkan xolda erituvchi yordamida xaydash va maxsus moylar yordamida kimyoviy Aniqlash usullari mavjud. Suvni erituvchi yordamida xaydash. Usulning moxiyati shundan iboratki, suv va erituvchini neft maxsulotlarii tarkibidan xaydash va sungra idishda ikki katlamga ajratishdan iborat. Erituvchi sifatida BR – 1 benzin erituvchi ishlatiladi. Ishlatishdan oldin benzin SaSl bilan suvsizlantiriladi va filьtirlanadi. Suyuq bitumning qovushqoqligini aniqlashda viskozimetr asbobidan foydalaniladi. Bunda sinov harorati 60 ºS bo’lgan 50 ml. bitumning tsilindrning tagidagi 3-5 mm.li teshikdan o’tish vaqtiga qarab belgilanadi va shartli ravishda S 5 60 tarzida belgilanadi. Viskozimetr tsilindrining ichki qismi va sharikli klapan benzin bilan artiladi va quritiladi, tsilindrning oqim teshigi sharikli klapan bilan yopiladi va tagiga shkalali shisha tsilindr qo’yiladi. Viskozimetr suvli hammomi 61-62 ºS suv bilan to’ldiriladi va termometr yordamida kuzatilib, zarurat bo’lsa qizdirish yo’li bilan harorat ushlab turiladi. Hammomdagi suv harorati bir xilda bo’lishi uchun aralashtirib turiladi. 1- bitumli tsilindr; 2-termometr; 3- suvli hammom (d=160, h=100 mm); 1.-rasm. Standart viskozimetr asbobi Sinov o’tkazish: Tayyorlangan bitum xona haroratigacha sovutiladi va kamida 1 soat saqlab turiladi. Sinov o’tkazish uchun harorati 62-63 ºS gacha qayta qizdirib viskozimetr tsilindriga qo’yiladi va termometr bilan yaxshilab aralashtiriladi. Bitum harorati 60±0,5 ºS ga kelganda avval termometr va so’ngra klapan olib tashlanadi va bitum tagidagi shisha tsilindrga devorlariga tekkizmay quyiladi. Bitum shisha tsilindrning 25 ml. ko’rsatgichiga kelganda sekundomer ishlatilib va 75 ml.ga yetganda to’xtatiladi. Suyuk bitumning shartli qovushqoqligi sekundlarda 60 ºS haroratli 50 ml. bitumning 5 mm teshikdan oqib tushgan vaqtiga tengdir. Tajriba ikki marta takror o’tkazilib, natijalarining o’rtacha qiymati olinadi. Bunda natijalar farqi qovushqoqlik 40 sekundgacha bo’lganda 2 sekunddan oshmasligi, qovushqoqlik 40 sekunddan yuqori bo’lganda kichik qiymatning 10% dan oshmasligi lozim. Download 128.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling