Kirish. Zoogeografiya fanining mazmuni, obekti, fanning maqsad va vazifalari hamda rivojlanish tarixi Reja


Zoogeografiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi


Download 26.14 Kb.
bet4/6
Sana27.02.2023
Hajmi26.14 Kb.
#1233985
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU 1. Kirish. 3oogeografiyaning fanining maqsad va vazifalari, fanining ahamiyati va rifojlanish tarixi

Zoogeografiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi
Zoogeografiya fani yer sharida tirik organizmlarning tarqalish qonuniyatlarini, shu bilan birga ularning taqsimlanishi, hayvonlarning biotsenozlarini o‘zaro boklik, holda o‘rganadi.
Zoogeografiya nisbatan yosh fan hisoblanadi. Uniig asosiy rivojlanish davri XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.
Akademik Menzber «Yer yuzasida hayvonlarniig hozirgi davrda tarqalishini tushuntirib berishda hayvonlarning makonda va zamonda tarqalishini tasvirlab berish kerak» degan edi. Zoogeografiya juda o‘lkan manbalarga ega. Hayvonlarning 2,5 mln. dan ortiq turlari va ular tashkil qilgan biotsenozlar hozirgi davrda hayvonlarning tarqalishini tushuntirib berishda zoogeografiyaning o‘lchovlaridir.
Zoogeografiya fani biologiya, geografiya, geologiya, meteriologiya, geomorfologiya, tuproqshunoslik, ekologiya, gndrologiya va boshqa fanlar (sistematika) bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan borliqligi qadimdan ma’lum. Antik davrda yashagan faylaso‘flarnint asarlari hayvonlarning turli instinktlari, baliq va kushlar migratsiyasnga bag‘ishlangan.
Miloddan avvalgi davrlarda sayohtchilar uzoq yurtlarga borib shu joylarning o‘simlik va hayvonlari to‘g‘risida ma’lumot berganlar Teofrast (334-327) hayvonlar geografiyasini boshlab bergan edi.
Aristotel’ 457 tur hayvonglarga o‘ziiing «Tabiat tarixi» asarida ma’lumotlar bergan. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Bobur va boshqalar tabiat fanlariniig rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ular fan rivojlanmasdan tabiat va undagi munosabat o‘simlik, hayvon va tabiatni taqqoslash to‘g‘risida qimmatli fikr aytganlar.
Muxammad Muso al-Xorazmiy (787-847) «Kitob surat al-arz» degan asar yozdi. Unda dunyo, okeanlar, quruqlikdagi qitalar, qutb, ekvatorlar, cho‘llar, shuningdek, tabiiy resurslar haqida ham yozgan. Ushbu risolada geologiya, astronomiya, etnografiya va tabiiyot bilimlari umumlashtirilgan.
Abu Nasr Farobiy (870-910) ning ilmiy falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari hali to‘liq aniqlanmagan. Farobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug‘ullangan.
Farobiy o‘zining «Ijoa al-umum va ol-tavruf» asarida zamonasidagi hayvonlarni har tomonlama o‘rganib ularni ma’lum tizimga, turkumlarga ajratadi. Har bir turga ta’rif berishga harakat qiladi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonuniyatlari bilan narsa va hodisalarning o‘zaro ta’siri bilan tushuntirishga, urinadi. Beruniy tabiatshunos sifatida tabiat bo‘yicha quyidagicha fikr yuritadi. «Erkin urchish va nasl qoldirish bilan dunyo to‘lib toshib boraveradi.» deydi;
Beruniy asarlarida hayvonlarning biologik hususiyatlarn ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati haqida ma’lumotlarni topish mumkin.
Berunii ilmiy qarashlari asosan «Saydana», «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» kabi asarlarida uchraydi. Beruniy «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarida Erondagi o‘simlik va hayvonot dunyosi bayon etilgan. Beruniyning «Saydana» asarida 1116 tur dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 o‘simliklardan, 101 hayvonlardan, 107 minerallardan olinishi xaqida ma’lumot bergan.
Abu Ali Ibn Sino (980-1073) jahon madanyatiga buyuk hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Turli yozma manbalar uning 450 dan ortiq asar yozganini eslatadi. Bizgacha uning 240 tasi yetib kelgan.
Ibn Sino asarlaridan, «Tib qonunlari» shox asari tibbiyot ilmining oliy cho‘qqisi hisoblangan. Ibn Sino tibbiyot tarixida fizioterapiya asoschilardan biri hisoblanadi. Ibn Sinoning falsafiy va tibbiy ilmiy qarashlari uning mashxur asarida aks etgan, Ibn Sino tog‘larning vujudga kelishi, yer yuzining davrlar o‘tishi bilan o‘zgaririshini, zilzila bo‘lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Zahriddin Muhammad Bobur (1483-1530). Bobur faqat shoir bo‘lib qolmay balki podshoh, sarkarda, tarixchi, bog‘bon va tabiatshtunos bo‘lgan. «Boburnoma» Boburning yirik asarlaridan biridir. Bobur iqlim va meteriologik hodisalar bilan juda ko‘n qiziqqan. Bobur undan tashqari geobotanik bo‘lgan. O‘simliklarni sevgan va yaxshi bilgan. «Boburnoma»da Afg‘oniston xalqining asalarichilik bilan shug‘ullangaligi haqida ma’lumot bergan.
Xayvonlar geografiyasida yangi davrni nemis olimi A.Gumboldt (1769-1859) boshlab bergan. Zoogeografiyaning yangi davri, Darvin, Alfokse Kandal, Skleter asarlarida o‘z aksini tongan.
Skleter (1858) qushlarni o‘rganib chiqib, havonot dunyosi tarixiy rivojlanishi jarayonida faunistik komplekslar hosil bo‘lgani va ularning kelib chiqishi va bir-biriga o‘xshashligini aytadi. J. Buffon (1707-1778) ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi ta’sir masalasi ko‘tarilgan.
J.B.Lamark dastlab evolyutsion ta’limotni o‘rtaga tashladi. 1859 yili Ch.Darvin «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarnining kelib chiqishi» asarida tabiatda yashash uchun kurash evolyutsiyani harakatga olib keluvchi kuch deb qaraydi.
Zoogeografiyaning rivojlanishiga ingliz olimi F.Skeletr (1859) xizmatlari katta, u qushlarni o‘rganish asosida yer sharining tarixiy rivojlanish jarayonida turlar tarknbi jihatidan farq qiluvchi fauna olami vujudga kelgan. Ularning tarqalgan territoriyalari zoogeografik oblastlar deb ataladi. Ingliz olimi D.R.Uolles «Hayvonlarning geografik tarqalishi» (1876) asari asosida evolyutsion zoogeografiyaga asos solgan.
Rossiyada ham hayvonlarning tarqalishi bo‘yicha ko‘p ma’lumotlar to‘plandi. XVIII asrda ko‘plab materiallar to‘plandi. Ayniqsa rus akademik ekspeditsiyasining roli katta bo‘lgan. S.Krashennikov,.G‘.Gmelinlar, N.Pallas, I.Lepikin va boshqalarning xizmati katta .
XIX asrda kelib nafoqat material to‘lash balki, to‘plagan materiallarni umumlashtirish sohasida ham K.Ber, A.Meddendorf, E.A.Evrsman, Y.I.Semashko, N.A.Seversov, G.I.Raddi, M.A.Menzbir, AN.Semen-Tyan-Shanskiy xizmatlari katta.
Zoogeografiyani umumiy qoidalari bo‘yicha B.K.Nikolskiy, V.Stanchinskiy, N.A.Bobrinskiy, V.G.Gentner, Y.A.Birnshteyn va boshqalar.
1877 yil nemis gidrobiologi Q. Libus biotsenoz xaqida tasavvurini asoslab beradi, biogeografiya va ekologiya fanini shakllantirish uchun ko‘pgina olimlar G.F.Morozov., F.N.Sukachev. B.A.Keller, V.V.Alixen, V.N.Sukachev chet el olimlaridan F.Kilishus, K.Raunker, T.Dyurne, I.Braun-Blank va boshqalar o‘zlarining katta hissasini qo‘shdilar.
Hayvonlarning morfologik va evolyutsion ekologiyasini rivojlantirishda M.S. Gilyarov, S.S. Shvarslar katta hissa qo‘shdilar.
1935 yili ingliz olimi A. Tensle ekosistemalar, 1942 yilda V.N. Sukachev biogeotsenoz xaqidagi ta’limotni ilgari surdi.
D.N. Kashkarov tomonidan landshaftlar va biotsenozlarni biogeografik nuqtai nazaridan tasvirlashi asosida ko‘ngina asarlar dunyoga keldi. Ushbu uslub uning shogirdlari T.Z.Zohidov va R.N. Meklenbursev ishlarida takomillashtirildi. T.Zohidov Qizil qum cho‘llari o‘ziga xos hayot makoni ekanligini, qumli, sho‘rxok, loyli va toshloq cho‘llarda mustaqil biotoplar sifatida tasvirlab ularni o‘z navbatida mayda hududiy birliklar, fatsiyalarga ajratib berdi.
Kashkarov, Zohidov va boshqalarning ishlarida har bir omil ta’sirida hayvonlar guruhi hamda biotsenozlarning taqsimlanganligi ochib berilgan. O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan O‘zbek xalqi qadimdan biogeografik madaniy merosga ega, shuningdeq o‘tgan buyuk allomalarimizning ham tabiat, tirik organizmlar va ularning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqalarga doir masalalarga to‘xtaganiga guvoh bo‘ldik. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Aqademiyasi qoshida ish olib borgan botanik, zoolog, parazitolog olimlar o‘simliklar va hayvonlar biogeografiyasiga bag‘ishlangan tadqiqotlar olib bormoqdalar.
D.N. Kashkarevning dastlabki ishlari O‘rta Osiyoda yashaydigan kemiruvchi hayvonlarni o‘rganishga qaratilgan. Olim ularning biologiyasi, sistematikasiga va yashash tarziga e’tibor berishi bilan birga hayvonlar ekologiyasi bo‘yicha ham ish olib bordi. Olimning Leningrad universitetiga ketishi bilan V.A. Sivin, T,Z.Zohidov, I.I. Kolesnikov ishlarini rivojlantirdi. 1950 yildan boshlab institutda hayvonlar ekologiyasida ro‘y bergan ayrim jarayonlar va qonuniyatlarni o‘rgana boshladi.
Jumladan M.A. Sultonovning «O‘zbekiston qushlarining gelmintlari», (1963); V.V. Yaxontovning «Hasharotlar zkologiyasi», (1963); T.Z. Zohidovning «Qizilqum cho‘lining biotsenozlari», (1971) kabi asarlarini ko‘rsatib o‘tish lozim. 1950 yilda hasharotlar yoki entomologiya labaratoriyasi tashkil etilgan. Unga taniqli olimlardan A.N. Lujinskiy UzR.FA muxbir a’zosi R.O. Olimjonov, V.V. Yaxontov va N.E. Ergashevlar rahbarlik qilganlar.
Teriologiya bo‘limi labaratoriyasi xodimi X.S. Solihboyev, G.SH. Shuninlar Turkiston tog‘larining ov hayvonlarini o‘rgandilar.1960 yillardan boshlab X.S, Solihboyev rahbarligida ilmiy ijodxona issiq iqlimda yashovchi hayvonlarni o‘rganishni tavsiya etadi Qarshi cho‘lini o‘rganish natijasida D. Kashkorev «Qarshi cho‘lining umurtqali hayvonlar ekologiyasi»ni yaratdilar. Bu asarda sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi, ekologiyasi va ulardan foydalanish yo‘llari ishlab chiqilgan.
1963-66 yillarla Nurota tog‘ining hayvonot dunyosiii o‘rganilish vazifasi qo‘yildi. Olimlar oldida Qizilqum hayvonot dunyosining Nurota tog‘ining hayvonot dunyosiga ta’siri muammosi turardi. Natijada D.Y. Kashkarev, «Nurota tog‘ining umurtqali hayvonlari ekologiyasi» (1970 yil) nomli asarini yaratdi.
1966 yilda T. Zohidov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi biolgiya fanlari nomzodi G.S. Sultonovlar tashabbusi bilan sut emizuvchilarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy ijodxona tashkil etildi. 1981-1985 yillarda ilmiy ijodxona oldiga O‘zbekistonda ovlanadgan kamyob hayvonlar ekosistemasini o‘rganish vazifasini qo‘ydi. Bo‘limga Taryannikov rahbarlik qildi. 1967 yilda T. Zohidov tashabbusi bilan ornitologiya labarotoriyasi ochildi. Bu laboratoriya qushlar faunasi, ekologiyasi, ekosistemasidagi tutgan o‘rni va yashash joylarga antrogyugen ta’sir masalalarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy kuzatishlar olib bordi. N.N.Voljennikov uzoq yillar «Payg‘ambar oroli sut emizuvchn hayvonlari» degan asarini yozdi. Bu asarda sut emizuvchi hayvonlar ekologiyasi, sistematikasi va turlarining o‘zaro aloqasi, munosabatlari keltirilgan. 1979 yilda entomologiya va gidrobiologiya laboratoriyasi hodimlari A.M.Muxammadiyev rahbarligida O‘zbekiston suv omborlari, ko‘llarning biologik rejimi faunasining shakllanishi, suvning ifloslanishi, suv hayvonlari ekologiyasi va suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. «Farg‘ona vodiysining umurtqali hayvonlari» degan asarida, vodiyda yashovchi umurtqali hayvonlar ekologiyasi, hayot tarzi, tarqalishi, ovqatlanishi, antronogen ta’sir va xo‘jalikdan keltirilgan zararlari haqida ma’lumot bergan.
O‘zbekiston davlat tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida bir qancha qonunlar chiqardilar va 1966 yilda birinchi xalqaro «Qizil kitob» nashr qilindi. 1983 yilda nashr qilingan «Qizil kitob»ning 1 tomiga 22 turdagi sut emizuvchilar, 33 turdagi qushlar, 5 tur dralib yuruvchilar,5 tur baliqlar kiritildi.

Download 26.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling