Kirish. Zoogeografiya fanining mazmuni, obekti, fanning maqsad va vazifalari hamda rivojlanish tarixi Reja


Download 26.14 Kb.
bet2/6
Sana27.02.2023
Hajmi26.14 Kb.
#1233985
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU 1. Kirish. 3oogeografiyaning fanining maqsad va vazifalari, fanining ahamiyati va rifojlanish tarixi

3. Kauzal zoogeografiya (lat.sausa-sabab). Yer sharidagi muayyan hududlarning u yoki bu faunistik komplekslar bilan egallanishi sabablari mazkur xududda mavjud muhit omillari bilan belgilash mumkin. Bunday omillarga iqlimiy sharoitlar, relyef, o‘simliklarning tiplari va boshqalarni kiritish mumkin. Xayvonot dunyosi bilan munosabatda bo‘ladigan bunday omillarni kauzal zoogeografiyaning hayvonlarning tarkalishiga muhitning ta’sirini tekshiruvchi bo‘limi-ekologik zoogeografiya o‘rganadi.
Hayvonot dunyosining tarqalishidagi barcha xususiyatlarni hozirda mavjud bo‘lgan sharoitlar bilan tushuntirsh qiyin. Faunistik komplekslar uzoq muddatda rivojlanadi. Kauzal zoogeografiyaning hayvonlar tarkalishiga o‘tmishda ta’sir etgan sabablarni tushuntirishga urinuvchi bo‘limi - tarixiy yoki genetik zoogeografiya deyiladi. Bunday sabablarga o‘tmishda materiklarning o‘zaro bog‘lik iqlim va o‘simliklar qoplamining o‘zgarishi va boshqalarni kiritish mumkin.
Zoogeografiya fanining yunalishlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Zoogeografik tadqikotlar yo‘nalishi.
Mazkur yo‘nalish juda turli-tumandir; arealografiya -areallarning tiplari, ularning tarkibi va paydo bo‘lishi haqidagi ta’limot; faunistika - faunaning tur tarkibini qiyosiy jihatdan o‘rganish; geografik zoologiya alohida sistematnk birliklarning (masalan: ilonlar, kemiruvchilar va boshkalar) tarkalishini o‘rganish; geozoologiya – landshaftdagi, hayvonlar kompleksini o‘rganish (mazkur yo‘nalish tadqiqot uslubi sifatida miqdoriy hisoblarni keng ko‘llaydi turli amaliy tadbirlar uchun asos bo‘la oladi); ekologik va tarixiy zoogeografiya yo‘nalishi (zoogeografiyaning mazkur tadkiqot yo‘nalishlari hakida yuqorida aytib o‘tilgan).
2. Zoogeografiyaning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari.
Alohida turlar va birmuncha yirik taksonlarning areallarini o‘rganishni kelajakda davom ettirish (areallarning hozirgi chegaralarini, ularning tarkibini, xo‘jalik axamiyatiga ega kam sonda uchrovchi va yo‘qolib borayotgan hayvonlar sonining o‘zgarishidagi qonuniyatlar va sabablarni aniqlash); hayvonlar guruhining geografiyasini o‘rganish, ya’ni alohida hududdagi hayvon turlari majmuasining mavjudligi va paydo bo‘lishi qonuniyatlarini, bu majmuaning o‘zgarishiga olib keluvchi (tur tarkibini, sonini va organizmlar massasini) sabablarini o‘rganish; kelajakda faunistik komplekslarning hududiy taqsimlanishini aniqlash, ularning shakllanish yo‘llari va sabablarini, dinamikasini, ichki tuzilishini, tarkibidagi o‘zgarishlarni va insonning ta’sirini o‘rganish; hayvonlar va landshaftning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish.

Download 26.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling