Kishilik jamiyati taraqqiyotida mehnat qurollari va qurol-yarogʻlar juda muhim ahamiyat kasb etgan. Ular, asosan, yogʻoch, suyak, tosh va temirdan tayyorlangan


Download 264.17 Kb.
bet1/12
Sana23.02.2023
Hajmi264.17 Kb.
#1225083
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi aziza 111111





KIRISH




Metallurgiya sanoatining yirik sohalaridan biri bo’lib, poʻlat eritish, prokat metallurgiyasi, metall buyumlar ishlab chiqarish, ruda xom ashyosini qazib olish, boyitish, maydalash, koks kimyosi ishlab chiqarishi, ferroqotishmalar va oʻtga chidamli materiallar tayyorlash, noruda xom ashyo qazib olish va qora metallarni qayta eritish tarmoqlarini oʻz ichiga oladi. Sovuq yoki qizdirib ishlangan prokat, poʻlat trubalar va metall buyumlar qora metallurgiya mahsulotlarining muhim turlari hisoblanadi.


Kishilik jamiyati taraqqiyotida mehnat qurollari va qurol-yarogʻlar juda muhim ahamiyat kasb etgan. Ular, asosan, yogʻoch, suyak, tosh va temirdan tayyorlangan. Qora metallurgiya xalq xoʻjaligining koʻpgina tarmoqlarini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Kimyo sanoati, rangli metallurgiya, qurilish materiallari sanoati mahsulotlari bilan birga qora metallar mashinasozlik va qurilishda asosiy konstruksion material hisoblanadi. Oʻzbekistonda yetakchi mashinasozlik tarmoqlari ishlatadigan konstruksion materiallarning umumiy hajmida qora metallar asosiy oʻrinni egallaydi.


Oʻzbekistonda bir necha kichikroq temir konlari bor. Sanoat ahamiyatiga molik temir konlari — magmatogen genezisli, magnetit-gematit tarkibli Surenota (Toshkent viloyati) hamda asosan titan-magnetitli Tebinbulok temir koni (Qoraqalpo-gʻiston) shular jumlasidan. Oʻzbekistondagi temir konlari resurslari: Jizzaxdagi temir koni — 150 mln. t, Surenota temir koni — 50 mln., t, Tebinbuloq temir koni — 100 mln. t dan koʻp. Oʻrta Osiyoda birinchi zamonaviy metallurgiya kombinati 1944 yil ishga tushirilgan (qarang Oʻzbekiston metallurgiya kombinati). Oʻzbekiston metallurgiya sanoatida 500 ming tonnaga yaqin poʻlat, 450 ming tonnaga yaqin tayyor prokat ishlab chiqariladi.
OʻZBEKISTON METALLURGIYA KOMBINATI" AKSIYADORLIK BIRLASHMASI — qora metallurgiya sanoati korxonasi qora metallurgiya mahsulotlarining eng muhim turlari (poʻlat, choʻyan, poʻlat quvurlar va poʻlat prokat), armatura poʻlati, shvellerlar, poʻlat sharlar, poʻlat emallangan idishlar ishlab chiqaradi, respublika boʻyicha yigʻiladigan temirtersak, metall chiqindilarini qayta eritadi.

1942 yildan umumxalq hashari yoʻli bilan qurila boshlagan, 1944 yil 5 martda ishga tushirilgan. 3dda marten sexi, choʻyan quyish sexi va 1974 yildan emallangan poʻlat idishlar ishlab chiqarish sexi mavjud. Marten sexida 3 marten pechi bor (1944, 1945 va 1949 yillarda ishga tushirilgan). 1946—49 yillarda prokat sexi ishga tushirildi. 1962 yilli uzluksiz poʻlat quyuv qurilma ishga tushirilgan; 1974 yildan emallangan poʻlat roʻzgʻor idishlari ishlab chiqarish boshlanadi. 1978 yil avg .da yillik quvvati 250 ming t boʻlgan elektr yordamida poʻlat eritadigan 1pech, dek.da 2 pech, 1979 yil sentyabr da 3pech mahsulot bera boshladi. 1984 yil iyudda navli prokat sexining 1navbati, 1987 yil sentyabrda 2navbati ishta tushirildi. 1991 yildan 32—76 mm li poʻlat quvurlar ishlab chiqaradigan ikki liniya mahsulot chiqara boshladi. 1994 yil iyunida togʻkon sanoati uchun ruda maydalash tegirmon sharlari ishlab chiqarish st-yani foydalanishga topshirildi. Korxonada asosiy mahsulotlar bilan birga 50 yaqin turdagi xalq isteʼmoli tovarlari ham ishlab chiqariladi.


Korxona 1944—94 yillarda "Oʻzbekiston metallurgiya zavodi" deb nomlangan. 1994 yil 24 martdan uning tarkibiga Shirin mashinasozlik zavodi, "Ikkilamchi qora metallar" korxonalari boshqarmasi kirdi va aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 2003 yilda 486 ming t poʻlat, 550,7 ming t tayyor prokat, shu jumladan, 132,1 ming t tegirmon sharlari ishlab chiqarildi. Chet ellarga 86740 ming AQSH dollarilik mahsulotlar eksport qilindi. Mahsulotlari Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Eron va boshqalarga eksport qilinadi. Chet ellardagi firmalar bilan ishlab chiqarish va ilmiy aloqalar oʻrnatilgan.





Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling