Kis101-19 – guruh talabasi Bajardi : Hamrayev Sh. Tekshirdi : Bekmurodov D. Samarqand -2023 Mavzu: Mulohazalar va birinchi tartibli predikatlar mantiqini sun’iy intellekt masalalarini echishda qo’llanilishi


Download 140.03 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi140.03 Kb.
#1524766
1   2   3
Bog'liq
3-mustaqil ish suniy intellekt Hamrayev

Tibbiyot diagnostikasi. Diagnostik tizimlar organizm faoliyati buzilishi va ularni keltirib chiqarish sabablari orasidagi bog'liqlikni topish uchun xizmat qiladi. MYCIN tizimi eng ko'p tarqalgan tizim hisoblanadi (u davolanayotgan odam miningit yoki bakterial infeksiyalar yuqtiril-ganda) diagnostika va kuzatuv olib borish uchun qo'llaniladi. Uning birinchi g'oyasi 1970-yillar o'rtalarida Stendford Universi -tetida ishlab chiqilgan edi. Ayni vaqtda bu tizim mutaxassis vrach kabi diagnoz qo'yish imkoniyatiga ega. U shuningdek, kengay-tirilgan bilimlar bazasiga ega. Bu esa uni tibbiyot sohasida qo'llash imkoniyatini yaratadi.
Prognozlash. Prognozlash tizimlari ayni vaqtdagi holatga qarab kelib chiquvchi natija va hodisalarni oldindan aytib berish imkoniyatiga ega. «Uoll-strit egallash» DASTUR tizimi bozorning konyunktu-rasini tahlil qilib, algoritmlarning statistik usullari yordamida siz uchun kapital mablag'ingizda yuqori samara bilan foydalani-shingizni maslahat berishi mumkin. Ular bilimlarga asoslangan tizimlarga kirmaydi, chunki oddiy dasturlash protsedura va algoritm-lari qo'llanilgandir. Sizning mablag'ingizni bozor konyunkturasini o'rgangan holda aniq ko'paytiradigan ETlar hali yaratilmagan bo'lsa-da, ob-havoni oldindan aytib beruvchi hosildorlik va yo'lovchilarning sonini oldindan aniqlovchi ma'lumot tizimlari tobora keng qo'llanilmoqda. Hatto shaxsiy Komp’yuter ga oddiy tizimni o'rnatib, siz ob-havo ma'lumotini olishingiz mumkin.
Rejalashtirish. Rejalashtirish tizimlari ko'p o'zgaruvchilar ishlatiladigan masalalarda aniq bir maqsadga erishish uchun qo'llaniladi. Savdo-sotiq sohasida Damashqning «Informat» firmasi birinchilardan bo'lib, o'zining sotib oluvchilariga foydalanuvchining talablari va imkoniyatiga mos keluvchi Komp’yuter topish imkoniyatini 15 minutli konsultatsiya sifatida firma ofisining zaliga o'rnatilgan 13 ta ishlab turuvchi stansiyalar yordamida amalga oshirdilar. Bundan tashqari «Boeing» kompaniyasi ET larni kosmik stansiyalarni loyihalashtirish, vertolyotlar ta'miri va samolyot dvigatellarining ishdan chiqish sabablarini topishda qo'llamoqdalar. DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan XCON ekspert tizimi foydalanuvchi talabiga mos kelgan holda VAX tipidagi Komp’yuter tizimlarining tuzilishini aniqlash yoki o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Shuning-dek, DEC tomonidan yanada kuchliroq bo'lgan XKEL tizimi ishlab chiqilgan. U XCON tizimining bilimlar omborini o'z ichiga olgani holda foydalanuvchiga kerakli tuzilishdagi hisoblash tizimini tanlash imkonini beradi. XKEL XCON dan farq qilgani holda interaktiv bo'ladi.
Interpretatsiyalash. Interpretatsiyalovchi tizimlar kuzatish natijalari asosida ma'lum bir xulosani keltirib chiqarish imkoniyatiga egadir. Prokpector tizimi interpretatsiyalash tipidagi mashhur tizimlardan biri hisoblanib, 9 ta ekspertning bilimlarini o'zida jamlagandir. Ekspertizaning 9 ta usulini uyg'unlashtirgan tizim katta qiymatdagi qazilma boyliklarni aniqlab beradi.

Download 140.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling