“PISA tadqiqotlarida matematik savodxonlik
talqini”
mavzusidagi onlayn vebinar o‘tkazildi.
Vebinarda
348
ta tayanch maktablarning
matematika fani trener
o‘qituvchilari va o‘qituvchilar, tuman (shahar) fan metodistlari hamda ta’lim
sifati monitoring bo‘limi
xodimlari ishtirok etdi.
XVII. MA’NAVIY VA MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL QILISH
Xalq ta’limi statistikasini shakllantirish va tadqiq qilish ilmiy-tadqiqot
bo‘limining 9-fevral buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy
tavallud topgan kuni munosabati bilan yig‘ilgan statistik ma’lumotlariga ko‘ra,
respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jami
508250
nafar
o‘qituvchilar mehnat faoliyatini olib borib, shundan
42425
nafar o‘qituvchilar
ona
tili va adabiyoti
fani ustozlari ekanligi aniqlangan.
“Axborot resurslar markazi”da 14-fevral kuni o‘zbek adabiyotining yirik
namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi,
“Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur
tavalludining
539
yilligi tantanali ravishda nishonlandi. Shu munosabat bilan
doktorant, magistr va ma’sul xodimlaridan iborat
6
ta jamoalar o‘rtasida
“ZAKOVAT”
intelektual o‘yini o‘tkazildi. Intelektual o‘yini yakunida g‘olib
jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami
munosabati bilan
“ZAKOVAT-
LAW”
intellektual o‘yini tashkil etildi.
Intellektual o‘yin
2
raund davom etib, jami
12
ta savol o‘ynaldi. Intellektual o‘yin ilmiy, tarixiy va ijtimoiy mazmundagi
mantiqiy hamda ayollarni ulug‘lash buyicha savollardan iborat bo‘ldi. Intellektual
o‘yin yakunida g‘olib bo‘lgan jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |